“Moliya” kafedrasi


 Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

 
5. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot 
ko‘magi)
 
Moliyaviy  tizim  iqtisodiyotning  turli  jabha  (sektor)larida  qabul  qilinuvchi 
mustaqil  qarorlarni  muvofiqlashtirishga  yordam  beradigan  narx  (baho)
 
axborotini 
taqdim etadi.  
Gazetalar, radio va televideniye qimmatli qog‘ozlar kursi va foiz stavkalari 
to‘g‘risidagi  axborotni  har  kuni  xabar  qiladilar.  Ushbu  ma’lumotlarni  olayotgan 
millionlab  odamlar  ichidan,  deyarli  kam  odam  professional  darajada  qimmatli 
qog‘ozlar  savdosi  bilan  shug‘ullanadi.  Biroq,  ko‘pincha  fond  bozoridan  ancha 
yiroq  bo‘lgan  odamlar  qimmatli  qog‘ozlar  birjasiga  asoslangan  axborotni 
moliyaviy  qarorlar  qabul  qilish  uchun  jalb  qilishlari  (foydalanishlari)  lozim. 
Masalan,  uy  xo‘jaliklari  bu  ma’lumotlardan  joriy  daromadning  qancha  qismini 
kelajakka  saqlab  qo‘yishni  va  jamg‘arilgan  mablag‘larni  qaysi  aktivlarga 
investitsiya qilish foydaliroqligini hal qilish uchun foydalanishlari kerak.  
Bozor foiz stavkalarini bilish, hattoki, bir oila doirasida pul-larni ko‘chirgan 
taqdirda qanday yordam berishi bo‘yicha yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish uchun 
quyidagi  misolni  ko‘rib  chiqamiz.  Tasavvur  qiling,  Ciz  25  yoshdasiz.  Endigina 
uylandingiz.  Alohida  va  erkin  yashashni  istab,  100,0  mln.  so‘mga  uy  sotib 
olmoqchisiz.  Mahalliy  bank  Sizga  yillik  8%  ustama  haq  bilan  80,0  mln.  so‘m 
(ya’ni,  uy  narxining  80%i)  ipoteka  krediti  ajratishga  rozi.  Lekin  Siz  yana  20% 
(ya’ni,  yana  20,0  mln.  so‘m)  mablag‘  topishingiz  lozim.  Sizning  40  yoshli 
opangizning  bankdagi  hisobraqamida  Sizga  kerakli  bo‘lgan  summa  mavjud.  U 
ushbu pullarni o‘zining pensiya ta’minoti sifatida yillik 6% ustama haqi hisobiga 
ajratib  qo‘ymoqda.  Biroq  uning  pensiya  yoshiga  yetishiga  hali  ancha  vaqt  bor. 
Shuning  uchun  Siz  bu  pullarni  undan  qarzga  so‘rab  turishingiz  mumkin.  Agar 
opangiz  o‘zining  pensiyasi  uchun  jamg‘arib  borayotgan  pullarini  Sizga  uy  sotib 
olishingiz  uchun  qarzga  berib  turishga  rozi  bo‘lsa,  unda  Siz,  ushbu  summa 
bo‘yicha  qancha  foiz  stavkasi  “adolatli”  bo‘lishini  qanday  qilib  aniqlashingiz 
mumkin? 
Ko‘rinib  turibdiki,  buning  uchun  joriy  bozor  stavkalarini  bilish  foydadan 
holi bo‘lmaydi. Faraz qilaylik, opangiz o‘zining jamg‘arma hisobraqami bo‘yicha 
yillik  6%  ustama  haq  olayotganligi  Sizga  aniq  ma’lum  va  mahalliy  bank  Sizdan 
ipoteka  krediti  bo‘yicha  yillik  8%  ustama  haq  olmoqchi.  Bu  ma’lumotlar  Sizga 
qarorlar qabul qilishda yordam beradi.  
Xuddi shuningdek, oila doirasida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida 
aktivlarning  bozor  narxi  (bahosi)ni  bilish  ham  kerak  bo‘lishi  mumkin.  Masalan, 
faraz qilaylik, Siz singlingiz bilan uyni yoki oilaviy biznesni meros qilib oldingiz 
va  u  ikkalangizning  o‘rtangizda  teng,  baravar  bo‘linishi  kerak.  Biroq,  Siz  uni 
sotgingiz  kelmayapti.  Boisi,  qaysidir  biringiz  shu  uyda  yashamoqchi  yoki  oilaviy 
biznes bilan shug‘ullanishni davom ettirmoqchisiz. Bunda oilaning boshqa a’zosi 


44 
 
qancha  olishi  kerak?  Ko‘rinib  turibdiki,  merosni  to‘g‘ri  baholash  uchun  shunga 
o‘xshash aktivlarning bozor narxlarini bilish lozim.  
Bundan  tashqari,  aktivlarning  narx  (baho)lari  va  foiz  stavkalari  menejerlar 
uchun  ular  tomonidan  investitsion  loyihalarni  tanlashda  va  moliyaviy 
shartnomalarni  tuzishda  tayanch  signal  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Majburiyatlari 
bo‘yicha  moliyaviy  bozorlarda  doimo  bitimlar  tuzish  bilan  shug‘ullanmaydigan 
menejerlar, odatda boshqa sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kerak bo‘lganda, 
zarur axborotlarni olish uchun har holda bu bozorlardan foydalanadilar.  
Tasavvur  qilaylik:  masalan,  qaysidir  bir  firma  100,0  mln.  so‘m  miqdorida 
foyda oldi va u olingan summani qanday sarflashni: uni biznesga qayta investitsiya 
qilish,  aksionerlarga  dividendlar  to‘lash  yoki  pullarni  o‘z  aksiyalarini  qaytarib 
olishga  sarflash  muammosini  hal  qilmoqchi.  Ushbu  masalani  hal  qilishda, 
shubhasiz,  mazkur  firma  va  boshqa  kompaniyalarning  aksiyalari  kursini, 
shuningdek, bozor foiz stavkalarini bilishi juda asqotadi. Bunday sharoitda, ayrim 
hollarda bo‘lganidek, “Baxtash – tavakkal”, “Yo – ustidan, yo – ostidan”, “Shuni 
ham  o‘ylab  o‘tira-mizmi?”  yoki  “O‘ychi  o‘yini  o‘ylaguncha,  tavakkalchi  ishini 
bitiradi” tarzida ish tutib  bo‘lmaydi.  Shunday  qilinsa,  hatto  “og‘zimizdagi  tayyor 
oshimiz”dan ham ajralib qolishimiz hech gap emas.  
Har  bir  yangi  moliyaviy  instrumentning  paydo  bo‘lishi  bilan  axborot 
olishning  yangi  imkoniyatlari  yuzaga  keladi.  Masalan,  1973  yildan  birja-larda 
opsionlarga  standartlashtirilgan  savdo  shartnomalari  qo‘llanilishi  boshlangandan 
so‘ng,  son  jihatidan  axborotning  hajmi  turli  moliyaviy  va  iqtisodiy 
operatsiyalarning  risklilik  darajasiga  nisbatan  keskin  oshib  ketdi.  Bunday 
ma’lumotlar riskni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda juda 
muhim.   
   

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish