Komitentning komissioner bilan munosabati muammosi (principal-agent
problem) shundaki, komissioner ko‘pincha komitent agar komissioner bilgan
barcha bilimlarga egalik qilganida qabul qilgan qarorlaridan va o‘zi mustaqil qabul
qilishi mumkin bo‘lgan qarorlaridan farqlanuvchi qaror-larni qabul qiladi. Buning
natijasida komissionerlar va komitent-larning manfaatlari o‘rtasida ko‘pincha
ziddiyatlar kelib chiqadi. Nostan-dart (noandozaviy) vaziyatlarda komissionerlar,
hattoki, o‘zlarining komi-tentlari manfaatlariga qaramasdan harakat qilishlari
mumkin. Bunday holat, masalan, fond brokeri «sutdan yog‘ olish» deb
nomlanadigan ish bilan shug‘ullansa, ya’ni mijozga hech qanday foyda olib
kelmaydigan, lekin brokerning komission summasini oshiradigan ko‘psonli
bitimlarni mijozning hisobidan amalga oshirganida kelib chiqadi.
Buning yanada tushunarli bo‘lishi uchun e’tiboringizni quyidagi “qo‘lbola”,
“jaydari” o‘zbekona misolga qaratmoqchimiz: ma’lumki, ko‘pka-riga (uloqqa)
yaraydigan kuchli otga hamma chavandoz ham ega bo‘lavermaydi. Xuddi
shuningdek, shunday kuchli otga ega bo‘lganlarning hammasi ham chavandoz
bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda otning egasi o‘z otini kuchli chavandozga
“chopish uchun” taqdim etishi, tabiiy. Shunga o‘xshash, chavan-dozning ham
o‘zganing kuchli otidan ko‘pkari (uloq) davomida “chopishidan” o‘zga chorasi
qolmaydi. Shu munosabat bilan, ko‘pkari (uloq)da qo‘lga kiritilgan yutuq
(solim)lar chavandoz va otning egasi o‘rtasida, odatda, qanday taqsimlanishini
bilasizmi? Hech joyda yozma ravishda qayd etilgan bo‘lishiga qaramasdan, azal-
azaldan, bu narsa (yutuq)ni taqsimlashda quyi-dagiga rioya qilinadi: pulli yutuqlar
– chavandozniki, natural ko‘rinishdagi yutuqlar (uloq, gilam, tuya, ho‘kiz, mashina
va h.k.lar) esa – otning egasiniki. Bunday sharoitda chavandoz bilan otning egasi
o‘rtasidagi munosabatlarning qanchalik uzoq vaqt davom etishi yoki uning doimiy
xarakterga ega bo‘lishi, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, chavandozning
xolisona xatti-harakatiga bog‘liq. Agar chavandoz har safar ko‘pkari (uloq)da
o‘zaro manfaatlar mushtarakligiga intilib harakat qilsa – nur ustiga, a’lo nur –
o‘zaro munosabatlar davom etadi. Aksincha, ko‘pkari (uloq) davomida solim pulli
e’lon qilinganda har safar o‘zini o‘tga ursa-yu, natural ko‘rinishdagi solim e’lon
qilinganda esa – to‘dadan chetga chiqib, oddiy tamoshabinga aylanib, ayyorlik
qilsa – o‘sha zahotiyoq yoki navbatdagi ko‘pkari (uloq)da kuchli otdan umid
qilmasa ham bo‘laveradi. Chunki bu yerda otning egasi va chavandoz manfaatlari
o‘rtasida ziddiyatning kelib chiqqanligi shuni taqozo etadi.
49
Agar moliyaviy tizim to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatsa, unda yuqorida qayd qilingan
stimullashtirish muammolarini hal qilishga yordam beradi. Bu esa moliyaviy
resurslarni birlashtirish imkoniyati, riskni taqsimlash va ixtisoslashtirish kabi
ushbu tizimning afzalliklaridan yanada samara-liroq foydalanish imkoniyatini
taqdim etadi. Jumladan, masalan, kredit faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
stimullashtirish muammolarini kamaytirish uchun, qarz oluvchi o‘zining
majburiyatlarini bajarmaganda, qarz beruvchiga uning ish aktivlarini xatga olish
(arest) huquqi berilishini o‘z ichiga oluvchi qarzni ta’minlash (collateralization)
prinsipidan keng foydala-niladi. Shunday yondashuv tufayli, kreditorning qarz
oluvchining faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha xarajatlari sezilarli darajada
kamayadi. Bu holatda unga faqat, qarzni ta’minlash sifatida taqdim qilingan aktiv-
larning bozor qiymati qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lashga yetarli
bo‘lishining tashvishini qilish qoladi, xolos.
Texnologiyalar rivojlanib borgan sari qarzning ta’minlanishi uchun xizmat
qiladigan turli xil ish aktivlari (masalan, qarz oluvchining tovar-moddiy zahirasiga
kiruvchi tovarlar)ni baholashga, shuningdek, ular ustidan nazoratga ketadigan
xarajatlar doimiy ravishda kamayib bormoqda. Buning natijasida bu kabi
kelishuvlardan foydalanish sohasi kengay-moqda.
Yo‘lga qo‘yilgan moliyaviy tizim tufayli komitent va komissioner
o‘rtasidagi muammolarni ham yumshatish mumkin. Jumladan, agar perso-nal
45
ni
boshqarish ishi uchun mukofotlash firma aksiyalarining bozor bahosi
ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lsa, menejerlar va aksionerlar manfa-atlarini aniqroq
muvofiqlikka keltirish mumkin. Shuningdek, masalan, kredit shartnomasiga
kreditorning huquqini qo‘shimcha sug‘urtalovchi ("equity kicker") alohida bandni
kiritish imkoniyatini ham ko‘rib chiqamiz. Bu esa korporatsiya aksiyadorlari va
kreditorlari manfaatlari o‘rtasida zid-diyatlar kelib chiqishi riskini kamaytirish
imkonini beradi. Bu maqsadga erishishga kreditorga aksiyadorlar o‘rtasida
taqsimlash uchun hisob-lanadigan foydalarda ishtirok etishiga yo‘l beradigan
kredit keli-shuvining har qanday tartibi (alohida band) yordam beradi. Mazkur
turdagi kengroq qo‘llaniladigan uslublardan biri, qarz to‘lanmagan holatda
kreditorlar o‘rtasida foydadan ma’lum bir foizning taqsimlanishini o‘z ichiga oladi;
boshqasi – kreditor o‘zining qarz summasini korporatsiya aksiyalarining oldindan
kelishib olingan soniga konvertatsiya qilish huquqiga egaligidir.
Boshqaruv personali firmaning aksiyadorlari tomonidan saylani-shini hisobga
olish kerak. Bu shunga olib keladiki, aksiyadorlar va kreditorlar manfaatlarining
ziddiyatlari yuzaga kelgan holatda mene-jerlar odatda, aksiyadorlar manfaatlarini
qondirish uchun mumkin bo‘lguncha harakat qiladilar, va ko‘pincha buni firma
kreditorlari hisobidan amalga oshiradilar. Bunday holatlarda yuzaga keladigan
ma’naviy risk muammosi boshqa sharoitlarda ikki tomonlama foyda keltiradigan
qarz kelishuvining tuzilishiga xalaqit berishi mumkin. Kelishuvga qo‘shimcha
qilib, "equity kicker" bandini kiritib, bu muammoni yumshatish yoki hatto butkul
hal qilish mumkin. Buning natijasida firmaning aksiya-dorlari ham, uning
45
“Personal” lotincha “personalis” – shaxsiy. Korxona, muassasa xodimlari yoki ularning ixtisosiga ko‘ra bir
guruhi. Qarang: o‘sha manba. J.III. - B.247.
50
kreditorlari ham yutadilar, xolos. Axir o‘zbeklarda “Qars” ikki qo‘ldan chiqadi”,
“Sizdan – ugina, bizdan – bugina”, “Six ham kuymasin, kabob ham”, deb
bekordan-bekorga aytilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |