“Moliya” kafedrasi


 Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)
 
Moliyaviy  tizim  risklarni  boshqarish  (riskiy  boshqaruv)  uchun  imko-
niyatlarni  vujudga  keltiradi.  Pul  resurslarini  moliyaviy  tizim  yordamida  ko‘chirib 
o‘tkazishga  o‘xshab,  risk  ham  ko‘chirib  o‘tkaziladi.  Moliyaviy  tizimda 
vositachilar, masalan, riskni ko‘chirish bilan bog‘liq faoliyatga ixtisos-lashtirilgan 
sug‘urta  kompaniyalari  mavjud.  Bu  kompaniyalar  o‘zlarining  risklilik  darajasini 
kamaytirishni  xoxlovchi  mijozlardan  maxsus  sug‘urta  pullarini  undiradilar  va 
ularni ma’lum bir mukofot evaziga sug‘urta talablarini to‘lashga va riskni bo‘yniga 
olishga rozilik beradigan investorlarga beradilar. 
Ko‘pincha  kapital  va  risk  birgalikda  (o‘zaro)  bog‘liq  bo‘lib,  bir  vaqtning 
o‘zida  moliyaviy  tizim  yordamida  o‘tkaziladi  (ko‘chiriladi).  Buning  natijasida 
moliyaviy oqim risk oqimini ham tavsiflaydi. Keling, buni korxonalar moliyasi va 
ularning riskni o‘tka-zishi (ko‘chirishi) misolida ko‘rib chiqamiz. 
Faraz qiling, Siz biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldingiz va buning uchun 
Sizga  100,0  mln.so‘mlik  kapital  kerak.  Modomiki,  Sizda  shaxsiy  jamg‘armalar 
yo‘q ekan, Siz defitsit iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror-
bir  xususiy  investorni  (erkin  mablag‘larga  ega  bo‘lgan  iqtisodiy  birlik) 
aksiyalaringizni  sotib  olish  hisobiga  Sizga  70,0  mln.  so‘mlik  kapital  ajratishiga 
ko‘ndirishga  muvaffaq  bo‘ldingiz.  Buning  uchun  Siz  unga  korxona  foydasining, 
aytaylik, 75%ini to‘lash majbu-riyatini olasiz. Bundan tashqari, Siz bankdan yillik 
6%  ustama  haq  bilan  30,0  mln.  so‘mlik  kredit  olishga  erishdingiz.    100,0  mln. 
so‘m  miqdoridagi  umumiy  oqim  boshqa  manbalardan  Siz  tomonga  kelayotgan 
moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan. 
Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda riskni kim 
o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?. Axir, hayot – tasodiflarga boy. Uning bundan xoli 
bo‘lishiga hech kim kafolat beraolmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati 
davomida  faqat  muvaffaqiyatga  erishadi.  Uning  peshonasiga  muvaffaqiyatsizlik 
yozilmagan.  Bunga  men  kafilman!”,  -  deydi-gan  “mard”  hayotda  uchramaydi. 
Unday “mard”ni kunduzi chiroq yoqib qidir-sangiz ham topaolmaysiz. 
Shu  sababli,  ushbu  misolda  asosiy  riskni  Sizning  aksiyadoringiz  o‘z 
bo‘yniga  oladi.  Zero,  korxona  inqirozga  yuz  tutsa,  u  o‘zining  70,0  mln.  so‘mini 
qaytarib  ololmaydi.  Biroq,  bankning  harakatlarida  ham  ma’lum  bir  risklilik 
darajasi  (riskiy  daraja)  mavjud  bo‘lishi  mumkin.  Bu  quyidagicha  izohlanadi:  Siz 
inqirozga  yuz  tutgan  holda,  bank  ham  qarzning  asosiy  summasi  va  uning  foizini 
to‘lig‘icha  ololmasligi  mumkin.  Masalan,  faraz  qilaylik,  yilning  oxirida 
biznesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu holatda investor o‘zi 
investitsiya qilgan hamma summani yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 30,0 
mln. so‘mdan 10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun, kreditorlar aksiyadorlar 
bilan  bir  qatorda  xususiy  firma  faoliyati  riskining  ma’lum  bir  qismini  o‘z 
zimmasiga oladi.  
Garchi  kapital  va  risk  ko‘pincha  birlashib  ketsa-da,  ular  bo‘linishi  ham 
mumkin.  Biznes  qilish  uchun  30,0  mln.  so‘m  miqdoridagi  qarz  olish  misolida 
shunday vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz 
tomondan  qaytarilishiga  kafolat  bera  oladigan  yaqin  qarindoshla-ringizdan  birini 


40 
 
olib  kelishingizni  talab  qilyapti.  Ushbu  talabni  taklif  etgan  holda  bank  Siz 
tomondan  kredit  shartnomasi  shartlarining  baja-rilmay  qolishi  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda bank Sizga 30,0 mln. 
so‘m  miqdoridagi  kreditni  o‘zi  uchun  eng  kam  risk  bilan  taqdim  etadi.  Qarz 
bo‘yicha asosiy risk esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi.  
Tobora  ishonch  hosil  qila  borganimizdek,  moliya  olamidagi  ko‘plab 
moliyaviy  shartnomalar  pul  resurslarini  ko‘chirmasdan  turib  riskni  ko‘chirishni 
nazarda  tutadi.  Bu,  masalan,  aksariyat  sug‘urta  shartnomalari  va  kafolatlarga 
tegishlidir.  Shuningdek,  bularga  fyuchers,  opsion  va  svoplar  kabi  hosila 
instrumentlar ham kiradi. 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish