“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet37/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan shu bilan u korxonaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladigan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt oralig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng gullab-yashnayotgan korxona ham pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir moliyaviy ahvolda qolishi mumkin. Agar korxona boshqaruvchilari va boshqa manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari va kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Masalan, ko‘pincha, tez o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firmalarga pul resurslari yetishmaydi. Demak, ularda o‘zlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin.
Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, korxonada shu ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni
baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning normativ muddatlariga bog‘liq.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar firmada qabul qilingan hisob siyosatiga bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki hisobot o‘rtasidagi farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada ta’sir qilishini aniqlashi mumkin.
Keling, buni 5-jadvalda keltirilgan “XYZ” korxonasining 2019-yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib chiqamiz.
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar:

  1. operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat;

  2. investitsion faoliyat;

  3. moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari kirimi va chiqimi ko‘rsatadi.

Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga harakat qilaylik.
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ” korxonasining 2019-yilda operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi?
    1. jadval “XYZ” korxonasining 2019-yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish