Moliya va raqamli axborot texnologiyalari



Download 11,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/260
Sana06.07.2022
Hajmi11,76 Mb.
#746373
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260
Bog'liq
ELEKTRON HUKUMAT UMK

Ichki hamkorlik
- davlat organlari idoralar o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. 
Tashqi hamkorlik
- davlat organlari bilan fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va 
notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlar hisoblanadi
3

Rasm 5.1. Elektron hukumatda hamkorlik sxemasi
 
Government-to-Government (G2G) moduli - davlat boshqaruv organlarining 
o‘zaro aloqalariga yo‘naltirilgan shakl. 
Davlat boshqaruv organlarining o‘zaro aloqalariga yo‘naltirilgan modul G2G 
(jahonda qabul qilingan davlat davlat uchun - government to government 
jumlasining qisqartmasi asosida qabul qilingan belgi). Boshqacha talqinda esa
Government-to-Government - G2G (Hukumat bilan aloqa) – bu hukumat 
tashkilotlari bilan o‘zaro aloqa bo‘lib, uning yordamida davlat tashkilotlari bilan 
ichki va tashqi aloqalarni mukamallashtirish, taklif etilayotgan xizmatlarni qulay va 
tezkor tamoyiliga binoan yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu esa ortiqcha xarajatlarning 
oldini olib, ishlab chiqarishdagi vaqtni tejab ish samaradorligini, xodimlarning ishga 
bo‘lgan layoqatini oshiradi. Bu elektron hukumatning asosini tashkil etib, davlat 
tashkilotlarining barchasini birlashtiradi hamda uning doirasida mamlakat 
hududidagi hamma fuqarolar, tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari birlashtiriladi 
va shu asosida ular tahlil qilinadi. 
“Elektron hukumat” tizimi, xususan, uning G2G moduli to‘g‘risida so‘z 
yuritganda, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlarining boshqaruv 
jarayonlarini axborotlashtirish, bu organlarni aholi va biznes sub’ektlari bilan o‘zaro 
munosabat funksiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter tizimlarini yaratish 
3
e-Government Applications, by Nag Yeon Lee and Kwangsok Oh, printed in Scand-Media Corp., Ltd., 
Republic of Korea, in 2011, page–43-44 


45 
tushuniladi. Agar idoralarda ushbu jarayonlar avtomatlashtirilmagan bo‘lsa yoki 
elektron hujjat aylanishi mavjud bo‘lmasa, davlatning ichki tranzaksiyalari amalga 
oshirilgan va qog‘ozsiz ish yuritish rejimi joriy etilgan deb bo‘lmaydi. 
Bu borada faqat alohida joriy qilingan amaliyotlar, masalan, elektron pochta 
orqali ma’lumot jo‘natib, qog‘ozga chop etib, mansabdor shaxsga qo‘l qo‘ydirish 
jarayoni elektron hukumat tizimidan yiroqdir.
Axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot resurslarini shakllantirishdan 
tashqari elektron hukumat normativ-huquqiy baza qabul qilishni ham talab etadi. 
YA’ni, 
hujjat elektron ko‘rinishining qog‘ozdagi ko‘rinishi bilan huquqiy jihatdan 
teng kuchga ega ekanligi
va u bilan asosiy bosh hujjat ko‘rinishida ish yuritish 
mumkinligiga asos bo‘la oladigan normativ-huquqiy hujjatlar zarur bo‘ladi. 
Bularga: 

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, 

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, 

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, 

“Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 

“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunlarni misol qilish mumkin.
Munosabat va aloqalarning ushbu modul yordamida hal etiladigan asosiy 
vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
davlat boshqaruv organlari va davlat muassasalarining axborot massivlari
banklari va ma’lumot bazalarini yagona tizimga integratsiyalash;
barcha davlat tuzilmalarini elektron hujjat aylanishiga o‘tkazish va uni 
optimallashtirish; 
davlat qarorlarini ishlab chiqishni, uzatish va ijrosini nazorat qilishni 
optimallashtirish; 
hukumat resurslaridan foydalanish tezligini oshirish maqsadida yagona davlat 
portalini yaratish;
davlat xizmatchilari o‘rtasida raqobat muhitini kuchaytirish va ularning 
malakasini oshirish. 

Download 11,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish