41
Rasm 4.8.- Elektron hukumatning ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha asosiy
loyihalari
Rasm 4.9.- Elektron hukumatning 2020 yilgacha bajarilishi lozim bo‘lgan
asosiy loyihalari statistikasi
«Elektron hukumat» loyihalarini amalga oshirish mexanizmi
.
2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti qarori bilan «Elektron
hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash
markazi tashkil etildi. Bu xususida batafsil yuqorida ma’lumot bergan edik.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi
“Elektron hukumat”
tizimini yaratish va yanada takomillashtirish siyosatini ishlab chiqish uchun mas’ul
muassasa hisoblanadi. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
-
“Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik
yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
-
Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlarga
davlat xizmatlarini
ko‘rsatish sohasidagi operatsion va funksional jarayonlarining takomillishtirish;
-
AKTning joriy etish va rivojlantirishni tizimli monitoring qilish va boshqalar.
42
Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi
“Elektron hukumat” tizimining axborot
xavfsizligini ta’minlashga mas’ul muassasa xisoblanadi. Uning vazifalariga
quyidagilar kiradi:
-
Davlat organlari axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlash;
-
Axborot havfsizligiga taxdidlarni aniqlash va tahlil qilish;
-
“Elektron hukumat” tizimi axborot xavfsizligini takomillashtirish bo‘yicha
tadbirlarni amalga oshirish.
2014 yilning boshidan mamlakatda davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlarida
AKTni tadbiq etilishi samaradorligini reytingli baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur baxolashni o‘tkazish uchun davlat organlarida AKTni rivojlantirish
bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish mexanizmi tasdiqlangan. Har chorakda 120 dan ortiq
davlat organlari AKT rivojlanishi holati bo‘yicha baxolanadi.
Ushbu rasmda Siz
davlat organlarida AKT rivojlanishini reytingli baholash tizimining tarkibi bilan
tanishishingiz mumkin, bunda bahoning 50%i davlat
organlarining rasmiy veb-
saytlarining bu veb-saytlarga qo‘yiladigan asosiy talablarga mosligiga, 26%i davlat
organlarining axborot tizimlari va resurslariga, 20%i axborot xavfsizligiga va 4%i -
tashkiliy qismiga ajratiladi.
Ta’kidlab o‘tish
kerak-ki, 2014 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasining
“Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” gi
qonuni qabul qilingan bo‘lib, ushbu qonunga
muvofiq aholi va jamoat
tashkilotlariga davlat organlari faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yanada kengroq
foydalanish
imkonini beradi, davlat organlarining o‘zlari qabul qilayotgan
qarorlarning sifati uchun javobgarligi oshadi.
7>
Do'stlaringiz bilan baham: