3. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi
Qimmatli qog‘ozlar kursini umumlashtirib ko‘rsatishga imkon beruvchi mezonning mavjudligi qo‘l keladigan ko‘plab holatlar mavjud. Misol uchun, aksiyadorlarga investitsiyalarining joriy narxini baholab beradigan indikator yoki o‘z investitsiyalari rentabelligini baholash imkoniyatini beradigan qandaydir etaloniy kriteriy kerak bo‘ladi. 7.2-jadvalda eng muhim milliy fond birjalarida muomalada bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar uchun foydalaniladigan, odatda moliyaviy nashrlarda birinchi navbatda e’lon qilinadigan asosiy fond indekslari ro‘yxati keltirilgan.
|
7.2-jadval
|
Dunyodagi asosiy fond indekslari
|
|
|
Mamlakatlar
|
Indekslar
|
AQSh
|
Dow Jones Index, Standard & Poor's 500
|
Yaponiya
|
Nikkei, Topix
|
Buyuk Britaniya
|
FT-30, FT-100
|
Germaniya
|
DAX
|
Fransiya
|
CAC 40
|
Shveysariya
|
CreditSuisse
|
Yevropa, Avstraliya, Uzoq Sharq
|
MSCI, EAFE
|
Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini ma’lum bir birja (fond) indeksiga bog‘lash maqsadiga asoslangan investitsiya strate-giyasiga indeksatsiyalash deyiladi. Uning asosida quyidagi oddiy haqiqat yotadi: birgalashib o‘z kapitalini qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan barcha inve-storlar butun fond birjasi daromadliligidan ko‘proq rentabellikka erisha olmaydilar.
Indeksatsiyalash strategiyasini qo‘llagan holda, menejer o‘z investitsiya fondida investitsiya tarkibiy tuzilmasini qayta tashkil etishga urinadi. Bu tarkibiy tuzilma asosida mo‘ljal sifatida tanlangan indeks olinadi. U o‘z fondining aksiyalari paket54iga barcha qimmatli qog‘ozlarni mazkur indeks hisoblanadigan narxlar asosida, mazkur indekslar bazasi juda yuqori bo‘lganda esa, faqat reprezentativ tanlab olinganlarinigina qo‘shadi. Bunday hollarda, pul mablag‘larini “aktiv” boshqarish usulini ishlatishga yoxud indeks-mo‘ljaldan “o‘zib ketish”ga intilib, alohida qimmatli qog‘ozlarga yoki iqtisodiyot sohalariga umid qilishga
“Paket” fransuzcha “paguet” – tuguncha, bo‘g‘cha; xalta. Qarang: o‘sha manba. J. III. – B.206.
62
urinishlar qilin-maydi. Shunga ko‘ra, indeksatsiyalash – bu keng diversifikatsiyaga va qimmatli qog‘ozlar portfeli sust savdo aktivligiga tayangan passiv55 investitsiya strategiyasidir.
Albatta, indeksatsiyalash strategiyasi bilan boshqariladigan fondlar-nikiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega aktiv boshqariladigan fondlar har doim mavjud bo‘ladi. Bu ehtimol, masalan, omad kelish natijasi bo‘lishi ham mumkin. Ayrim investitsiya portfelini boshqa-ruvchilar shunchaki tasodif tufayli qo‘ygan kapitalidan faqat yuqori foydani va hattoki, davomli “omad kelishi” davrida investitsiyaning yuqori rentabelligini ta’minlashga erishadilar. Bundan tashqari, shunday menejerlar borki, ular mislsiz qobiliyat va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, shu tufayli investitsiya qilingan kapitallar ma’lum vaqt mobaynida yuqori foyda keltiradi.
Investorning rahbarligi aktiv boshqarish strategiyasiga asoslangan fondlarni tanlashdagi muammo shundaki, ulardan qay biri uzoq vaqt davomida yetakchi bo‘lib qolishini oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |