5. Foizli stavkalarni tenglashtirish.
Moliyaviy bozordagi raqobat ekvivalent60 aktivlarga kiritilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalari bir xil bo‘lishiga olib keladi. Faraz qilaylik, misol uchun bir yillik AQSh G‘aznachilik veksellari bo‘yicha bugungi kunda 4% to‘lamoqdalar. Boshqa ilg‘or moliya tashkilotlarining, misol uchun Jahon banki (World bank)ning dollarli qarz majburiyatlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu holatda ham to‘lolmaslik riski mutlaqo yo‘qligini hisobga olgan holda) qanaqa bo‘lishi mumkin?
Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yillik 4%.
Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Jahon banki jalb qilinayotgan mablag‘lar bo‘yicha 4%dan pastroq stavkani taklif qilmoqda. Ma’lumotlardan boxabar investorlar bunday stavka evaziga uning qimmatli qog‘ozlarini olmaydi, balki AQSh G‘aznachiligining bir yillik veksellarini sotib oladi. Agar Jahon banki o‘z obliga-tsiyalarini astoydil sotish niyatida bo‘lsa, kamida AQSh G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak bo‘ladi.
Jahon Banki 4%dan ancha yuqori bo‘lgan stavkani taklif etarmikan? Agar moliya-kredit muassasasi qarzlar bo‘yicha xarajatlarni imkon qadar kamaytirishni istasa (aslida moliya-kredit muassasalari barchasining maqsadi shu), u haqiqatda investorlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan narsani taklif etadi. Demak, to‘lamaslik riskidan holi bo‘lgan, muddati bir yillik har qanday dollarli ssudalar va qarzlar ana o‘sha 4%ga, ya’ni bir yillik g‘aznachilik veksellari daromadliligi stavkasiga yaqinlashish tendensiyasiga ega.
Agar tashkilotlar teng sharoitda har xil foizli stavkalarda pul olish yoki qarz berishga qodir bo‘lsalar, unda ular foizli arbitraj61 (interest-rate arbitrage) bilan shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ular pulni pastroq foizli stavkada olib, yuqoriroq foizli stavkada qarzga beradilar. Tabiiyki, bunday harakatlar masshtabining kengayishi yana foizli stavkalarning tenglashishiga olib keladi.
“Ekvivalent” lotincha “aequivalens” “aequivalentis” – teng kuchli, teng qiymatli. Biror narsaga teng yoki biror jihatdan mos keladigan va uning o‘rnini bosa oladigan boshqa narsa. Teng, teng bo‘lgan; mos keladigan, o‘rnini bosa oladigan. Qarang: o‘sha manba. J.V. - B.24.
“Arbitraj” fransuzcha “arbitrage” – hakamlik sudi. 1. Nizoli masalalarni hal qilish uchun maxsus tashkil etilgan va doimo faoliyat ko‘rsatuvchi sud organi, hakamlik. 2. Foyda olish maqsadida bir valyuta bozoridan sotib olingan xorijiy valyutalarni kursdagi farqiga qarab ikkinchi valyuta bozorida sotish. Qarang: o‘sha manba. J.I. – B. 94.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |