“Moliya” kafedrasi


Investorning  xarajatlar  darajasi  nuqtai  nazaridan  indekslash-tirish



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

Investorning  xarajatlar  darajasi  nuqtai  nazaridan  indekslash-tirish 
strategiyasining  ustunligi  (afzalligi).  1926  yildan  buyon  AQSh  fond  bozori 
investorlar uchun investitsiya qilingan kapitalga yillik o‘rtacha daromadlilikni 12% 
miqdorida ta’minlab kelmoqda. Biroq bu raqamlar quyidagi ko‘rinishda namoyon 
bo‘ladigan xarajatlarni hisobga olmaydi: 

 
fond  xarajatlari  (fond  boshqaruvchisiga  to‘lov,  fond  to‘g‘risida  axborot 
tarqatish uchun yig‘imlar va joriy xarajatlar); 

 
qimmatli  qog‘ozlar  portfeli  bilan  operatsiyalar  bo‘yicha  xarajatlar  (amalga 
oshirilgan bitim uchun broker xizmatlari to‘lovi va boshqa tijoriy xarajatlar). 
Keng  tarqalgan  aksiyalarga  mablag‘larni  qo‘ygan  fondda  fond  xarajat-
liligining  o‘rtacha  yillik  koeffitsenti  (fond  xarajatlarining  investi-tsiyalar  umumiy 
summasiga  nisbati  ko‘rsatkichi)  1,4%ga  teng.  Shuningdek,  mazkur  an’anaviy 
birgalikdagi  fondlarning  menejerlari,  odatda  port-felni  boshqarishda  yuqori 
darajadagi  aktivliklari  bilan  tavsifla-nadilar.  Upper  Analytical  Services,  Inc. 
ma’lumotlariga  ko‘ra,  aktivlarning  o‘rtacha  aylanuvchanlik  (aylanib  turish) 
koeffitsiyenti yillik 76%ni tashkil etadi. Bunday aylanuvchanlik (aylanib turish)da 
savdo  xarajatlari  fond  xarajatlariga  yillik  0,5%dan  1%gacha  qo‘shishi  mumkin. 
Umumlashtirgan holda fond xarajatlari va savdo xarajatlari oddiy fondda investor 
daromadining  sezilarli  qismini  oladi.  Savdo  operatsiyalaridan  komission 
to‘lovlarni oladigan fondlar ham foydani yanada kamaytiradi. 
Aynan  kam  xarajatlar  indekslashtirish  strategiyasiga  asoslangan  fondlarning 
asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi. Bunday fondlarda boshqaruv uchun minimal 
komission  to‘lovlar  olinadi.  Joriy  xarajatlar  unchalik  katta  bo‘lmay,  portfel 
operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar minimal bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, aktiv 
boshqaruvli  fondlardagiga  qara-ganda  indekslashtirish  strategiyali  fond  portfelida 
aksiyalar  aylanishi  ancha-muncha  sustroq  bo‘lganligi  bois,  shunday  kuchli 
                                                           
55
  “Passiv”  lotincha  “passivus”  –  harakatsiz.  1.  Korxona  va  tashkilotlarning  barcha  qarzlari  va  majburiyatlari. 
Qarang:  o‘sha  yerda.  –  B.233.  Shunday  bo‘lsa-da,  bu  yerda  “passiv”  so‘zi,  asosan,  “sust”  ma’nosida 
ishlatilayotganligini qayd etib o‘tish joiz. 


64 
 
tendensiya (ammo aslo kafolat emas) mavjudki, bunday fondlar kapital o‘sishidan 
juda  kam  daromadni  aksiyadorlar  o‘rtasida  taqsimlab  o‘tkazadilar  (agar  umuman 
shunday  qilsalar).  Bu  o‘tkazmalar  soliqqa  tortilishi  sababli,  shu  kabi  to‘lovlarni 
o‘tkazishning  uzoq  muddatga  kechiktirilishi  berilgan  vaziyatda  indekslashtirilgan 
fondlarning aniq ustunligi hisoblanadi. 
Vaqt o‘tishi bilan ma’lum bir birja indekslari asosan keng tarqalgan aksiyalar 
bilan  ishlaydigan  fond  ko‘rsatkichlarini  quvib  o‘tdilar.  Quyida  keltirilgan  7.3-
jadvalda  Wilshire  5000  indeksi  yordamida  o‘lchangan  umumiy  daromadlilik  va 
asosan  keng  tarqalgan  aksiyalar  bilan  ishlaydigan  va  aktiv  investitsiya 
strategiyasiga asoslangan fondlarning ko‘rsatkichlari solishtirilgan. 
7.3-jadval 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish