“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

2-nazorat uchun savol 
        Moliyaviy tizim yordamida riskni ko‘chirishga misol keltiring.  
 
3.  Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish. 
 
Moliyaviy  tizim  kliring  operatsiyalarini  amalga  oshirish  hamda  tovarlar, 
xizmatlar  va  aktivlar  almashinuvini  rag‘batlantiruvchi  usullar  bilan  to‘lovlarni 
amalga oshirishga imkon (yordam) beradi.  
Moliyaviy  tizimning eng  muhim  funksiyalaridan  biri  odamlar  va  firmalarni 
tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida to‘lovlarni amalga oshirishning samarali 
usuli bilan ta’minlanishini o‘z ichiga oladi. Faraz qilaylik, Siz AQShda yashaysiz. 
Dunyo  bo‘ylab  turistik  sayohatni  reja-lashtiryapsiz  va  bunda  5000  dollar  barcha 
turistik xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘ladi, deb hisoblayapsiz. Pulni o‘zingiz 
bilan  qaysi  shaklda  olishingiz  lozim?  Siz  boshqa  mamlakatlarda  tovarlar  va 
xizmatlarga to‘lovni qay tarzda amalga oshirasiz?  
Ko‘pgina  xorijiy  mehmonxonalar,  yoshlar  yotoqxonalari  va  restoranlar, 
lekin hammasi ham emas,  to‘lov vositasi sifatida AQSh dollarini qabul qiladilar. 
Bu  o‘rinda,  albatta,  kredit  kartochkasidan  foydalanish  mumkin.  Biroq,  jahondagi 
Siz borib ko‘rgingiz kelgan ayrim mamlakatlarda ularni qabul qilishmaydi. Sizga 
yo‘l  cheklarini  sotib  olish  kerakmi?  Agar  kerak  bo‘lsa,  unda  qaysi  valyutada? 
Ushbu  barcha  savollarga  javob  berishga  uringan  holda,  Siz  balki,  barcha 
mamlakatlardagi hamma sotuvchilar bir xil to‘lov vositalaridan foydalanganlarida 
juda qulay bo‘lishini qayta-qayta  o‘ylashingiz (istashingiz), tabiiy. 
Endi  yuqorida  tasvirlangan  vaziyatning  o‘rniga  quyidagilarni  tasav-vur 
qiling: Siz hukumati o‘zining fuqarolariga xorijiy valyuta operatsiya-larini cheklab 
qo‘yuvchi  davlatda  yashovchi  boy  odamsiz  va  Siz  ham  dunyo  bo‘ylab  sayohat 
qilishga  qaror  qildingiz.  Bunda  Siz  o‘z  mamlakatingizda  milliy  valyutadan 
foydalangan  holda  xohlagan  narsangizni  sotib  oli-shingiz  mumkin.  Biroq  uning 
tashqarisida  uni  (Sizning  milliy  valyu-tangizni)  to‘lov  vositasi  sifatida  hech  kim 
qabul  qilmaydi.  Sizning  davlatingizdagi  xorijiy  valyutaning  defitsitli  ekanligi 
hukumatni  o‘zining  fuqarolariga  xorijiy  valyutani  sotib  olish  yoki  xorijdan  qarz 
olishini  ta’qiqlab  qo‘yishiga  majbur  qiladi.  Bunday  vaziyatda  Siz  nima  qilgan 
bo‘lardingiz? 


41 
 
Bunday  vaziyatda  qo‘llanilishi  lozim  bo‘lgan  imkoniyatlardan  biri,  u 
qanchalik noqulay bo‘lmasin, quyidagicha: vataningizda qimmatbaho va tashishga 
qulay bo‘lgan tovarlar sotib oling. Ularni o‘rab-chirmab, o‘zingiz bilan olib chiqib 
keting  va  xorijda  ovqat  sotib  olish  va  yashash  uchun  ishlatishga  harakat  qiling. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  barter,  ya’ni  pul  mablag‘laridan  foydalanmagan  holda 
tovar ayirboshlashdan foydalaning. Bu o‘rinda dunyoni ko‘rish uchun bu eng qulay 
usul  emasligini  aytishning  hojati  ham  yo‘q.  Zero,  Siz  o‘zingiz  bilan  katta  bagaj 
olib  yurishga  hamda  bor  vaqtingiz  va  kuchingizni  muzey  va  teatrlarni  tomosha 
qilishga  emas,  balki  mehmonxona  yoki  tushlik  uchun  to‘lov  sifatida  Siz 
tomoningizdan taqdim etiladigan ayrim qimmatbaho narsalarni qabul qilishga rozi 
bo‘ladigan restoran yoki mehmonxonani qidirishga sarflashingiz aniq.  
Ushbu  misoldan  ko‘rinib  turibdiki,  moliyaviy  tizimning  muhim 
funksiyalaridan biri uy xo‘jaligi va firmalarga u yoki bu tovar va xizmatlarni sotib 
olishga  ortiqcha  ko‘p  vaqt  sarflashga  yo‘l  qo‘ymaydigan  samarali  to‘lov  tizimi 
faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. To‘lov vositasi bo‘lgan oltinni qog‘oz pullarga 
almashtirish to‘lov tizimi samaradorligini oshirish misollaridan biri bo‘lib xizmat 
qilishi  mumkin.  Bizning  davrda  oltin  tibbiyotda  va  zargarlik  ishlarida 
foydalaniladigan  defitsit  resurs  bo‘lib,  qog‘oz  pullar  esa  asosiy  to‘lov  vositasi 
hisoblanadi. Oltinga nisbatan qog‘oz pulning haqiqiyligini tekshirish oson (ularni 
soxta-lashtirish  qiyinroq)  va  ulardan  turmushda  foydalanish,  masalan,  cho‘ntakda 
olib yurish ancha qulay. Bundan tashqari, pulni bosmadan chiqarish (nashr etish) – 
bu  qazib  olish,  qayta  eritish  va  oltin  tangani  zarb  qilishdan  anchagina  arzon 
jarayon. To‘lovlarni amalga oshirishning alternativ
36
 vositalari: cheklar, kredit yoki 
plastik  kartochkalari  va  elektron  to‘lov  tizimlari  paydo  bo‘lishi  natijasida  hisob-
kitobni amalga oshirishning samaradorligi yanada oshdi.  
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish