“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

Ma’naviy  risk  yoki  mas’uliyatsizlik  (moral  hazard)  muammosi,  masalan, 
qachonki  sug‘urta  polisiga  egalik  qilish  sug‘urtalangan  tomon  katta  riskka  yo‘l 
qo‘yganda  yoki  yo‘qotishga  yetaklovchi  hodisaning  oldini  olishga  kam  harakat 
qilganda yuzaga keladi. Aynan mas’uliyatsizlik ko‘pincha sug‘urta kompaniyalari 
tomonidan riskning ayrim turlarini sug‘urta qilishni xoh-lamasliklarining sababiga 
aylanadi.  Masalan,  agar  ulgurji  ombor  mulk-dori  yong‘in  hodisasiga  sug‘urta 
polisini  sotib  olganda,  uning  uchun  yong‘inga  qarshi  tadbirlarga  pul  sarflash 
stimuli  kamayadi.  Bu  holat,  uning  omborida  yong‘in  bo‘lish  ehtimoli,  sug‘urta 
shartnomasi tuzilgunga qadar bo‘lgan holat-dagidan yuqori bo‘ladi. Agar sug‘urta 
summasi  omborning  bozor  bahosidan  yuqori  bo‘lsa,  unda  ayrim  ekstremal 
vaziyatlarda ombor egasi nafsga beri-lishi va pul olish uchun uni yoqib yuborishi 
ham  mumkin.  Potensial  ma’-naviy  risk  tufayli  sug‘urta  kompaniyalari  sug‘urta 
summasini  qisqarti-radilar,  yoki  ma’lum  bir  holatlarda  ayrim  turdagi  sug‘urta 
polislarini sotishdan umuman bosh tortadilar
41

Mijoz  ishga  bo‘nak  (avans)  to‘lasa  va  odam  (yoki  firma)  ish  qanchalik 
yaxshi  yoki  yomon  bajarilishiga  qaramay,  bir  xil  summani  oladigan  vaziyat 
shartnoma  tuzish  sohasidagi  mas’uliyatsizlikka  misol  bo‘lib  xizmat  qilishi 
mumkin. Agar to‘lov faqat ish bajarilgandan so‘ng amalga oshirilganda edi, unda 
pudratchida,  shubhasiz,  to‘lovning  avans  shakliga  qaraganda  yaxshiroq  harakat 
qilib ishlashiga stimul ko‘proq bo‘lar edi
42

Biznesni moliyalashtirishda yuzaga keladigan muammo ma’naviy risk-ning 
nisbatan  kamroq  misoli  bo‘lib  hisoblanadi.  Faraz  qilaylik,  Sizda  yangi  korxona 
tuzish g‘oyasi tug‘ildi va Sizga ish boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ zarur. Siz 
uni qayerdan olishingiz mumkin? Olishingiz ehtimoli ko‘proq bo‘lgan manba bu – 
qarindoshlar va o‘rtoqlaringiz. Nima uchun? Negaki, Siz ularga ishonasiz. Ular esa 
Sizni  bilishadi  va  Sizga  ishoni-shadi.  Bundan  tashqari,  ular  Sizning  tijoriy 
rejangizni, jumladan, tijoriy siringizni ham boshqa odamlarga ochmasliklari Sizga 
ma’lum.  Qarindoshlar  va  o‘rtoqlar  esa,  o‘z  navbatida,  Sizning ularga  yuz  berishi 
mumkin  bo‘lgan  hech  qanday  muammo  va  asoratlarni  berkitmasdan,  bo‘lajak 
biznes to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim qilishingizga ishonadilar. Bundan tashqari, 
hatto  ish  boshidan  muvafaqqiyatli  bo‘lmagan  va  Sizda  qiyin-chiliklar  tug‘ilgan 
holatda ham, Sizning yaqinlaringiz, Siz ularning manfaatlarini himoya qilish uchun 
bor imkoniyatingizni ishga solishingizni bilishadi.  
                                                           
39
  “Komitent”  lotincha  “committens”,    “committentis”  –  topshiruvchi,  topshiriq  beruvchi  Komissionerga 
o‘zining,  ya’ni  komitent  hisobidan,  lekin  komissioner  nomidan  savdo  bitimini  tuzish  haqida  topshiriq  beruvchi 
tomon (shaxs yoki tashkilot).  Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394. 
40
  «Komissioner»  fransuzcha  «commissionnaire»,  lotincha  «commissio»  -  topshirish;  topshiriq.  Komitent 
hisobidan  va  uning  foydasiga,  lekin  o‘z  nomidan  bitimlar  tuzadigan  shaxs  yoki  tashkilot  –  savdo-sotiq  ishidagi 
vositachi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394. 
41
 “Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi yana bir misol. 
42
 “Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi navbatdagi misol. 


46 
 
Endi  agar  Siz  bankdan  qarz  olishga  qaror  qilganingizda  kelib  chiqadigan 
vaziyatni  ko‘rib  chiqamiz.  Ehtimol,  Sizga  mutlaqo  notanish  bo‘lgan  bank 
xizmatchisi bilan biznes rejangizni batafsil  muhokama qilishni xohlamassiz. Yoki 
xoxlaysizmi?  Axir  bu  variantda  Sizga  raqib  bo‘ladigan  boshqa  mijozga  bu 
to‘g‘rida aytib berishi mumkinligi istisno qilinmagan. Hattoki, Siz ushbu masalani 
hal  etishga  muvaffaq  bo‘lsangiz  ham,  yana  yangisi  yuzaga  kelishi  mumkin  va 
buning vujudga kelmasligiga hech kim kafolat beraolmaydi.  
Qarzlarni  taqdim  qilish  qarorini  qabul  qiluvchi  bank  xizmatchilari  esa, 
mijozlarda  bo‘lajak  biznesning  barcha  mumkin  bo‘lgan  qiyinchiliklari  to‘g‘risida 
ochiqchasiga  gapirib  berish  uchun  asos  mavjud  emasligi  bois,  ko‘pincha  qarzni 
taqdim  qilishga  shunchaki  rozi  bo‘lmaydilar
43
.  Shunisi  ayonki,  buni  har  qanday 
odam  eng  noiloj  vaziyatdagina  oshkora  qilishi  mumkin.  Axir,  buni  “Hayot!” 
deydilar!!! 
Shunday qilib, axborot almashinishda, ish imkoniyatlariga nisbatan ma’lum 
bir  tengsizliklar  yoki  nomutanosiblik  yuzaga  keladi:  mijoz  o‘zining  bo‘lajak 
biznesi to‘g‘risida bank xizmatchisidan ko‘ra ancha ko‘p biladi. Buning ustiga, Siz 
bankka qarz uchun kelganingizda, bank xizmatchisiga o‘zining Siz uchun mutlaqo 
notanish odamligi, bank esa – biror-bir mas’-uliyatsiz muassasadan ortiq emasligi 
aniq  ma’lum.  Demak,  ishingizning  borishi  yomonlashsa,  Siz  unga  yaqinlaringiz 
mablag‘lari  sarflanganida  qanday  yo‘l  tutganingiz  kabi  harakat  qilmas,  ya’ni 
holatni  to‘g‘rilash  uchun  barcha  imkoniyatlarni  ishga  solmas  edingiz.  Hatto, 
buning  ustiga,  Siz  bu  biznesdan  chiqish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilishingiz  va 
qarzni  to‘la-masligingiz  ham  mumkin.  Shunday  qilib,  butun  kuch  bilan  ishlash 
motivatsiyasi  (stimuli)  korxona  riskining  bir  qism  boyligi  qarz  oluvchini 
qiziqtirmaydigan  tashkilotga  (masalan,  bank  yoki  sug‘urta  kompaniyasiga)  
ko‘chirilishi  natijasida  pasayib  ketadigan  vaziyat    ma’naviy  risk  yoki 
mas’uliyatsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga misol bo‘lishi mumkin. 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish