Bakterial tanlab eritish jarayonlarini qo„llab marg„imush saqlovchi mahsulot va boyitmalarni qayta ishlashning
kombinerlangan texnologiyasi.
«Sao - Bento» (Braziliya) fabrikasida qayta ishlanadigan oltin margumushli boyitmalar tarkibidagi yuqori miqdorli (19%) pirrotin bilan farqlanadi. Shuning uchun boyitmalar (150 t/sut) xajmi 580 m3 bo‗lgan bioreaktorga bakterial tanlab eritish uchun yo‗naltiriladi.
Bu erda 4 soat davomida sulfidlarning 30% oksidlanadi, eng avvalo pirrotin. Quyiltirilgandan so‗ng bakterialtanlab eritilgandan so‗ng qolgan kek avtoklav jarayoniga yuboriladi, bu erda oltinning yuzasi to‗liq ochiladi. Oltinni sianlash yo‗li bilan ajratib olish 92 % ni tashkil qiladi. BV jarayonini oltin margumushli boyitmalarni qayta ishlash texnologiyasiga kiritish oksidlanish sikli umumiy unumdorligini 25%ga oshirishga imkon berdi.
7.6-chizma. «Sao - Bento» (Braziliya) fabrikasida bakterial- avtoklavda tanlaberitish qurilmasining apparatlar tizimi sxemasi
1 – boyitmalarni qabul qiluvchi chan, 2 – bo‗tana tayyorlash uchun aralashtirgich, 3 – xajmi 580 m3 bo‗lgan bioreaktor, 4- quyultirgich, 5 avtoklav
AQSHda sulfidli qaysar rudalardan oltin ajratib olishning biogidrometallurgik texnologiya qurilmasi ―Tonkin Springs‖ fabrikasining US Gold i Homestake Mining. kompaniyasi tomonidan joriy qilingan. Fabrikada oltin saqlovchi qaysar ruda qayta ishlanadi. Ruda tarkibida 3,9 g/t oltin, 0,25% mыshyak, 1,34% oltigugurt, 1,76% temir i 0,39% organik uglerod mavjud. Mayda yanchilgan rudani
to‗g‗ridan-to‗g‗ri sianlashda oltinni ajratibolish 60 % dan oshmaydi. SHuning uchun oltin ajratib olishda 0,044 mm gacha yanchilgan dastlabki rudani bakterial oksidlashdan foydalanilgan. Rudani bakterial tanlab eritish (1500 t/sutka) pH 2-1,0 bo‗lganda diametri 16 m va balandligi 13 m bo‗lgan 4 ta bioreaktorda T.ferrooxidans bakteriyasidan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi. Bioreaktorlarda xaroratning optimal darajasi 30- 400C, bo‗tananing zichligi qattiq massasi 30% dan ko‗p emas. Bakterial tanlab eritishning davomiyligi bunday sharoitlarda 60 soatni tashkil qiladi. Bo‗tana quyiltirilgan va neytrallangandan so‗ng 24 soat davomida sorbsion tanlab eritishga yuboriladi. Bu texnologiya bo‗yicha oltinni ajratib olish 90% ni tashkil qiladi.
7.7-chizma. AQSHning «Tonkin Springs» fabrikasida qaysar oltin margumushli rudani qayta ishlash sxemasi
1989 yilda tarkibida 90-170 g/t oltin bo‗lgan, yirikligi -0,074 mm bo‗lgan flotatsion boyitmani tanlab eritish uchun Nevada shtatida
―Austin‖ fabrikasi ―Kostich Risech‖ kompaniyasi kompaniyasi tomonidan bakterial tanlab eritish jarayoni joriy qilingan. Ushbu 45-50 t/sutka bo‗lgan boyitma uchta parallel ishlovchi bioreaktorlarda 120 soat davomida bakterial tanlab eritilgan. Sulfidlarni oksidlanish darajasi 80% bo‗lganda sianlash siklida oltin ajratib olish 90% gacha etadi (7.8- chizma-rasm). To‗g‗ridan to‗g‗ri sianlashda esa bu ko‗rsatgich 74-78% dan oshmaydi.
7.8-rasm. AQSH «Austin» fabrikasida oltin saqlovchi rudani qayta ishlash sxemasi
Kanadaning ―Salmita‖ fabrikasida ishlab chiqarish unumdorligi 10t ruda/sutka bo‗lgan oltinni bakterial tanlab eritish sanoat-tajriba qurilmasi ishlab turibti. Ushbu qurilmada tarkibi 0,75% mыshk, 0,95% oltingugurt i 21 g/t oltin bo‗lgan boyitma parametrlari va tanlab eritish rejimi ishlab
chiqilgan.bakterial tanlab eritishdan so‗ng toltin ajratib olish 95.6% ni tashkil qiladi. Bu to‗g‗ridan-to‗g‗ri sianlashdan 30% ko‗p.
Britaniya Kolumbiyasidagi ―Kongress‖ fabrikasida turli qaysar boyitmalarni biogidrometallurgichesk texnologiyalarining tadqiqot ishlari olib borish uchun maysus qurilma o‗rnatilagan (7.8. - rasm).
Zarmitonda oltin ishlab chiqarish fabrikasi qurilishi munosabati bilan
«Mardjanbulak» konida zaxiralarni qayta razvedka qilish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda fabrika uchun ruda Zarmitan va Qoraqo‗tondan olibkelinmoqda. Zarmitandan ruda avtosamosvallar yordamida 85 kilometrli trassa orqali tashib keltirilmoqda. Qoraqo‗tondan konning reslar bazasiga temir yo‗l transportida tashib keltiriladi.
Xozirgi kunda ―Sariqbel‖, ―Markaziy‖ va ―Janubiy‖ karerlari ishlamoqda. Asosiysi ―Janubiy‖ karer hisoblanadi. O‗tgan yili ushbu karerdan fabrikada qayta ishlanayotgan 1,262 mln. tona rudaning 20% keltirilgan. Marjonbuloq kareri rudalarining qayta ishlanishi murakkabligi, ularning sulfidli rudaekanligi va uni qayta ishlashning xozircha iloji yo‗qligidadir.
Joriy yilda ruda qazibolishni oshirish uchun «Ukrainskiy» karerini qayta ishga tushirilishini amalga oshirish kerak. Xozirgi kunda
«Uzgeorangmetliti» instituti tomonidan ta‘luqli loixa ishlab chiqilmoqda, kon mutaxassislari esa yuklovchi texnikalarni ekspluatatsiyaga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Konlar xaqida gapirilganda shuni aytib o‗tish kerakki,
―Marjonbuloq‖ tarkibiga karer, oltin ajratib olish sexi, tashqi suv ta‘minoti, uzunligi 39 km bo‗lgan elektr uzatgich liniyalariga xizmat qiluvchi energiya ta‘minoti bo‗limi, ta‘mirlash-mexanik bo‗limi, xamda uy-joy kommunal xo‗jaligi va bir xilda nomlangan shaxar tipidagi qo‗rg‗on kiradi.
Nazorat savollari
Bakterial tanlab eritish jarayonlari
Bakterial tanlab eritish jarayonlarini qo‗llab marg‗imush saqlovchi mahsulot va boyitmalarni qayta ishlash
Marg‗imush saqlovchi mahsulot va boyitmalarni qayta ishlashning kombinerlangan texnologiyasi.
«Sao - Bento» fabrikasida qayta ishlanadigan oltin margumushli boyitmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |