2-nazorat uchun savol
Oxirgi gazetalarning moliyaviy axborotlari bo‘lgan betlarini ko‘ring.
Bugungi kunda AQSh G‘aznachiligi qimmatli qog‘ozlarining daromaddorlik egri
chizig‘i qanday darajada va shaklda ekanligini tekshiring. Ularni Yaponiya
G‘aznachiligi qimmatli qog‘ozlarining daromaddorlik egri chizig‘i bilan
solishtiring.
Foiz stavkasiga to‘lanmaslik riskining ta’siri. Belgilangan daromadli
instrument (vosita)lar bo‘yicha to‘lanmaslik riski qanchalik yuqori bo‘lsa, hatto
boshqa barcha ko‘rsatkichlar o‘zgarishsiz qolganda ham, ushbu instrument
(vosita)larning foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. 7.1-jadvalda qarz oluvchilar
tomonidan chiqarilgan va o‘z qarzlari bo‘yicha noto‘lovlarning turli darajadagi
risklari bilan xarakterlanuvchi dollar nominalidagi xilma-xil foiz stavkalari
keltirilgan.
7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |