51
qonunchilik bilan tartiblanadi, hamda fuqaroga ma’lumot olish huquqini beradi yoki
cheklaydi.
Birinchi ko‘rinishdagi axborot resurslariga ruxsat, ma’lumot
olishga ruxsat
berilgan shaxsni avvaldan identifikatsiyalash bilan xarakterlanadi. Bu turdagi
ixtiyoriy ma’lumotga ruxsatlar cheklangan doiradagi ruxsat hisoblanadi, masalan,
davlat sirlariga bog‘liq yoki shaxsiy ma’lumotlar.
Identifikatsiya ma’lum bir shaxsning quyidagi ma’lumotlarni olishlari uchun zarur:
bevosita ushbu shaxsga aloqador bo‘lgan ma’lumotlar, ya’ni tashkilot yoki
xodimlarning o‘zlarining ma’lumotlarini olishga ruxsati bo‘lgan, ularning huquq va
majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’muriy ma’lumotlarga ruxsati bo‘lganda;
ma’lum bir shaxsning o‘z lavozimiga bog‘liq majburiyatlarini
bajarish uchun
zarur ma’lumotlar, bu o‘z ichiga shaxsning davlat sirlariga bog‘liq ma’lumotlar bilan
ishlashini, yoki huquqni muhofaza qilish organlari xodimi yoki tibbiiyot
xodimlarining shaxsiy sirlaridan xabar topishni oladi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday shaxs
faqat identifikatsiya
qilinganidan so‘ng ma’lumot olish huquqiga ega bo‘ladi. Masalan, shunday model
yordamida fuqaro va tashkilot manzillari haqidagi ma’lumotlarni olishga ruxsatni
tashkil etish mumkin. Ma’lumot har qanday shaxsga faqat identifikatsiya
qilingandan so‘ngina taqdim etilishi mumkin.
Ushbu model asosida davlat organlari ma’lumotlarini taqdim etish, buyurtma
berilishi orqali tashkil etiladi. Ma’lumotga bunday turda ruxsat berilishi tanqidga
haqqoniy sazovor, chunki ma’lumot olgan, identifikatsiyalangan
shaxsga
ma’lumotni tarqatmasligi haqida mas’uliyat yuklab bo‘lmaydi, shuningdek bunday
ma’lumotni nazorat qilish samara bermaydi. O‘zini identifikatsiya qilish
ma’muriyatchi uchun qulay to‘siq bo‘lib, ma’lum darajada korrupsion salohiyatga
ega bo‘lishiga imkon yaratadi.
Ma’lumotga avvaldan identifikatsiyadan o‘tish orqali ruxsatga ega bo‘lgan shaxs
ma’lumotga bo‘lgan ruxsatnomasini, shaxs haqidagi ma’lumotlarini,
olgan
ma’lumotlarini, olingan ma’lumot tarkibi va ma’lumot taqdim etilgan vaqt haqidagi
ma’lumotlarni saqlashi talab etiladi.
Ma’lumotga ruxsat berilishning ikkinchi ko‘rinishi ruxsatga ega bo‘lgan
shaxsdan identifikatsiyalash talab etilmagan hol. Bu turdagi ma’lumotlarga ruxsat
berilishi, har qanday shaxsning identifikatsiyasiz ma’lumot olish huquqiga ega
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bunday hollarda davlat axborotlarini taqdim etish
davlat majburiyati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: