Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Молия тизими 
Хўжалик юритувчи 
субъектлар молияси 
Давлат молияси ва 
маҳаллий молия 
Тижорат корхоналари 
ва ташкилотлари 
молияси 
Молиявий 
воситачилар 
молияси 
Нотижорат 
ташкилотлар 
молияси 
Давлат
бюджети 
Давлат 
мақсадли
фондлари 
Давлат
кредити 


tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil 
topadi. 
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti о‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi 
kerak: 

daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet dyefitining darajasini 
kamaytirish; 

mamlakat taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha byudjet xarajatlarini 
ryestrukturizasiya qilish; 

byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish; 

byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish. 
Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) oldindan 
belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bо‘lishi mumkin. Bu 
fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy 
nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu sosial 
ta’minot, tekin sog’liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi Shunday bir qancha 
muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tyegishlidir. Bu fondlar mablag’larini shakllantirish va 
ulardan foydalanish davlat tomonidan о‘ziga xos bо‘lgan shakllar va myetodlar yordamida 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni Moliya tizimining “Davlat Moliyasi va mahalliy 
Moliya” sohasining alohida bug’ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir. 
Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yо‘naltirilganligi belgisi bо‘yicha davlat 
maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin: 

sosial mо‘ljallangan (yо‘nalishga ega bо‘lgan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet 
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar); 

tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bо‘lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet 
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar). 
Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yо‘naltirilgan (mо‘ljallangan) davlat maqsadli 
fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi (shakllantirilishi) 
mumkin. 
Davlat maqsadli fondlari Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining 
alohida bug’ini sifatida quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: 

Respublika yо‘l fondi; 

О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qо‘llab-
quvvatlash davlat qо‘mitasining maxsus hisob varag’i; 

Ish bilan ta’minlashga kо‘maklaShuvchi davlat fondi; 

О‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pyensiya fondi. 
Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag’larning tо‘planganligi sharoitida 
davlat Moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag’lardan samarasiz foydalanishga va turli-
tuman su’istyemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham 
davlat Moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni 
Davlat byudjetiga jamlash (konsolidasiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan 
(konsolidasiya qilingan) fondlarning maqsadli yо‘nalishi о‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi 
ta’minlanishi lozim. 
Davlat krediti Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining о‘ziga xos 
bug’ini hisoblanadi. Uning о‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag’larni 
jalb qilish bо‘yicha Moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat 
krediti davlat, Yuridik va jismoniy shaxslar о‘rtasidagi pul munosabatlarining о‘ziga xos alohida 
shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va Shuningdyek, kreditor 
va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. 
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning faoliyati 
ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi opyerasiyalari, ya’ni davlat Yuridik va jismoniy 
shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bо‘lganda, ancha torroqdir (tor 
doiradadir). Shunday bо‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan 


Moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va tо‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, 
keng rivoj topishi mumkin. 
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat о‘z 
daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sishi bilan 
bog’liq bо‘lib, bu narsa byudjet defisiti sharoitida Rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining 
qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va Moliyaviy siyosatlarning 
bir-biri bilan о‘zaro bog’liq holda amalga oshirilishi Moliya tizimining “Davlat Moliyasi va 
mahalliy Moliya” bug’ini tо‘g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda 
hamda uni zamonaviy tuShunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham о‘z tarkibiga 
qо‘shmog’i lozim. 
Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasi Moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni 
boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar Moliyasi dyeb ham 
atash mumkin. Moliya tizimining ana Shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va 
ular, oxir oqibatda davlat tomonidan о‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, 
barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir 
vaqtning о‘zida byudjet (Moliyaviy) mablag’lar(i)ning katta qismi tо‘g’ridan-tо‘g’ri byudjetdan 
Moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va 
investision faoliyatlarini Moliyalashtirishga yо‘naltirilishi mumkin. 
YUqorida qayd etilganidyek, Moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va 
tashkilotlari Moliyasi, Moliyaviy vositachilar Moliyasi va notijorat tashkilotlar Moliyasi kabi 
bug’inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy 
munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, 
mulkka egalik qilish, о‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq 
ravishda о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning о‘zida, tijorat korxonalari va 
tashkilotlari Moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan Shu yerda Moliyaviy resurslarning 
asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy Moliyaviy ahvoli ana Shu korxonalar 
Moliyasining ahvoli bilan belgilanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar о‘zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida 
amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari о‘z daromadlari hisobidan 
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va sosial rivojlanishining asosiy manbai 
foyda hisoblanadi. 
Bu soha korxonalari real ravishda Moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan 
olingan tuShumni ularning о‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, о‘zlarining ixtiyoriga kо‘ra 
foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va sosial fondlarni shakllantiradilar, Moliyaviy 
bozorning resurslaridan – bank kreditlari, obligasiyalar emissiyasi, dyepozit syertifikatlari va 
Moliyaviy bozorning boshqa instrumyentlari – foydalangan holda investisiyalashtirish uchun 
zarur bо‘lgan mablag’larni qidirib topadilar. 
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralaShuvidan ozod bо‘lib, Shu bilan birgalikda, 
ishning iqtisodiy va Moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan. 
Bir vaqtning о‘zida mamlakatning xо‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bо‘lib, 
aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznyes-
sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa syektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati 
ijtimoiy farovonlikka erishishga yо‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat syektoridan tashqari 
ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bо‘lgan va nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sib 
borayotgan notijorat syektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat syektori tashkilotlarining 
Yuqori sur’atlarda tyez о‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni dyemokratlashtirish 
siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining sosial 
yо‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog’liq. 
Notijorat tashkilotlari Yuridik shaxs bо‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va 
ularda olingan foyda ishtirokchilar о‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga sosial, xayr-
ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va 
sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-


qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, Yuridik xizmatlar kо‘rsatish va Shunga о‘xshash boshqa 
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarining oldiga 
qо‘yilgan maqsadlar xilma-xil bо‘lganligi uchun bu syektor о‘zining ham juda keng va rang-
barang bо‘lishi, tabiiydir. Notijorat syektorning bir guruh korxonalari, asosan, о‘z a’zolarining 
iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga 
muvofiq ravishda notijorat syektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, bir 
nyecha miqdoriy tavsifnomalarning (kо‘rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu syektorning 
taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana Shunga о‘xshash tavsifnomalarga 
(kо‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin: 


Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish