“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

2. Moliyaviy bozorlar 
 
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy 
qismlar birligi sifatida tasavvur qilish mumkin (6.1-rasm). 
 
 
 
 
                                                           
51
 «Federal» lotincha «federalis» - ittifoq, uyushmaga oid. Qarang: o‘sha manba. J. IV. –B.338. 


54 
 
 
 
 
 
 
6.1-rasm. Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi 
Eng sodda tarzda  aytiladigan bo‘lsa,  moliyaviy  bozorda  moliyaviy  aktivlar 
sotiladi  va  sotib  olinadi.  O‘z  navbatida,  qarz  majburiyatlari  (debt),  aksiyalar 
(equity)  va  hosila  qimmatli  qog‘ozlar  (derivatives)  moliyaviy  aktivlarning  asosiy 
turlaridan  bo‘lib  hisoblanadi.  Qarz  instrumentlari  pulni  qarzga  oluvchi  hamma  – 
firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, 
qarz  majburiyatlari bozorida korporativ  va  davlat  obligatsiyalari, uy-joy  va  tijorat 
garovlari,  shuningdek  iste’mol  qarzlari  kabi  aktivlar  bilan  savdo  qilinadi.  Qarz 
instrumentlarini  yana  qayd  qilingan  daromad  instrumenti  (fixed-income 
instruments)  deb  ham  atashadi.  Zero,  ular  bo‘yicha  kelgusida  qayd  qilingan 
summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar deb 
atash ham mumkin.  
Qarz  instrumentlari,  shuningdek,  qarzni  uzish  muddati  (maturity)  asosida 
ham  klassifikatsiyalanadi.  Qisqa  muddatli  (qarz  uzish  muddati  bir  yildan  kam 
bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori pul bozori (money market)  nomiga ega. Uzoq 
muddatli  qarz  majburiyatlari  va  aksiyalar  bozori  esa  kapital  bozori  (capital 
market) deb nomlanadi. 
Pul  bozorida,  asosan,  yo  xususiy  sektorning  ishonchli  qarz  oluvchilari 
tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat 
tomonidan  (masalan,  g‘aznachilik  vekseli)  chiqarilgan  foizli  qimmatli  qog‘ozlar 
kabi instrumentlar aylanadi. 
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya
52
 va likvidlik (liquidity) 
o‘ziga  xos  xarakterga  ega.  Aktivning  likvidlik  darajasi  uni  pulga  konvertatsiya 
qilinish jarayonining oddiyligi, xarajatlari
 
va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi. 
Aksiya  –  bu  firma  mulkdorlari  tomonidan  uning  aktivlari  qismiga 
qo‘yiladigan  talabdir.  Korporatsiya  kapitali  ulushiga  egalik  qilishdan  dalolat 
beradigan  qimmatli  qog‘ozlar  AQShda  oddiy  aksiyalar  (common  stocks),  Buyuk 
Britaniyada  aksiyalar  (shares)  deb  ataladi.  Aksiyani  sotib  olish  va  sotish  fond 
bozorida  (stock  market)  amalga  oshiriladi.  Har  bir  oddiy  aksiya  boshqa 
aksiyadorlar  bilan  firmaning  mulkidagi  qismda  (yoki  ulushda)  baravarligini 
bildiradi. 
                                                           
52
  «Integratsiya»  lotincha  «integratio»  -  tiklash,  qaytadan  boshlash,  to‘ldirish.  1.  Ayrim  qismlarning, 
elementlarning  bog‘liqlik  holatini,  ularni  qo‘shib  birlashtirishni  ifodalovchi  tushuncha.  2.  Yaqinlashish  va  o‘zaro 
bog‘lanish  jarayoni. 3.  Ikki  yoki  undan  ortiq  davlatlarning  iqtisodiyotini  o‘zaro  muvofiqlashtirish  va  birlashtirish. 
Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.216. 
Moliyaviy bozorlar 
Pul 
bozori 
Kapital bozori 
Fond 
 bozori 
 
Valyuta 
 bozori
 


55 
 
Oddiy  vaziyatlarda  har  bir  aksiyaga  bir  xil  miqdordagi  foyda  va 
korporatsiyani boshqarish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bitta ovoz 
berish  huquqi  to‘g‘ri  keladi.  Biroq,  ayrim  korporatsiyalar  muomalaga  oddiy 
aksiyalarning  ikki  toifasini  chiqaradilar.  Ulardan  biri  aksiyadorga  ovoz  berish 
huquqini beradi, boshqasi esa bermaydi.  
Oddiy  aksiyalar  korporatsiya  aktivlariga  qoldiq  talablarni  (residual  claim) 
ifodalaydi. Bunday aksiya egalari firmaning, u tomonidan barcha qolgan moliyaviy 
majburiyatlarni  bajarganidan  so‘ng  qolgan  istalgan  aktivlariga  huquqi  bor. 
Masalan, agar firma biznesni to‘xtatishga qaror qilsa va o‘zining barcha aktivlarini 
sotayotgan bo‘lsa, u holda oddiy aksiya-larga egalik qiluvchi barcha aksiyadorlar, 
barcha  kreditorlarga  tegishli  bo‘lgan  summalar  to‘lab  bo‘lingandan  keyin  nima 
qolsa (yoki nimadir qolsa) hammasini o‘zaro bo‘lishib oladilar. 
Oddiy  aksiyalar  unga  egalik  qiluvchining  cheklangan  mas’uliyati  (limited 
liability) bilan tavsiflanadi. Bu, agar firma yopilayotgan bo‘lsa, va uning aktivlarini 
sotishdan tushgan daromad uning hamma qarzlarini yopishga yetmayotgan bo‘lsa, 
unda kreditorlar aksionerlardan qarz majbu-riyatlari bilan to‘liq hisob-kitob qilish 
uchun  qo‘shimcha  mablag‘  talab  qilish  huquqiga  ega  emasliklarini  anglatadi.  Bu 
yerda  kreditorlarning  korpo-ratsiyaga  talablari  uning  aktivlariga  bo‘lgan  talablari 
bilan cheklanib qoladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish