46
sheriklariga taklif etilayotgan o‘z xizmatlarining integral tizimini yaratishlariga
keng yo‘l ochib beradi. Bunda davlat tashkilotlarining xarajatlari texnologiyalardan
samarali foydalanish, davlat tomonidan sotib olingan
tizimlarning ochiq va
shaffofligi tufayli xarajatlar kamayadi.
G2B, elektron hukumat tizimini iqtisodiy muvozanatlashtirib, maqsadga
muvofiq tarzda bo‘lishini ta’minlaydi. Zero, “hukumat-tadbirkorlikka” modeli
nafaqat odiy
jarayonlarni, balki kreditlarni rasmiylashtirish hamda shartnomalarni
to‘ldirish jarayonlarini ham osonlashtiradi. Uning asosiy vazifasi qulaylik yaratish,
jarayonni tezlashtirish, avtomatizatsiyalash hisobiga ko‘plab fuqarolarni
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun keng yo‘l ochib berishdir. Aynan,
xususiy sarmoyadorlik mamlakat rivojlanishining nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy,
madaniy, texnologik va fan nuqtaiy nazaridan
rivojlanishning bosh omili
xisoblanadi, jamiyat hayotidagi barcha jabhalarida yuz berishi mumkin bo‘lgan
turg‘unlik holatining oldini oladi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solinishi - bu tadbirkorlik tuzilmalari
faoliyatiga kerakli sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida hukumat tomonidan ta’sir
ko‘rsatishdir. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy va
iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holatdagina namoyon
eta oladi.
G2V moduli quyidagilarni ta’minlashi lozim:
biznes tuzilmalari oldida turgan qog‘ozbozlik va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf
etish;
davlat boshqaruvining ortiqcha bo‘g‘inlarini qisqartirish, tartibga solish va
hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yo‘li bilan biznes
jarayonlarini va
tranzaksiyalarni tezlashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish;
qonunlar va bozor talablaridan kelib chiqib, resurslarni maqsadga yo‘naltirib,
erkin boshqarish.
Ushbu modul vazifalarini hal etish uchun biznes sub’ektlariga quyidagi xizmatlarni
ko‘rsatishni nazarda tutadi:
Rasm 5.2. G2V moduliga xos xizmatlar
kompaniyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan
kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish);
litsenziyalar olish va ular
muddatini uzaytirish;
yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida o‘z
vaqtida va to‘liq axborot olish;
byudjetga (daromad, foyda, qo‘shilgan qiymat, yo‘l, er soliqlari va boshqalar)
va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to‘lovlarni amalga oshirish;
47
buxgalteriya, moliya, soliq va statistika hisobotlarini rasmiylashtirish va
boshqalar.
G2B xizmatlari turli ijtimoiy guruh vakillariga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu
xizmatlarning asosiy maqsadi davlat bilan bog‘liq ijtimoiy,
siyosiy va iqtisodiy
jarayonlarni optimal boshqarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: