“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet35/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Aktivlar

2018

2019

O‘zgarish

Aylanma (joriy) aktivlar

Pul mablag‘lari va bozor (qisqa muddatli)
qimmatli qog‘ozlari

100,0

120,0

20,0

Debitorlik qarzlari

50,0

60,0

10,0

Tovar-moddiy zaxiralar

150,0

180,0

30,0

Jami aylanma aktivlar

300,0

360,0

60,0

Asosiy vositalar

400,0

490,0

90,0

Hisoblangan eskirish

100,0

130,0

30,0

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati

300,0

360,0

60,0

Jami aktivlar

600,0

720,0

120,0

Majburiyatlar va xususiy kapital

Kreditorlik qarzlari

60,0

72,0

12,0

Banklarning qisqa muddatli kreditlari

90,0

184,6

94,6

Jami qisqa muddatli majburiyatlar

150,0

256,6

106,6

Uzoq muddatli majburiyatlar (to‘lash muddati 2022-yilga belgilangan 8%li obligatsiyalar)

150,0

150,0

0,0

Taqsimlanmagan daromad

100,0

113,4

13,4

Kapitalning to‘langan qismi

200,0

200,0

0,0

Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 1 mln.
aksiya)

300,0

313,4

13,4

Jami majburiyatlar

600,0

720,0

120,0

Ma’lumot uchun: Oddiy aksiyalarning bozor
kursi, so‘mda

200,0

187,2

-12,8

Balansning birinchi qismida firma aktivlari, uning joriy aktivlaridan boshlab balansning qolgan barcha moddalari, ya’ni korxonaning pul mablag‘lari va balansning yil davomida pulga aylantirish mo‘ljallangan boshqa moddalari summasi sanab o‘tilgan. Bizning misolda korxona pullari va qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari 100,0 mln. so‘mga baholangan. Boshqa aylanma aktivlar debitorlik qarzlari 50,0 mln. so‘mdan (ya’ni, “XYZ” mahsuloti xaridorlari korxonaga to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘lar) hamda 150,0 mln. so‘mlik tovar- moddiy boyliklardan iborat mablag‘lardan tashkil topgan. Tovar-moddiy boyliklar zaxirasi ko‘rsatkichi, o‘z navbatida, xom ashyo, tugatilmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar qiymati (bahosi)ni o‘z ichiga oladi.


Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan aktivlar, ya’ni korxonaning asosiy vositalari keladi. Bu guruhga, shuningdek, yer, zavod binolari va asbob- uskunalari kabi modda (qism)lar kiradi61. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino va asbob-uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagandagi qiymati 300,0 mln. so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, korxonaning jami aktivlari 600,0 mln. so‘mga teng.
Bundan keyin balansda “XYZ” korxonasining majburiyatlari aks ettiriladi. To‘lovini bir yil ichida amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlar qisqa muddatli majburiyatlar deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz deb atashadi. “XYZ” korxonasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan hisoblar (ya’ni, korxona o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashi kerak bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb ataladi) va korxonaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m) summasidan iborat.
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof aylanma kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo uni hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 2018-yil oxiriga 150,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik.
So‘ng “XYZ” korxonasi balansining majburiyatlar guruhida uzoq muddatli



61 Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq muddatli, keyin esa joriy aktivlar keltiriladi.
qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal qiymati 150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 2022-yil deb belgilangan obligatsiyalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korxona belgilangan yillik 8% stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korxonasining obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. Bu xarajatlar “XYZ” korxonasi faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi. Korxona balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng oxirgi kategoriyasi uning xususiy kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Korxona biznesini rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan
foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 2018-yil 31-dekabrdan 2019-yil 31-dekabrgacha “XYZ” korxonasi balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 3-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni korxona biznesni rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘langan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish