Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan noaniqlik darajasi. Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni o‘z tabiatiga ko‘ra mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto tovar-moddiy zaxiralardagi tovarlarni kelajakda ulardan foydalanish uchun saqlashning oddiy jarayonini ham ma’lum risk darajasidan xolis deb hisoblab bo‘lmaydi. Sababi: vaqt o‘tishi bilan qancha miqdordagi tovar eskirib yoki buzilib qolishini oldindan aniq aytish qiyin.
Aksiyalar – bu ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishdan olingan daromadga nisbatan talabdir. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligi borasida noaniqlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qo‘yilgan aksiyalar bo‘yicha risk uchun mukofot shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir ustuvorlik berishi). Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiya64sidir. Odamlar, odatda hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan
63 “Konstruksiya” – lotincha “constructio” – to‘plash, yig‘ish; tuzilish, qurilish. Inshoot, mexanizm, asar va sh.k.ning tuzilishi, qismlarining o‘zaro joylashuvi; murakkab tuzilishli inshoot, mexanizm va sh.k.ning o‘zi. Konstruktor – mashina, mexanizm, inshoot va ularning ayrim qismlari konstruksiyasini, loyihasini tuzuvchi mutaxassis, injener. Qarang: o‘sha manba. J.II. – B.401.
“Psixologiya” psixo + yunoncha “logos” – fan, ta’limot. 1. Inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakatida borliqning aks etishini, ruhiy jarayonlar, hodisalar va xislatlarni o‘rganuvchi fan. 2. Biror faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan psixik jarayonlar majmui. 3. Kishining ichki dunyosi, kechinmalari, xarakter xususiyatlari, ruhiy holati. Qarang: o‘sha manba. J.III.– B.318.
71
taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlar, odatda, hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, bugun foydalanishni afzal ko‘rishlarining sabablaridan biri ular qachon o‘lishining noma’lumligidir. Inson hozir tirikligini biladi va u bugunning o‘zida imkoni boricha o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirib, hayotning ne’matlaridan rohat olmoqchi. Kelajakka kelsak, doimo bu ishni keyin ham qila olishi bo‘yicha qandaydir darajada mavhumlik mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |