Moliyaviy hisob va hisobat


-rasm. Asosiy vositalarning baholanishi



Download 0,84 Mb.
bet79/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

6.2-rasm. Asosiy vositalarning baholanishi
Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati.
Boshlang‘ich qiymat asosiy vositani olinishi yoki yaratilishi uchun sarflangan mablag‘lar miqdoridir. Aktivning boshlang‘ich qiymati aktivni yetkazib beruvchiga to‘lovlarni, uni tashish va o‘rnatish uchun mablag‘larni, sug‘urta va soliqlarni o‘z ichiga oladi.43
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa.
Qoldiq qiymat – amortizasiya summasini chegirilgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Qoida bo‘yicha ushbu qiymatga ehtiyot qismlari, temir-tersak, chiqindi va boshqalarning qiymati kiritiladi.
Tiklash qiymati - asosiy vositalarni qayta baholash bilan bog‘liq bo‘lgan qiymati.
Asosiy vositalarning tiklash qiymati asosiy fondlarni qayta hosil qilish qiymati bilan, ya’ni ularning qurilishi yoki ularni muayyan muddatda joriy bozor narxida sotib olish bilan bog‘liq.
16-son BHXSga muvofiq, asosiy vositalar obyektining tannarxi sotib olish narxini, shu jumladan import boji va sotib olish bilan bog‘liq qaytarilmaydigan soliqlar, shuningdek tegishli joyda foydalanish maqsadida aktivni ish holatiga keltirish bilan bog‘liq har qanday xarajatlar o‘z ichiga oladi.
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:

  • savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning xarid narxi, jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog‘liq qoplanmaydigan soliqlar.

  • aktivni undan tadbirkorlik subyektining rahbariyati tomonidan ko‘zlangan holda foydalanish uchun zarur bo‘lgan joy va holatiga olib kelish bilan bog‘liq bevosita xarajatlar.

  • asosiy vosita obyektini demontaj qilish va olib tashlash hamda u joylashgan joydagi tabiy resurslarni qayta tiklash xarajatlarining boshlang‘ich bahosi.

Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki undan ma’lum davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida ushbu xarajatlar bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:

  • asosiy vosita obyektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish natijasida bevosita hosil bo‘ladigan hodimlarga haq to‘lash xarajatlari;

  • joyni tayyorlash xarajatlari;

  • yetkazib berish va ortish-tushirish bilan bog‘liq boshlang‘ich xarajatlar;

  • o‘rnatish va montaj bo‘yicha xarajatlar;

  • aktivning to‘g‘ri ishlashini sinab ko‘rish xarajatlaridan aktivni tegishli joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni (uskunalarni sinovdan o‘tkazishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi) sotishdan olingan sof tushumning ayirmasi;

  • malakali xizmatlar uchun haqlar.

Tadbirkorlik subyekti obyektdan ma’lum bir davr mobaynida tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish uchun foydalanishi oqibatida paydo bo‘ladigan obyektni demontaj qilish va olib tashlash hamda u egallagan er maydonida tabiiy resurslarni qayta tiklash majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarga nisbatan 2-son BHXS “Tovar-moddiy zaxiralar” ni qo‘llaydi. 2-son BHXS yoki 16-son BHXS ga mos ravishda hisoblanadigan xarajatlar bo‘yicha majburiyatlar 37-son BHXS “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” ga mos ravishda tan olinadi va baholanadi.
Asosiy vositalar obyektiga kirmaydigan xarajatlarga quyidagilar misol bo‘la oladi:

  • yangi ishlab chiqarish obyektini tashkil etish xarajatlari;

  • yangi maxsmulot yoki xizmat turini tatbiq etish bilan bog‘liq xarajatlar (shu jumladan, reklama va marketing faoliyati xarajatlari);

  • tijoratni yangi joyga yoki mijozlarning yangi toifasiga moslashtirish bilan bog‘liq xarajatlar (shu jumladan, hodimlarni qayta tayyorlash xarajatlari);

  • ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish