“Moliya” kafedrasi


Foiz  stavkasiga  hisob-kitob  pul  birligining  ta’siri



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

Foiz  stavkasiga  hisob-kitob  pul  birligining  ta’siri.  Qayd  qilingan 
daromadga ega bo‘lgan instrument (vosita) faqatgina aniq hisob-kitob pul birligiga 
muvofiq  risksiz,  ishonchli  hisoblanadi.  Uning  o‘zgarishi  bilan  foiz  stavkasi  ham 
nihoyatda  jiddiy  ravishda  o‘zgarib  ketishi  mumkin.  Keling,  bu  hodisani  aniqroq 
tushuntirish  uchun,  nominallari  turli  xil  valyutalarda  ko‘rsatilgan  obligatsiyalarni 
ko‘rib chiqamiz.  
Faraz  qilaylik,  Britaniya  Qo‘shma  Qirolliklarining  davlat  obliga-tsiyalari 
bo‘yicha  foiz  stavkalari  Yaponiyaning  davlat  obligatsiyalariga  qaraganda  ancha 
yuqori va ular taxminan bir xil qoplash muddatiga ega. Mazkur toifa obligatsiyalari 
to‘lanmay  qolish  riskidan  ozod  ekanligi  inobatga  olingan  holda,  mazkur  shartlar 
barcha  investorlar  Qo‘shma  Qirolliklarning  obligatsiyalarini  afzalroq  ko‘rishiga 
olib kelmaydimi?  
Mazkur  holatda  javob  salbiy  bo‘ladi.  Chunki  ushbu  obligatsiyalarning 
nominallari  turli  valyutalarda:  Qo‘shma  Qirollik  obligatsiyalari  –  funt  sterlingda, 
Yaponiyaniki  esa  –  iyenda  aks  ettirilgan.  Ikki  mamlakatning  mazkur  toifa  (klass) 
obligatsiyalari  ishonchli  daromadlilik  stavkasini  ushbu  mamlakatlar  valyutasida 
taklif  etishiga  qaramasdan,  daromadlilik  stavkasi  har  qanday  boshqa  valyutada 
noaniq  bo‘ladi,  chunki  u  kelajakda  to‘lovni  olish  paytida  ushbu  ikki  valyutaning 
almashish kursiga bog‘liqdir. 
Keling,  bu  fikrga  aniq  misol  keltiramiz.  Faraz  qiling,  Siz  ma’lum  bir 
mablag‘ni bir  yil  muddatga investitsiya  qilishga  qaror qildingiz.  Yaponiya  davlat 
obligatsiyalari bo‘yicha yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari 
bo‘yicha  esa  9%ni  tashkil  etadi.    Boshqa  valyutaga  nisbatan  bir  valyutaning 
bahosini  o‘z  ichiga  olgan  valyuta  kursi  (exchange  rate),  1  funt  sterling  150 
iyenaga teng. 
Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga 
investitsiya  qilmoqchi  bo‘lgan  yapon  investori  hisoblanasiz.  Yapon 
obligatsiyalarini  sotib  olib,  Siz  o‘zingizga  3%lik  daromadni  kafolat-laysiz.  Agar 
Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir 
yil  o‘tgandan  keyin  iyena  va  funt  sterlingning  almashuv  kursi  qanday  bo‘lishiga 
bog‘liq bo‘ladi.  
Faraz    qilaylik,  Siz  100  funt  sterlingga  Birlashgan  Qirollikning 
obligatsiyalarini sotib olishga qaror qildingiz. Buni qilish uchun, Siz 15000 iyenni 
funt  sterlingga  konvertatsiya  qilishingiz  lozim  bo‘ladi,  ya’ni  Sizning  dastlabki 
sarflaydigan  mablag‘ingiz  15  000  iyenni  tashkil  etadi.  Birlashgan  Qirollik 
obligatsiyalarining  foiz  stavkasi  9%  teng  bo‘lganligi  uchun  bir  yildan  so‘ng  Siz 
109  funt  sterlingni  olasiz.  Biroq  bu  pul  miqdorining  iyenga  o‘girilgan  narxini 
oldindan  bilish  imkoniyati  yo‘q.  Sababi:  kelajakda  valyuta  kursining  qanday 
bo‘lishini hech kim bilmaydi. 
Shunday  qilib,  mazkur  operatsiya  natijasida  olingan  real  daromad-lilik 
stavkasi quyidagicha bo‘ladi: 
 


58 
 
D
s(iyen) 
  = (109 funt sterling X iyendagi kelajak funt  
                  sterling kursi – 15 000 iyen) : 15 000 iyen 
 
Bu yerda:  
                D
s(iyen) 
 - daromadlilik stavkasi (iyen) 
 
Tasavvur  qilaylik,  bir  yilda  funt  sterling  kursi  tushib  ketdi  va  bir  funt  140 
iyenni  tashkil  etdi.  Bunday  holatda  Birlashgan  Qirollik  obligatsiyalari  bo‘yicha 
iyendagi  daromadlilik  stavkasi  qanday  bo‘ladi?  Yangi  ma’lumotlarni  yuqoridagi 
tenglamaga qo‘yib, quyidagilarni olamiz: 
 
        D
s(iyen) 
  =    (109 funt sterling X 140 iyen/funt sterling – 15 000 
                               iyen) : 15 000 iyen = 0,017333. 
 
Bu yerda:  
                D
s(iyen) 
 - daromadlilik stavkasi (iyen) 
 
            
Shunday qilib, Sizning real daromad stavkangiz 1,73%ni tashkil etadi. Bu esa 
Siz  aynan  shunday  qaytarish  muddati  bilan  yapon  obliga-tsiyalarini  sotib  olish 
orqali olishingiz mumkin bo‘lgan 3%dan kamroqdir. 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish