Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

i.
 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy
qismlari (yо‘nalishlari) 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan iborat: 

byudjet siyosati; 

soliq siyosati; 

pul siyosati; 

kredit siyosati; 

baho siyosati; 

investision siyosat; 

sosial Moliyaviy siyosat; 

boj siyosati. 
О‘z navbatida, Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va sosial siyosatini amalga 
oshirishning vositasi bо‘lib hisoblanadi va Shu ma’noda yordamchi rolni о‘ynaydi. Bir vaqtning 
о‘zida davlat siyosatining boshqa – milliy, gyeosiyosat, harbiy – yо‘nalishlari ham mavjudligini 
esdan chiqarmaslik kerak. Ana Shu barcha byesh yо‘nalishning (iqtisodiy, sosial, milliy, 


gyeosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy 
instrumyenti sifatida xizmat qiladigan Moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. 
Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning 
Yuqori (oliy) organlariga tyegishlidir. Mamlakatning sub’yektlari darajasida Moliyaviy siyosat 
borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat 
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy 
soliqlar bilan chyegaralanadi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, 
eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun 
ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar 
majmuiga muvofiq aniqlanadi. О‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga 
qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tyegishli dyeb hisoblash maqsadga 
muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari 
funksiyalarini, mamlakat sub’yektlari funksiyalarini, byudjet fyedyeralizmi prinsiplarini, byudjet 
jarayoni sub’yektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq 
byudjet siyosati Shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda konsyentrasiya qilinadigan 
(tо‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat Yuqori va quyi organlarining о‘zaro 
munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar 
о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defisitini qoplash 
yо‘llarini aniqlashda va h.k.larda ifodalanadi. 
Dyemokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda 
davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida konsyentrasiya qilingan 
(tо‘plangan) pul mablag’larining harakati о‘z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab 
beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining 
ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan 
mablag’lardan kо‘p mablag’ talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning 
quyidagi favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy 
boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsyessiyalar. Byudjetning daromadlar 
qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yо‘qolishiga olib kelishi 
mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning 
chyegarasini oldindan belgilaydi. 
Soliq siyosati Moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi. Byesh 
Yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy Moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini 
aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi: 

soliqlarsiz davlatning faoliyat kо‘satishi mumkin emas; 

soliqli undirish qat’iy о‘sish tyendyensiyasiga ega; 

oqilona soliq ostonasidan о‘tilganidan sо‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni 
buziladi – iqtisodiyotning о‘z-о‘zidan buzilishi (yemirilishi) sodir bо‘ladi; 

tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada о‘rnatilmog’i lozim. Buning 
natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investision salohiyatni safarbar etish 
hisobidan tiklanadi; 

soliqning Yuqori ostonasi kapitalning chyetga chiqib kyetishiga olib kyeladi; 

iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar о‘lchovlarda 
sof daromadning 30%dan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy о‘sishi 
tо‘xtaydi; 

soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bо‘lishi va barcha takror ishlab chiqarish 
sub’yektlari uchun tyeng bо‘lishi kerak; 

soliq tizimi konfiskasion xarakterga ega bо‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual 
daromadlarning о‘sishida ifodalangan milliy boylikning о‘sishi soliqqa tortiladigan 
bazaning (asosning) barqaror о‘sishini ta’minlashi mumkin; 

qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning 
summar о‘lchovi barqaror о‘sish tyendyensiyasiga ega bо‘ladi. Barqarorlik kafolati 


sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona 
iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) 
qisqartiravyeradi; 

soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog’i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish 
ob’yektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish 
bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va pirovardida, 
mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod dyeb e’lon qilish va h.k. yо‘llar orqali 
iqtisodiyotning yemirilishiga olib kyeladi; 

soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish 
nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi 
asosiy qismining qashshoqlanishiga olib kyeladi. CHunki bunday soliqlarning Yuki 
tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) istye’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni 
yashash minimumi darajasida yoki sosial tirikchilik darajasida daromadga ega bо‘lgan 
aholining 80-90% qismiga Yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida 
istye’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan; 

egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi Shundaki, bu tizimda aholining asosiy 
qismidan jamg’armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi 
Moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kyechgan 
AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir; 

egri (bilvosita) soliqlarni sog’liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zyebu-ziynat buYumlari, 
ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha о‘ziga xos 
bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; 

daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib hisoblanishi 
(xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan qurmoq 
lozim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining 
samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolavyeradi. Soliqlar bozor 
iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag’batlantirilishini (motivasiya qilinishini) olib qо‘yadi, ya’ni 
mehnat daromad kyeltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita 
namoyon bо‘ladi – Yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investision 
imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda istye’mol darajasi pasayadi va bu narsa, о‘z 
navbatida, ishlab chiqarish va xizmat syektorlarining о‘sish bazalarining (asoslarining) 
pasayishiga olib kyeladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. 
Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tyezligini hisobga 
olgan holda) mos kyelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) 
hisobidan yoki xorijiy valYuta hisobidan tо‘ldiriladi (tiklanadi). Va aksincha, agar pul massasi 
unga bо‘lgan talabdan ortiq bо‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chyetga chiqishi (oqishi) 
yoki milliy valYutaning qadrsizlanishi sodir bо‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi 
mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita bog’liq – mamlakatda xorijiy valYutaning 
muomalada bо‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yо‘qmi, milliy valYuta konvyertasiya qilinadimi 
yoki yо‘qmi? va h.k. 
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga 
nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib kyeladi. 
Emissiya siyosati va milliy valYutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir 
(yо‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bо‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan 
tashqari yana boshqa bir yо‘nalishga ega. Bu yо‘nalish byudjet daromadlarini kо‘paytirishdir. 
Ana Shu yо‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. CHunki ma’lum bir miqdoriy chyegaradan 
о‘tilganidan sо‘ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta’sirchan) bо‘lib qoladi, ya’ni byudjet 
daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bо‘lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga kо‘ra 
davlat о‘z pul tizimini tartibga solishga qodir bо‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga 
putur yetadi. CHunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valYutasi boshqa kuchli 


valYutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bо‘lib qolish 
mumkin (о‘zaro hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va h.k.lar orqali). 
Kredit siyosati ham Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) bо‘lib, uning 
namoyon bо‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda 
kapitalining faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi. О‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab 
chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni 
tо‘ldirish va investisiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning 
kredit syektori о‘rtacha foyda normasini tyenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz 
stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin. U asossiz 
darajada Yuqori bо‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: 

kreditlarning qaytarilmasligi; 

ishlab chiqarish syektori va xizmatlar syektorida mahsulotlar narxining о‘sishi; 

qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa 
tortiladigan bazaning qisqarishi; 

ishlab chiqarishning qisqarishi; 

takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlariningpasayishi natijasida ichki 
istye’mol bozorining torayishi. 
Aksincha, kreditning arzonlaShuvi ishlab chiqarishning sog’lomlaShuviga, tovarlar 
massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana Shularning natijasida 
esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish 
bazasining kengayishiga va buning oqibatida byudjet daromadlarining kо‘payishiga olib kyeladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning baho siyosati 
monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining korryektivka qilinishi (о‘zgartirilishi) orqali 
ifodalanadi. YEr, osti boyliklari, suv havzalari, tyemir yо‘llar, elyektr uzatish tarmoqlari, nyeft 
va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari 
bahosining о‘sishi (ortishi) milliy xо‘jalik barcha boshqa syektorlarida baholarning о‘sishiga 
olib kyeladi. Bu yerda bog’lanish Shunchalik ayonki, hyech qanday izohga hojat yо‘q. Shuning 
uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bо‘lib hisoblanadi. 
Investisiya siyosati Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) biri 
bо‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real syektoriga о‘z va xorijiy investisiyalarni 
jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bо‘yicha tadbirlar komplyeksidan iborat. Bu siyosat davlat 
boshqaruvi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasini boshqarishning turli darajalarida 
amalga oshiriladi. Investision siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar 
tomonidan Moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning “qochib” 
kyetmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun
sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi. 
Sosial Moliyaviy siyosat Konstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini 
Moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda bu siyosat, о‘z navbatida, pyensiya 
siyosati, immigrasion siyosat, aholi ayrim sosial guruhlariga Moliyaviy yordam kо‘rsatish 
siyosati va boshqa siyosatlarni о‘z ichiga oladi. 
Boj siyosatini Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida qarash bilan 
birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. CHunki 
soliqlar va bojlar (boj yig’imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bir 
vaqtning о‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos bо‘lgan 
usuliga ham egadir. Usulning о‘ziga xosligi Shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki 
bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi 
tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga 
tо‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda о‘xshashi bо‘lmagan texnologik asbob-
uskunani import qilishga 20% li boj yig’imi о‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab 
chiqaruvchilarning investision imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning о‘sish 
sur’atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmog’ini oshiradi. 


Har qanday mamlakatning boj siyosati bumyerang harakatiga egadir. CHunki boj 
undirishning cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi xuddi Shunday javob 
choralarining qо‘llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati yо‘nalishining tanlanishi mamlakatning 
iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj 
tovarlarining import qilinishiga bog’liq bо‘lsak, bu boj stavkalarida о‘z aksini topmog’i lozim. 
Ammo boj stavkalari rag’batlantiruvchi bо‘lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar 
xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi. 
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va 
tо‘lovlarini oshirishga yо‘naltirilgan byudjet siyosatiga bog’liq bо‘ladi. 
Xullas, Moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) ilmiy jihatdan 
asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab 
chiqarish sub’yektlarining manfaatlariga zid bо‘lmaydigan bо‘lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlarining kamayishiga, davlatning oltin-valYuta 
zahiralarining ortishiga, inflyasiyani jilovlashga, byudjet defisitining kamayishiga, YAIM 
kо‘payishiga, mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining kuchayishiga olib kyelmog’i lozim. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish