“Moliya” kafedrasi


  Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

4.  Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok 
ulushining bo‘linishi 
5.  Moliyaviy  tizim  tomonidan  informatsion  qo‘llab-quvvatlash  (axborot 
ko‘magi) 
6.  Moliyaviy 
tizim 
yordamida 
stimullashtirishning 
psixologik 
muammolarini yechish 
1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda 
aylanib yurishi 
 
Turli 
mamlakatlar 
moliyaviy 
institut 
(muassasa)lari 
bir-biridan 
farqlanishining  bir  qator  sabablari  mavjud.  Ular  qatoriga  har  xil  o‘lchamlar, 
texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning 
siyosiy,  madaniy  va  tarixiy  rivojlanishidagi  farqlar  kiradi.  Bundan  tashqari, 
moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga 
o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan 
oldingiday  qolishiga  qara-masdan,  juda  kuchli  o‘zgarishi  mumkin.  AQShdagi 
zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan 
katta  farq  qiladi  va  shuningdek,  Germaniya  yoki  Buyuk  Britaniyada  banklar  deb 
nomlanadigan  institutlardan  ham  juda  ko‘p  farqlanadi.  Sho‘rolar  davrida 
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham 
juda  katta  farqlar  mavjud.  Mazkur  bo‘limda  biz  turli  mamlakatlarning  moliyaviy 
institut  (muassasa)lari  nimaga  va  qanday  bir-biridan  farq  qilishini  hamda  vaqt 
o‘tishi  bilan  o‘zgarishini  Sizlarning  yaxshiroq  tushunishingizga  imkon  beradigan 
ko‘p  narsani  o‘z  ichiga  olgan  konseptual  tuzilma  (yondoshuv)ni  ishlab  chiqishga 
harakat qilamiz.  
Foydalanilayotgan  yondoshuvning  asosi  shuki,  mo‘ljal  sifatida  moliya-viy 
institut  (muassasa)larning  o‘z-o‘zlari  emas,  balki  ularning  funksiya-lari  olingan. 
Tahlilning  bunday  uslubini  biz  funksional  yondoshuv  deb  atadik  (functional 
perspective). U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan: 
• moliyaviy  tizim  funksiyalari  uning  institut  (muassasa)lariga  qaraganda 
ko‘proq  barqarorlik  xarakteriga  ega.  Bu  funksiyalar  vaqtning  oqimi  (o‘tishi)ga 
bog‘liq  ravishda  kamroq  darajada  o‘zgaradi  va  mamlakatdan  mamlakatga  uncha 
katta farqlanmaydi.  
• moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya-laridan 
kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-
oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.  
Moliyaviy  resurslarning  samarali  taqsimlanishidan  iborat  moliyaviy  tizim 
bosh  funksiyasi  tahliliga  asosan,  tahlilning  ko‘proq  umumiy  dara-jasida  bu 
tizimning  quyidagi  oltita  bazaviy  (tub)  yoki  muhim  funksiyalari  to‘g‘risida 
gapirish mumkin (5.1-rasm). 
 
 
 
 


37 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5.1-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari 
 Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi: 
•  iqtisodiy  resurslarning  vaqt  (davr)  bo‘ylab  (bo‘yicha),  davlat  chega-rasi 
orqali  va  iqtisodiyotning  bir  tarmog‘idan  boshqasiga  o‘tish  (joyini  o‘zgartirish) 
usulini ta’minlash; 
• riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash; 
•  savdoga  imkon  yaratadigan  hisob-kitobni  amalga  oshirish  va  kliring 
usullarini ta’minlash; 
•  moliyaviy  resurslarni  birlashtirish  va  turli  korxonalarda  egalik-ning 
bo‘linishi mexanizmini ta’minlash; 
•  iqtisodiyotning  turli  tarmoqlarida  qaror  qabul  qilishning  markaz-
lashtirilmagan  jarayonini  muvofiqlashtirish  imkonini  beradigan  narx-navo  (baho) 
axboroti bilan ta’minlash;  
• stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash. 
 Bu  muammolar  bitim  ishtirokchilaridan  biri  boshqasi  bilmagan  axborotga 
egalik qilganda yoki ishtirokchilardan biri ikkinchisi nomidan agent (komissioner) 
sifatida ish ko‘radigan vaziyatlarda yuzaga keladi. 
Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida yuqorida sanab o‘tilgan moliyaviy tizim 
barcha funksiyalarining to‘liqroq tushunchasini berishga va ularning xarakteri vaqt 
(davr, zamon) o‘zgarishi bilan qay tartibda o‘zgarib borishini ko‘rsatishga harakat 
qilamiz.  
Moliyaviy  tizim  iqtisodiy  resurslarning  vaqt  (davr,  zamon)  bo‘ylab 
(bo‘yicha), geografik hududning biridan boshqasiga, shuningdek, iqtisodi-yotning 
bir tarmog‘idan boshqasiga (o‘tish) joyini o‘zgartirish usulini ta’minlaydi.  
Ko‘p  hollarda  moliyaviy  oqimlar  harakati    jismoniy  yoki  yuridik  shaxs 
bugungi kunda o‘zining mablag‘ini boshqa shaxsga kelgusida o‘rniga o‘rin boshqa 
mablag‘ni olish uchun, va aksincha, berishiga asoslangan. Talabalarga qarzlar, uy 
sotib  olish  qarzlari,  jamg‘arilgan  pensiya  va  ishlab  chiqarish  quvvatiga  kapital 
qo‘yilmalar  –  ushbu  barcha  operatsiyalar  resurslarni  vaqt  (davr,  zamon)ning  bir 
nuqtasidan  boshqasiga  o‘tishi  (joylashuvi)ga  olib  keladi.  Ushbu  kabi  vaqt  (davr, 
Resurslarni vaqt (zamon) va 
makonda joylashtirish
 
Riskni boshqarish 
(riskiy boshqaruv) 
 
Hisob-kitob- 
to’lov tizimi
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish