Moliya va raqamli axborot texnologiyalari



Download 11,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/260
Sana06.07.2022
Hajmi11,76 Mb.
#746373
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   260
Bog'liq
ELEKTRON HUKUMAT UMK

 
Hukumat – hukumat
(government – government, G2G). Bu model yuqoridagi 
ikki modellarning samarali echimini ta’minlash maqsadida mahalliy va hududiy 
davlat idoralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirishdan iborat. 
Natijada ma’muriy sarf xarajatlar qisqarib, qarorlar qabul qilinishi tezlashadi. 
Interaktiv xizmat tizimini joriy etish jarayonida hukumat tuzilmasining axborot 
markaziga yagona oyna orqali kirishning soddalashgan interfeysi, elektron raqamli 
imzo 
yordamida 
umumiy 
avtorlashtirish 
tizimi, 
alohida 
tashkilotning 
integrallashgan axborot tizimi yaratilgan. Uzatilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi 
va konfidensialigini ta’minlash maqsadida 128 –razryadli ma’lumotlarni shifrlar 
tizimi joriy etilgan; Elektron hujjatlarni huquqiy kuchga egaligini tasdiqlovchi 
elektron raqamli imzo tizimi qo‘llanilgan; elektron sertifikatsiyalash tizimi 
kiritilgan. Fuqorolarni avtorlashtirish va hujjatlarni autentikligini nazorat qilish Net 
va Microsoft SQL Server texnologiyasiga asoslanadi. Odatda elektron hukumat 
interaktiv xizmatlari portali .Net Framework, ASP.NET va Visual C# 
texnologiyasini qo‘llaydi. 
Foydalanuvchilar talablariga ko‘ra tizim quyidagi mezonlarga javob berishi 
lozim /2/: foydalanuvchi bilan yuqori darajada do‘stona munosabatda bo‘lishi, ochiq 
arxitekturaga ega bo‘lishi, asosiysi elektron xavfsizlik ta’minoti sohasida eng yangi 
yutuqlarga tayanishi. Elektron hukumat tizimini joriy etishda turli tarmoqli 
infratuzilmani integratsiyalash, turli tashkilotlar tomonidan yaratilgan saytlar va 
axborot tizimlari kabi muammolarga duch kelinadi. 
 
Elektron 
hukumat 
interaktiv 
xizmatlarining 
asosiy 
tamoyillari 
quyidagilardan iborat
:
a) elektron hukumat interaktiv xizmatidan foydalanishning texnologik 
imkoniyatini tizim foydalanuvchilarining dinamik o‘zgaruvchan soni bilan 
ta’minlash; 
b) elektron hukumat interaktiv xizmat tizimi foydalanuvchilari tomonidan 
axborotga oid o‘zaro hamkorlikning moslashuvchi texnologiyalari, formatlari, 


53 
protokollarini yagona bir xil imkoniyatli dasturiy-texnik vositalardan foydalanishga 
moslash;
c) elektron hukumat interaktiv xizmatlari tizimi foydalanuvchilari tomonidan 
dasturiy ta’minot va sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalardan me’yoriy-huquqiy 
qoidalarga rioya etish;
d) elektron hukumat interaktiv xizmatlarida uzatilayotgan, qabul qilingan va qayta 
ishlangan elektron xujjat ma’lumotlarining to‘liqligi va yaxlitligini ta’minlash; 
e) elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimida
moddiy-moliyaviy va vaqt xarajatlarini kamaytirish; 
f) elektron hukumat intraktiv xizmatlari elektron xujjat aylanishida ma’lumotlar 
xavfsizligini va konfidensialligini ta’minlash. 
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimining texnik-
texnologik infratuzilmasi quyidagilardan iborat: elektron hukumat interaktiv 
xizmatlarida elektron hujjat aylanishi bosh serveri, uning administratori bo‘lib, 
ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimi menenjeri hisoblanadi; ob’ektlararo 
elektron hujjat aylanishi tizimi foydalanuvchilarining boshqaruv serverlari; 
himoyalangan aloqa kanallari. 
O‘z navbatida, bosh serverning texnik vositalari o‘z ichiga elektron pochta 
serveri, tasdiqlovchi markazning dasturiy-apparat vositalari, axborotni muhofaza 
qilish vositalari va elektron o‘zaro ishlash dasturiy-texnik ta’minotining boshqa 
vositalarini oladi. Bosh administratorning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
qayta ishlanadigan, saqlanadigan va uzatiladigan elektron xujjatni ruxsatsiz 
foydalana olishdan va ma’lumot administrator serverida bo‘lganida hamda 
himoyalangan aloqa kanallari bo‘yicha ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi tizimi 
foydalanuvchilarining serverlarigacha uzatishda axborot xavfsizligini ta’minlash; 
hujjat aylanishi tizimi foydalanuvchilari o‘rtasida elektron xabarlar almashinuvi. 
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishi tizimi 
administratori serverining texnik vositalariga server va kommunikatsiya uskunasi, 
ma’lumotni himoya qilish vositalari va bir xil imkoniyatli kompyuterlar bilan 
ta’minlangan avtomatlashtirilgan ish joylari kiradi. Administratorlar serverlarining 
asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: qayta ishlanadigan, saqlanadigan va 
uzatiladigan ma’lumotni himoyalangan aloqa kanaliga uzatilgunga qadar va undan 
ruxsatsiz foydalanish hamda buzib ko‘rsatishdan himoyalashni ta’minlash; 
administrator serveridan olingan elektron xujjatlarni foydalanuvchilarning elektron 
hujjat aylanishi axborot tizimlari manziliga etkazish; elektron xujjatlarni 
ob’ektlararo elektron hujjat aylanishi foydalanuvchilarining axborot tizimlaridan 
bosh administrator serveriga jo‘natish; elektron xujjatlarni bosh administrator 
serveriga uzatishdan avval ma’lumotlar bazasida saqlab turish.
Elektron hukumat interaktiv xizmatlarida elektron hujjat aylanishini amalga 
oshirishda axborot xavfsizligi texnik va dasturiy vositalar, hamda bir qator tashkiliy 
tadbirlar kompleksi bilan ta’minlanadi. Xususan, texnik tadbirlarga quyidagilar 
kiradi: funksional imkoniyatlarining to‘liq hajmida axborotni muhofaza qilish 
vositalarini tashkil etish va ulardan foydalanish; qayta ishlanadigan elektron xujjat 
ma’lumotlarining yaxlitligini ta’minlash; elektron xujjat ma’lumotini virusga qarshi 
himoyalashni ta’minlash.


54 
Elektron hukumat interaktiv xizmatida ob’ektlararo elektron hujjat aylanishini 
amalga oshirishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ushbu masalani hal qilish uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur: 
telekommunikatsiyalar infratuzilmasini ta’minlashga va ob’ektlararo elektron 
hujjat aylanishi uchun tarmoqni qurishga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
elektron hujjatlarni aloqa kanallari bo‘yicha uzatishda va ob’ektlararo axborot 
tizimining ma’lumotlar bazasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini 
qo‘llagan holda saqlashda elektron hujjatlarni butunligini himoyalash va ta’minlash 
bo‘yicha talablar ishlab chiqish; 
elektron hukumat ob’ektlararo axborot almashinuv tizimining dasturiy-apparat 
vositalarini va axborot resurslarini ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash bo‘yicha 
choralar ishlab chiqish; 
ob’ektlararo axborot almashinuvida elektron raqamli imzodan foydalanish 
sohalarini belgilash (himoyalangan mualliflashtirish, haqiqiyligini tasdiqlash va 
hokazo); 
elektron hukumat interaktiv xizmatida ob’ektlararo elektron xujjatlar 
almashinishida himoyalangan ulanishi talablarini bajarish. 
Dasturning axborot xavfsizligini ta’minlashda, jumladan, axborotni ruxsatsiz 
o‘chirib tashlash, o‘zgartirish, buzish, ko‘chirib olish, to‘sib qo‘yish va axborot 
resurslariga noqonuniy aralashuvga doir boshqa xatti-harakatlarning oldini olish, 
qonunchilikka muvofiq ravishda hujjatlashtirilgan va elektron shakldagi davlat 
sirini, axborotning mahfiyligini saqlash, O‘zbekiston Respublikasining axborot va 
kompyuter texnologiyalari sohasidagi axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini 
tashkil qilish va axborot xavfsizligini ta’minlovchi xizmatlarni shakllantirish, 
ma’lumot uzatish tarmoqlariga himoya vositalarini joriy etish samaradorligini 
baholash, loyihalarni axborot xavfsizligini ta’minlash talablariga javob berish nuqtai 
nazaridan ekspertizadan o‘tkazish uchun doimiy ishlaydigan (idoralararo) ekspert 
guruhini tuzish va axborotni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, 
mamlakatda axborotni kriptografik himoyalash vositalarini ishlab chiqish kabi 
tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Amerika Kengashi IT – derektivasi US CIO Council (
www.cio.gov
) elektron 
hukumat tizimini joriy etish tajribasi asosida davlat tashkilot va korxonalarini 
axborotlashtirish rivojlantirishni to‘rtta bosqichini aniqladi: 

Boshlang‘ich bosqich – tashkilotning Internetga chiqishi, axborot Web resursini 
yaratishi; 

Boshlang‘ich o‘zaro bog‘lanish davri – axborot xizmatlari foydalanuvchilarini 
o‘zaro bog‘lanishi imkoniyatini yaratish (Web – shakl, elektron pochta); 

Tranzaksiya davri – axborot xizmatini ko‘rsatuvchi va foydalanuvchi o‘rtasida 
murakkab, ko‘p qadamli axborot almashinuvini shakllantirish; 

Elektron hukumat tizimini yaratish – uzoq muddatli dastur asosida turli axborot 
resurslarini jamlash va integratsiyalash; axborot resurslariga murojaat etishning 
yagona oynasini yaratish; taqdim etilayotgan xizmatlar uzluksizligini ta’minlash. 
Hukumat portali yagona axborot muhitida turli davlat korxonalarini ishlash 
imkonini berib, mijozga yagona avtorlashtirish tizimi va axborot resurslariga 


55 
murojaat etish yagona oynasiga ega. G2C modelini takomillashtirgan holda hukumat 
portali axborot servislari va korporativ axborot tizimi integratsiyasini ta’minlaydi. 
Web – server sifatida Microsoft Internet Server (IIS), Internet Security and 
Acceleration Server, faoliyat yurituvchi server sifatida esa – Microsoft SQL Server, 
BizTalk, Commerce Server va Application Server ishlatiladi. 
Elektron hukumat yaratish loyihasida ma’lumotlar uzatish mexanizmi Web – 
servislar va XML ga asoslangan, bu o‘z navbatida tizimni kenglovchi va ochiq 
qiladi. Ma’lumotlar almashunuvi standarti sifatida ochiq standart bilan muvofiq 
bo‘lgan maxsus yaratilgan XML – sxemasi GovTolk ishlatiladi.
Elektron hukumat tizimini yaratish dasturining strategik maqsadi davlat boshqaruv 
organlarining samarali ishlashi uchun axborot muhitini yaratish, onlayn rejimda 
ishlovchi fuqaro va tijorat tuzilmalari uchun samarali va qulay axborot servislaridan
foydalanishdan iborat. 
Fuqaro va tashkilotlarga quyidagi axborot resurslari taqdim etila boshlandi: 

yashash manzili o‘zgarganligi haqida hukumat tashkilotlariga xabar berish 
maqsadida onlayn rejimda fuqorolarni ro‘yxatga olish; 

fuqaro va tashkilotlar tomonidan ijtimoiy to‘lanmalar haqidagi ma’lumotni olish 
uchun ijtimoiy ta’minot Institut axborot markaziga murojaat; 

ro‘yxatga olingan tashkilot ma’lumotlar bazasiga murojaat. 
Elektron hukumat yaratish konsepsiyasi yuzaga kelgunga qadar rivojlangan 
mamlakatlar tez va aniq axborot almashinuvi talab etiladigan alohida soha 
faoliyatlarida o‘xshash tizim elementlaridan foydalanganlar. 
Xususan, quyidagi masalalarni echishga qaratilgan bojxona axborot tizimini 
modernizatsiyalash dasturini keltirish mumkin: 

yagona hududiy bojxona to‘lovlarini yig‘ish maydoni, jamlash va bojxona 
ma’lumotlarini tahlili; 

davlat manfaatlarini ishonchli ximoyasini ta’minlash, mahsulotlar chiqishi va 
kirishini samarali nazorat qilish; 

bojxona jarayonlarini yuritish sarf xarajatlarini kamaytirish va bojxona organlari 
xodimlari ish samaradorligin oshirish, barcha bajariladigan ishlar jadalligini 
oshirish; 

xalqaro savdo sohasida davlatning etakchiligiga erishish. 
Elektron bojxona tizimini joriy etishda SAP R/3 Enterprise echimidan foydalaniladi. 
Bunday usulni tanlashga asos sertifikatsiya o‘tkazish imkonini beruvchi berilgan 
dastur matnining ochiqligi. SHuningdek R/3 tizimining boshqa dasturiy mahsulotlar 
bilan oson integrallashuvi va keng doirali ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. 
YAgona bojxona tizimini yaratish hududiy bojxona sohasida bojxona xizmati 
boshqaruvchi samaradorligini oshiradi, barcha bojxona xujjatlarini umumlashtiradi 
va avtomatik ravishda qayta ishlaydi, bojxona maxsulotlarini soddalashgan usulda 
kodlaydi, davlat va xususiy sektor axborot tizimini birlashtiradi.

Download 11,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish