“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari



Download 6,94 Mb.
bet33/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

REJA:
    1. Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari.

    2. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq.
    3. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari.

      1. Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari

Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (12-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki, eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali
bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o’tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo’lgani to’g’risida ma’lumot berish
Firma egalari va kreditorlariga kompaniya faoliyati samaradorligining asosiy reja ko’rsat- kichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish

Qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanish





12-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari

Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor shaxslarni korxona faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday maqsad bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi firma egalari va kreditorlariga korxona faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi korxona samarador-ligining rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi, qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
O‘z korxonalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risida

dastlabki hisobotlar, balans va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlar ekanlar, menejerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nazorat qilishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan umumiy ehtiyojini aniqlashlari kerak. Rejalashtirish jarayonida ushbu standart moliyaviy hisobotlar boshqa shablonlarga almashtirilishi mumkin. Ammo, standart hujjatlar – moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning asosiy afzalligi shundaki, ular bilan ishlaydiganlar, odatda, professional tayyorgarligi va maxsus ma’lumotga ega bo‘lganliklari tufayli mazkur hujjatlar bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.
Moliyaviy hisobotlarning, asosan, uchta turiga bo’linadi(13-rasm).
Moliyaviy hisobotlarning uchta turi nimadan iboratligini aniq tushuntirib berish uchun, misol tariqasida, “XYZ” korxonasiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanamiz. Aytaylik, “XYZ” - bu 10 yil avval tashkil etilgan korxona. U kundalik ehtiyoj mollari ishlab chiqarish va ularni sotish bilan shug‘ullanadi.
Keyingi o‘rinlarida navbatma-navbat keltirilgan jadvallarda “XYZ” korxonasining balansi, bu korxona faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti va uning pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti keltirilgan. Ular dunyo taraqqiy etgan mamlakat-larining har qanday ishlab chiqarish korxonasi uchun xos. Quyida moliyaviy hisobotlarning har bir turi bilan batafsilroq tanishib chiqishni taklif etamiz.


Moliyaviy hisobot turlari




Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish