Moliya”fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 5,79 Mb.
bet43/138
Sana12.07.2022
Hajmi5,79 Mb.
#781929
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Bog'liq
“Moliya” kafedrasi

1 + Drs = (1 + Nfs) : (1 + Id)

yoki, mos ravishda,




Drs = (Nfs - Id) : (1 + Id)
Bu yerda: Drs – daromadlilikning real stavkasi;
Nfs – nominal foiz stavkasi;
Id - inflyatsiya darajasi.

Ikkinchi formulaga bizning misolimizdagi ko‘rsatkichlarni qo‘yib, yana bir marotaba yillik real stavka 2,857%ni tashkil etishini tasdiqlashimiz mumkin:


Drs = (0,08 – 0,05) : 1,05 = 0,02857 = 2,857


E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, belgilangan daromadi bo‘lgan instrument (vosita) real ko‘rinishda ma’lum darajada risk tashiydi. Misol uchun, faraz qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz


66
stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflyatsiya darajasi avvaldan noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi.


Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% bo‘ladi. Agarda inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi.


5-nazorat uchun savol

Faraz qilaylik, risksiz yillik nominal foiz stavkasi g‘aznachilik veksellari bo‘yicha 6%ni, bashorat qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 3%ni tashkil etadi. Bunday g‘aznachilik veksellari bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Nima uchun real ko‘rinishda ular riskli hisoblanadi?


Qo‘yilgan (joylashtirilgan) mablag‘larni qadrsizlanish riskidan himoya qilish uchun foiz stavkalarini real tovar va xizmatlar yordamida ko‘rsatish mumkin. Masalan, belgilangan daromadli qaysidir bir vosita uchun hisoblanadigan birlik sifatida biror bir tovarni ko‘rsatish mumkin. Buyuk Britaniya hukumati indeksatsiyalangan obligatsiyalarni (index-linked bonds) 1981 yildan, AQSh G‘aznachiligi esa 1997 yil yanvar oyidan muomalaga chiqardi. Oxirgilari TIPS (Treasury Inflation Protected Securities — inflyatsiyadan himoyalangan g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari) deb nom olgan. Bu obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi risksiz real stavkadir. 1998 yilning sentabr oyida esa AQSh G‘aznachiligi tomonidan Series I Saving Bond, yoki I Bond deb nomlangan inflyatsiyadan himoyalangan yangi turdagi qo‘shimcha jamg‘arma obligatsiyalari emissiya59 qilindi.

I Bond – yangi turdagi obligatsiyalar bo‘lib, o‘z investitsiyalarining real xarid qobiliyatini himoya qilishga va daromadlilikning kafolatli real stavkasini olishga harakat qiluvchi investorlar uchun ishlab chiqarilgan. I Bond – daromadlilik hisob-kitobi o‘stirish prinsipiga asoslangan qimmatli qog‘ozlardir. Bu – obligatsiyalar bo‘yicha foizlar oyma-oy hisoblab boriladi, deganidir. I Bond obligatsiyalari nominal bahoda muomalaga chiqariladi – bu degani sotib oluvchi 50 dollarlik obligatsiyaga 50 dollar to‘laydi va 30 yil davomida ularning bahosi foizlarni indeksatsiyalash hisobiga oshib boradi.


AQSh G‘aznachiligi tomonidan I Bond obligatsiyalarini chiqarishning qanday sababi bor?


AQSh G‘aznachiligi amerikaliklarning kelajak uchun omonat (jam-g‘arma) qilishlarini rag‘batlantirish uchun yangi turdagi obligatsiyalarni chiqardi. G‘aznachilik investorlarga har yarim yilda narxlar o‘sishini hisobga olgan holda to‘g‘rilanadigan belgilangan foiz stavkali obliga-tsiyalarni taklif qiladi. Bu esa qo‘yilgan mablag‘larning xarid qobiliyatini himoya qiladi.


I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi qanday belgi-lanadi?





  1. “Emissiya” lotincha “emissio” – chiqarish. Pul va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.37.

67
I Bond obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik stavkasi ikki alohida stavkalarning: belgilangan daromadlilik stavkasi va yarim yillik inflyatsiyaga teng o‘zgaruvchi stavka kombinatsiyasidan iborat. Belgilangan stavka obligatsiyaning muomalada bo‘lgan davrida o‘zgarishsiz bo‘ladi. Inflyatsiya darajasiga bog‘langan o‘zgaruvchan stavka esa har 6 oyda o‘zgarishi mumkin. 6 oylik inflyatsiya darajasi hamda I Bond bo‘yicha belgilangan stavkaning yig‘indisi ushbu obligatsiyalar bo‘yicha daromadlilik stavkasi keyingi 6 oy davomida qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.


I Bond obligatsiyalarining boshqa o‘ziga xos xususiyatlari qanday?





  • I Bond obligatsiyalari omonat o‘lchamining juda keng doirasiga ega; Siz ularga jami 50 dollar yoki yiliga 30 000 dollar investitsiya qili-shingiz mumkin;




  • I Bond obligatsiyalari ishonchlidir, zero, ular G‘aznachilikning qimmatli qog‘ozlari hisoblanib, AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va kafolatlanadi;




  • I Bond obligatsiyalari soliq afzalliklariga ega. Siz o‘z daromad-laringizdan soliq to‘lash muhlatini 30 yilga uzaytirishingiz mum-kin, va bundan tashqari, bu obligatsiyalar ma’muriy hudud (shtat)lar va mahalliy daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan;




  • I Bond obligatsiyalarining bahosi, to‘g‘risini aytganda, har oy oshib boradi, foizlari esa har yarim yillikda hisoblanadi;




  • I Bonds obligatsiyalari likvidli hisoblanadi. Ularni sotib yuborish va olti oy

o‘tganidan so‘ng xoxlagan paytda naqdga aylantirish mumkin.


Endi inflyatsiya sur’atini hisobga olgan holda indekslangan (TIPS) obligatsiyalar qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini yaxshiroq tushunish uchun, keling, qoplash muddati 1 yillik bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ko‘rib chiqamiz.


Faraz qilaylik, ular bo‘yicha real kafolatlangan yillik 3%lik foiz stavkasi taklif qilinmoqda. Daromadlilikning dollarli nominal stavka-sini, u inflyatsiya sur’atiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, oldindan aniq aytib berishning iloji yo‘q. Agar inflyatsiya darajasi atigi 2% bo‘lsa, unda daromadlilikning yakuniy dollarli nominal stavkasi 5% atrofini tashkil etadi; 10%lik inflyatsiya darajasida esa daromadlilikning dollarli nomi-nal stavkasi 13%gacha oshadi.


Yuqorida aytilganlarni jamlagan holda, foiz stavkasi va’da qilingan daromadlilik stavkasi hisoblanishini eslatib o‘tamiz. Ko‘pchilik obliga-tsiyalar u yoki bu valyutada ifodalangan foiz stavkasini taklif qilishlari sababli, ularning iste’mol tovarlari narxlarining dinamikasini hisobga olgan holdagi real daromadlilik stavkasi – noaniq ko‘rsatkich bo‘ladi. Agar inflyatsiyani hisobga olgan holda indeksatsiyalanadigan obligatsiyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, mazkur holatda foiz stavkasi iste’mol savatiga kiruvchi aniq tovarlar narxini hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. Ushbu savatni hisobga olgan holda, foiz stavkasi risksiz, kafolatlangan real stavka hisoblanadi.


68
6-nazorat uchun savol


Faraz qilaylik, TIPS bo‘yicha real yillik foiz stavkasi 3,5%ni, AQShdagi kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa yiliga 4%ni tashkil etadi. Unda ushbu obligatsiyalar bo‘yicha kutilayotgan daromadlilikning nominal stavkasi qanday bo‘ladi?



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish