Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

4. Moliya genezisi (taraqqiyoti) 
Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalar (tuzumlar) bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari 
bilan farqlanadi. О‘z navbatida, yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. YAngi ishlab chiqarish munosabatlariga 


davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida olingan davlatda о‘zgarishlar Yuqoridagidyek 
kyetma-kyetlikda va bog’liqlikda sodir bо‘lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy 
qonuniyat xususiy holatlarga bog’liq bо‘lmaydi. Har bir ijtimoiy formasiya va Shunga muvofiq 
ravishda, Shu formasiyadagi (tuzumdagi) davlatga ma’lum bir Moliyaviy tuzilma javob beradi 
(mos kyeladi). Turli ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarda (tuzumlarda) Moliyaning farqlanishi 
quyidagi sabablar bilan belgilanadi: 

har qanday ijtimoiy formasiyaga (tuzumga) jamiyatning о‘z sinfiy tuzilmasi mos kyeladi. 
Bunda Moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga 
qayta taqsimlanishini tashkil qiladi; 

har qanday ijtimoiy-iqtisodiy formasiyada (tuzumda) Moliya hukmron sinfning 
manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bо‘ysunadi; 

ishlab chiqarishning yangi usuli xо‘jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga 
kyeltiradi. Masalan, quldorlik va fyeodal formasiyalarda (tuzumlarda) natural 
munosabatlar xos bо‘lgan bо‘lsa, Shunga mos ravishda davlat daromadlarini 
shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xо‘jalik tovar-pul 
munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul 
shaklida amalga oshiriladi; 

agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va 
sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, Shu vazifalarga Moliya ham xizmat qiladi; 

XX asr tajribasi ogohlantiradi (о‘qitadi, ta’lim beradi, tarbiyalaydi): 
-
aniq sinflarga bо‘lingan davlat mavjud bо‘lmaydi; 
-
turli ijtimoiy tuzilmaga ega bо‘lgan davlatlar bir tarixiy davrda bо‘lishi mumkin; 
-
bir ijtimoiy-tarixiy formasiyadan (tuzumdan) ikkinchisiga о‘tish asrlar davomida 
sodir bо‘lishi mumkin; 
-
faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki Moliyaning ham eksport 
qilinish ehtimoli mavjud. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda 
ham pul о‘zining barcha funksiyalarini bajaraolmagan. Shunga mos ravishda pul 
munosabatlarining tizimi sifatida Moliya ham eng umumiylik kasb etaolmagan. Ibtidoiy-jamoa 
tuzumining xо‘jalik tuzilmasi tо‘g’risida aniq ma’lumotlar mavjud bо‘lmaganligi uchun gumon 
(taxmin) qilish mumkinki, doimiy davlat apparati yо‘q bо‘lganligi uchun ana Shunday 
davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish ham bо‘lmagan. Davlat apparatining 
shakllanishi, unga tyegishli bо‘lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qо‘shinlarga 
asos solinishi, yо‘l qurilishining jorish etilishi bilan Moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik 
davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontribusiyalar, harbiy о‘ljalar, natural soliqlar va 
boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir 
guruhlari pul kо‘rinishidagi soliqlarni tо‘lagan bо‘lishi mumkin. Shunday bо‘lishiga 
qaramasdan, quldorlik formasiyasiyasida (tuzumida) pul kо‘rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik 
xarakteriga ega edi. Xuddi Shuningdyek, natural xо‘jalik Yuritishga asoslangan fyeodalizmda 
ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilishi mumkin emas edi. 
Shuni idrok etish (tuShunish) eng muhimki, jamiyatning tovar-pul munosabatlariga 
о‘tishi munosabati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida Moliya umumiylik xarakteriga ega bо‘ladi. 
Biroq, hatto ana Shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulsiz xarakterga ega 
bо‘lgan myetodlari saqlanib qolishi mumkin. Buning mumtoz misoli sifatida yoppasiga harbiy 
majburiyatni kо‘rsatib о‘tish mumkin. 
Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat о‘z funksiyalarini amalga 
oshirish uchun zarur bо‘lgan fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini 
yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan 
foydalanishning shakllari va myetodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq, fondlarni 
shakllantirishning manbalari cheklangan va hyech bir davlat о‘z ehtiyojlarini qondirish uchun 
daromadlarning yangi manbalarini ixtiro qilish mumkin emas. Bu yerda gap undirishning 
shakllari tо‘g’risida emas, balki uning ob’yektlari tо‘g’risida kyetayapti. Ana Shunday ob’yektlar 


sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari tо‘g’risida 
gapiriladigan bо‘lsa, u holda hatto antik gryek davlatlaridayoq tо‘g’ri (bevosita) soliqlar bilan 
birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bо‘lgan. Tо‘g’ri (bevosita) soliqlar yer va mol 
egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar 
bojxona bojlari va savdoga soliq shakllarida maydonga chiqqan. 
Rim impyeriyasida armiyada pulli tо‘lanmalar (yollanmalar va ofisyerlar uchun) joriy 
etilgan. Bu va Shunga о‘xshash boshqa ehtiyojlar (tamoshalarni tashkil etish, ishsiz fuqarolarga 
yordam kо‘rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun ham harbiy о‘ljalar 
va kontribusiyalarga qо‘shimcha ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish 
uchun tо‘lanadigan soliq ana Shunday soliqlarning dastlabkisidir. Nooziq-ovqat buYumlarini 
sotganlik uchun (1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar davrida har bir fuqaro mol-
mulkdan undiriladigan favqulodda soliqni ham tо‘lagan. 5% miqdorida undiriladigan myerosdan 
olinadigan soliq joriy etilgan. Ijtimoiy tuzum sifatida fyeodalizm yo qullarga egalik qilish, yo 
patriarxal tuzum asosida rivojlangan. Biroq bu yerga xususiy egalik va dyehqonlarning 
kryepostnoyligiga (biriktirilganligiga) asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir kо‘rsatmagan. 
Kryepostnoy (biriktirilgan) dyehqonlar bо‘lmagan joyda fyeodalizm ham mavjud bо‘lmagan. 
Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning funksiyalari 
fyeodallarning ta’siri ostida belgilangan. Fyeodal о‘zi egalik qiladigan joy chyegaralari doirasida 
о‘z soliqlarining tizimini joriy etgan. Markaziy hokimiyat xо‘jalik hayotiga, xususan, aholini 
soliqqa tortish masalalarini faqat fyeodal bilan muvofiqlashtirilgan chyegara doirasida 
aralaShuvi mumkin edi. Yevropada fyeodal bо‘linuvchanlikka birinchi marta salb Yurishlari 
orqali kelib chiqqan risarliklarning kuchsizlanishi oqibatida barham berilgan
1
. Alohida olingan 
davlatlar о‘rtasidagi urushlar boshqalarga nisbatan urushlar tufayli boyigan mamlakatlarda 
qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. YEr egalarini saqlashga sarf qilingan tо‘lanmalardan 
tashqari dyehqonlar yо‘llar, qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog’liq 
bо‘lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bо‘lganlar. Hunarmandlar fyeodal va shahar 
hokimiyatlariga soliqlarni faqat о‘zlarining buYumlari bilan emas, balki pullari bilan ham 
tо‘laganlar. Savdogarlar fyeodalga sovg’alar va daromadlaridan tо‘lovlardan tashqari tranzit va 
boshqa bojlarni tо‘laganlar.
О‘rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor о‘z soliqlari va о‘lponlarini joriy etgan. Hatto 
davlatning ichida ham soliq va о‘lponlarni unifikasiya qilish tо‘g’risida gap bо‘lmagan. 
AbsolYutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi pulli soliqlarga 
о‘tishga sabab bо‘ldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha Yuqori bо‘lsa, pulli soliqlarning 
salmog’i ham Shuncha katta bо‘la borgan. Fyeodalizmning о‘rta va sо‘nggi davrlariga xos 
bо‘lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining mavjudligini e’tirof etish mumkin. 
Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan summani tо‘lab, daromadlarning katta 
qismini о‘z ixtiyorlariga qoldirganlar. Shuning uchun ham sotib oluvchilar, savdogarlar, 
hunarmandlar fyeodal munosabatlarni burjua munosabatlariga aylantirishda eng asosiy 
manfaatdorlar shaklida maydonga chiqqanlar. 
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilarning qо‘lida katta miqdordagi pul 
resurslarining tо‘planishga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi 
mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakillariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va 
pryefyeryensiyalari, tо‘siqli bojxona bojlari va soliq immunityetlari kapitalning jamg’arilishiga 
olib kyeldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg’arilgan kapital endigina tug’ilib 
kyelayotgan sanoat sari yо‘l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga о‘z ta’sirini 
1
Афсуски, Ўрта Осиёдаги вазият баъзи бир объектив ва субъектив сабабларга кўра 
тегишли мутахассислар томонидан етарли даражада тадқиқ этилмаганлиги ва мавжуд 
манбалар устида ишлашнинг жуда мураккаблиги муносабати билан масаланинг бу 
жиҳатларига ўз Ватанимиз мисолида тўхталиб ўтишга имконимиз йўқ. Қўлланманинг 
кейинги нашрларида бунга барҳам беришга ҳаракат қиламиз ва уни тегишли ишончли 
материаллар билан бойитиб, тўлдирамиз. 


kо‘rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz fyeodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy 
inshootlar, flotni qurishning buYurtmachisi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq tizimi orqali 
qayta taqsimlab kapitalning sanoatda tо‘planishiga (jamg’arilishiga) olib kyeldi (imkon berdi). 
Kapitalning jamg’arilishiga sanoatning rivojlanishini rag’batlantirgan, burjuaziyaning 
mustahkamlanishiga sharoit yaratib bergan mustamlakalarning bosib olinishi ham yordam berdi. 
SHaharlar va sanoatning rivojlanishi ishchi kuchi oqimini talab etgan. Ishchilar 
salmog’ining aholi umumiy soniga nisbatan ortib borishi jamiyatdagi natural munosabatlarni 
qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga о‘z ta’sirini 
kо‘rsatdi. Burjuaziya tomonidan hokimiyatning qо‘lga kiritilishi monarxiyaning yemirilishi yoki 
uning hokimiyatchilik vakolatlaridan mahrum bо‘lganligini anglatadi. Hokimiyat tyepasiga 
kelib, burjuaziya “soliq zulmi”ni pasaytirishga emas, balki fyeodallarga tyegishli bо‘lgan 
imtiyozlarga barham berishga va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga Yuklashga intildi. 
Davlatdagi umumiy soliq Yuki yengillashmaydi. Turlicha tarzda ta’sir etadigan omillarning 
ta’siri ostida burjuaziya kapitalni yanada jamg’arish va о‘z foydasini yanada о‘stirish uchun 
о‘zini tyegishli imkoniyatlar bilan ta’minladi. 
Kapitallar harakatidagi milliy chyegaralarga barham berilishi bilan banklar, birjalar va 
mustamlkachilik urushlari bunday vaziyatning instrumyentlari bshlib qoldi. Burjuaziya 
ekspluatasiya qilishning butun og’irligini bosb olingan mustamlakalar ishchilari gardaniga 
Yuklab, о‘z mamlakatlari ishchilarining ashaddiy himoyachilariga aylandi. О‘z daromadlari 
uchun ishchilar sinfining qarshi kurashi burjuaziya qо‘lida kapitalning yanada 
konsyentrasiyalaShuviga (tо‘planishiga) imkon beruvchi yangi Moliyaviy institutlarning paydo 
bо‘lishiga olib kyeldi. Bu yerda gap tibbiy va sosial sug’urta, mol-mulk va hayot sug’urtasi 
tizimlari tо‘g’risida kyetayapti. Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli soliqlarning juda 
katta qismini о‘z qо‘liga qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga 
buYurtmalar orqali tо‘playdi (konsyentrasiya qiladi). 
Xususiy-tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning taraqqiy etishi 
bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va Shu asosda kapitalning rivojlangan 
mamlakatlarda konsyentrasiyalaShuvi kuzatiladi. Na faqat soliq imtiyozlari va hukumat 
buYurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, norentabelli korxonalar va butun 
tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish infratuzilmani Moliyalashtirish va h.k.lar orqali davlat 
har doim milliy burjuaziyaning pozisiyalarini mustahkamlashda hal qiluvchi rolni о‘ynaydi. 
Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnasiya davrlarida soliqlar, kreditlar va buYurtmalar 
bilan manipulyasiya qilish asosida о‘zining tartibga soluvchilik (ryegulyatorlik) rolini 
faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 1929 yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSH 
hukumatining Yurgizgan siyosatini kо‘rsatish mumkin.
Bugun kundalik turmushga “finansi” (“Moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallifni 
aniqlash juda murakkab. Bu atamaning birinchi muallifi sifatida 1577 yilda “Respublika 
xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Bodyenni qoldirish (hisoblash) 
mumkin. Undan sо‘ng bu atama dunyoning barcha boshqa tillariga kirib borgan. Biroq ayrim 
adabiyotlarda bu atamaning lotin tilidan olinganligi tо‘g’risida isbotlanmagan qarashlar ham 
mavjud. Bu nashrda «finansi» («Moliya») atamasi davlat va takror ishlab chiqarish 
munosabatlarining boshqa sub’yektlari о‘rtasidagi munosabatlar tizimini ifodalash uchun 
foydalanilgan. Hozirgi nuqtai-nazardan bu munosabatlarni Moliyaga kiritish maqsadga muvofiq 
emas. CHunki ular pulli xarakterga ega bо‘lmagan. Biroq, natural munosabatlar ustuvorlik 
qilgan iqtisodiy formasiyalardagi (tuzumlardagi) natural soliqlar va shaxsiy tо‘lanmalarning 
iqtisodiy mohiyati tovar-pul munosabatlari rivojlangan iqtisodiy formasiyalardagi (tuzumlardagi) 
pulli soliqlarning iqtisodiy mohiyati bilan bir xildir. 
Moliyaga bag’ishlangan ishning birinchi Yevropalik muallifi Ksyenofont (eramizdan 
avvalgi 430-355 yillar) hisoblanadi. Uning Shu xususdagi asari “Afina respublikasining 
daromadlari tо‘g’risida” dyeb nomlangan. Aristotyelda (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) 
Moliya sohasidagi qarashlar uning “Afina davlat tuzilmasi” dyeb nomlangan asarida bayon 
qilingan. Eramizning 948 yilida soliqlar tо‘g’risida asar yozgan Qadam ismli arab olimining 


nomi ham fanda ma’lum. Moliya muammolari bilan Shug’ullangan Yevropalik olimlarning 
uzoq rо‘yxatini F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) boshlab beradi. U ilk marta qirolning soliqlarni 
undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan. 
Moliya bо‘yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Pyetrarka, D.Karaf, Bernardo, 
F.Gvichchardini, Dj.Botyero, N.Makiavyeli va boshqa italiyaliklarni kiritish mumkin. 
XUP asrda Moliya nazariyasining rivjlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qо‘shgan. 
Ularning orasidan T.Myen, Dj.Lokk, T.Gobbs, Gautonlarni alohida ajratib kо‘rsatish kerak. 
L. fon Syekyendorf, S.Pufyendorf, I.YUsti va I.Zonnyenfyels kabi nyemis olimlari XUP-
XUSH asrlarda Moliya fanini boyitishga о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shganlar. Ular 
adabiyotlarda kamyeralistikaning nyemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.YUsti 1746 yilda 
nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida Moliya tо‘g’risidagi kamyeralistik maktab 
vakillarining qarashlarini umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta Moliya fani va Moliyaviy 
siyosat ajratilib kо‘rsatilgan (chyegaralangan). 
Fiziokratlarning о‘tmishdoshlari ham iqtisodiyotni о‘rganganlar. Ularning asarlarida
Moliyaning turli yо‘nalishlari (aspyektlari) tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga 
T.Gobbs, Dj.Lokk, D.YUm, V.Pyetti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.StYuartlarni kо‘rsatish mumkin. 
Aynan V.Pyetti (1623-1687 yillar) о‘zining “Soliqlar va yig’imlar xususida traktatlar” asari 
bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi. 
Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi (tug’ilishi) va rivojlanishi XUSH asrga 
tо‘g’ri kyeladi. Bu maktabning vakillari Moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni 
mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar – A.TYurgo, F.Kyene 
va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil 
bо‘lishiga qaramasdan mumtoz maktab vakillarining Moliya tо‘g’risidagi ta’limotlarini quyidagi 
tо‘rtta asosiy yо‘nalishga kyeltirish mumkin: 

davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi; 

davlatni saqlash (ushlab turish) arzon bо‘lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv 
xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega; 

davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini, buza olmaydi, cheklovchi 
bojxona bojlari va monopoliyalarni о‘rnatish yо‘li bilan ham mamlakatning xо‘jalik 
hayotiga aralashmasligi kerak; 

davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy prinsiplariga qat’iy rioya etmog’i lozim: 
-
о‘z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq tо‘lashi kerak (bu qoida 
ruhoniylar va asozodalarning soliq immunityetiga qarshi yо‘naltirilgan); 
-
soliqni oldindan aniq belgilash (aniqlash) zarur; 
-
soliqni soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lgan vaqtda undirish lozim; 
-
soliqlarning undirilishi (olinishi) arzon bо‘lishi kerak. 
Kapitalistik tizimning fyeodalizm ustidan g’alabasi yangi ishlab chiqarish 
munosabatlarini u yoki bu darajada himoya qiluvchi iqtisodiy maktablar va qarashlarning 
vujudga kelishiga olib kyeldi. SHо‘rolar tarixnavisligida bu iqtisodiy maktabning vakillari vulgar 
iqtisodchilar guruhiga birlashtirilgan edi. CHunki ular, asosan, davlat daromadlarini 
shakllantirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratib, uning xarajatlarini tahlil etish burjua 
hukumatlari tо‘g’risida salbiy tasavvur hosil qilishi mumkinligi tо‘g’ri dyeb hisoblagan edilar. 
Bu maktabning yetakchi namoyandalaridan biri “Siyosiy iqtisod asoslari” dyeb nomlangan о‘z 
asarini 1848 yilda chop etgan Dj.Mil hisoblanadi. X1X asrning oxirlaridagi Moliyachi-olimlar 
qatoriga 1877 yilda Moliya fani kursini nashr etgan fransuz P.Lye-rua-Bolyeni va 1892 yilda
“Davlat Moliyasi” kitobini yozgan ingliz K.Bastblni kiritish mumkin. X1X asrda Moliya 
nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qо‘shib, 1826-1832 yillarda uchinchi qismi tо‘liq 
Moliyaga bag’ishlangan siyosiy iqtisod kursini nashr ettirgan K.Raudir. Uning “Moliya fanining 
asosiy boshlanishi” dyeb nomlangan asari 1867 yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada 
Moliya fanining rivojlanishiga о‘zining keskin ta’sirini kо‘rsatgan. 
X1X asrning birinchi 1/3ida nashr etilgan nyemis olimlaridan Sodyen (1811 yil), YAkob 
(1821 yil), Malxus (1830 yil) va SHyenlarning (1832 yil) Moliya tо‘g’risidagi asarlari alohida 


mashhurlikka ega bо‘lmagan bо‘lsa-da, Lekin bu ishlar “Moliya” tuShunchasining tarkibiga 
birinchi marta mahalliy Moliyani kiritgan L.fon SHtyeyn va Moliya fanining mumtozi 
A.Vagnyerlar (uning “Moliya tо‘g’risidagi fan” asari 1880 yilda nashr etilgan) 
dunyoqarashlarining shakllanishida katta rol о‘ynadi. X1X asr oxirlarining yetakchi Moliyachi-
olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQSHlik E.Syeligmanni va nihoyat, 
“Moliya fani asoslari” dyeb nomlangan asari 1869 yilda (1900 yilda – rus tilida) nashrdan 
chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin. XX asr Moliyachilarining qarashlari maxsus 
adabiyotlarda yetarli darajada bayon qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir ob’yektiv va sub’yektiv 
sabablarga kо‘ra, rus iqtisodiy (Moliyaviy) adabiyotida “Moliya” tuShunchasining genezisini 
(taraqqiy etishini) kо‘rib chiqish ham ma’lum bir ahamiyatga egadir.
Moliya sohasidagi bayonning birinchi rus muallifi Ivan Grozniy davrida yashagan 
I.S.Pyeryesvyetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina 
daromadlarini kо‘paytirish va davlat resurslarini markazlashtirishning tarafdori bо‘lgan. 
XUP asrdan bizgacha YU.Krijanich va G.Kotoshixinlarning Moliya xususidagi asarlari 
ham yetib kyelgan. YU.Krijanich о‘z asarlarida Yevropalik mualliflarning iqtisod va Moliyaga 
oid qarashlari va mulohazalaridan keng foydalanadi, ularni Rossiyaning ehtiyojlariga 
“bog’laydi”. U davlatning boyishi usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki 
guruhga – boyishning “tо‘g’ri” va “notо‘g’ri” usullariga bо‘ladi va bu narsalarning dunyoda 
allaqachan ma’lum ekanligi va ularning yangilarini о‘ylab topmaslik kerak dyeb hisoblaydi. 
G.Kotoshixinning 1664 yilda yozilgan va “Alyeksyey Mixaylovich podshohligidagi 
Rossiya tо‘g’risida” dyeb nomlangan asari oradan ikki Yuz yil о‘tgandan sо‘ng ma’lum bо‘lgan. 
Unda XUP asrning о‘rtalaridagi Rossiyaga tyegishli bо‘lgan katta ma’lumotlar kyeltirilgan. 
XUSH asrning boshlarida Moliya nazariyotchilarining yirik vakili I.Pososhkov 
hisoblanadi. Uning Moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani 
undirayotgan paytda uning tо‘lovchisini xonavayron qilmasdan, tо‘lovchidan tо‘lovni amalga 
oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim. 
XUSH asrning ikkinchi yarmida Moliya nazariyasiga oid bir nyecha asarlar paydo 
bо‘ldi. Ularning orasida yaqqol kо‘zga tashlangani A.Polyenovning “Rossiya dyehqonlarining 
kryepostnoylik holati xususida” dyeb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bо‘lib 
“soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug’urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning 
amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilingan. 
A.Narishkin 1767 yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” dyeb nomlangan maqolasida 
soliqlarga oid bir nyecha qiziqarli mulohazarlarni oldinga suradi, soliqlar va davlat о‘rtasidagi 
bog’liqlikni tahlil qiladi. 
Rossiyada “Moliya” atamasining paydo bо‘lishi XUSH asrga borib taqaladi. Bu atama 
rus tiliga fransuz tilidan kirib kyelgan bо‘lib, qariyb yarim asr mobaynida “xazina” atamasi bilan 
yonma-yon ishlatilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “Moliya” ilmiy tuShunchasi 1767 
yilda Moskva univyersityeti tomonidan nashr etilgan “Ensiklopyediyadan tarjimalar” kitobining 
sо‘zboshisida ishlatilgan. Bu yerda “Moliya” tuShunchasi “davlat daromadlariga tyegishli 
bо‘lgan ish” dyeb talqil qilingan. Uni ilmiy muomalaga birinchi marta Moskva 
univyersityetining huquq bо‘yicha profyessori S.Dyesniskiy kiritgan. 1802 yilda Moliya 
vazirligining tashkil etilishi bilan bu atama ilmiy muomalalarda mustahkam о‘rin egallay 
boshladi. Biroq 1835 yilga qadar, ya’ni rus univyersityetlarida “Moliyaviy huquq” kursi paydo 
bо‘lgancha qadar Moliya mustaqil fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning tarkibiy qismi 
sifatida qaralgan. Amaliyotda esa, kо‘proq “xazina” atamasi ishlatilgan.
A.Radishyev о‘zining “Jon yig’imi xususida” dyeb nomlangan asarida birinchi marta 
soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy tabiatini, turlarini tadqiq etgan. 
Moliya tо‘g’risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 yillarda N.Turgenyev 
tomonidan yozilgan. 
Moliya sohasidagi о‘ziga xos asarlarga graf Spyeranskiyning Moliyaviy Rejasini, Moliya 
nazariyasi bо‘yicha birinchi ruscha bо‘lgan I.Gorlovning darsligini, YU.Gagyemaystyer, V.Kuri, 


D.Tolstoylarning Moliyaning rivojlanish tarixiga bag’ishlangan tadqiqotlarini, M.Orlovning 
davlat krediti tо‘g’risidagi ishlarini kiritish mumkin. 
X1X asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va Moliyaning nazariy masalalariga 
bag’ishlangan asarlar orasida I.SHilning monografiyasi alohida о‘rin egallaydi. Uning fikricha, 
Moliya nazariyasi davlat xazinasi g’oyasiga bо‘ysundirilgan. 
Rus fanida F.Milgauzyen birinchi marta Moliya va Moliya fanini chyegaralab bergan. U 
birinchilardan bо‘lib, Moliyaning pulli tabiatidan voz kyechgan. 
Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov о‘zining о‘tmishdoshlaridan ancha oldinga 
kyetgan va u Moliya deyilganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum bir ijtimoiy 
munosabatlarni tuShungan. 
X1X asrning oxirlarida V.Lyebyedyev, I.YAnjul, L.Xodskiy, S.Vittye va I.Ozyerovlar 
asarlari Moliya nazariyasini rivojlantirishga о‘zining munosib hissasini qо‘shgan. 
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning Moliya fani akadyemik I.YAnjulning asarlarida о‘z 
ifodasini topgan. Uning fikricha, Moliya fanining pryedmyeti davlatning moddiy ehtiyojlarini 
eng yaxshi qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi. 
Rossiya Moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozyerovning xizmatlari ham katta. U 
Moliyaga nisbatan yangicha yondoShuvni asoslab bergan. Uning nazarida Moliya vosita yoki 
resurs emas, balki munosabatlardir. 
Prof. L.Xodskiy Moliya fanining chyegaralarini biroz kengaytiradi va uning tarkibiga pul 
muomalasi masalalarini ham kiritadi. 
1882-1885 yillarda о‘zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr ettirgan Sankt-Pyetyerburg 
univyersityetining profyessori V.Lyebyedyev ham Moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib 
xizmat kо‘rsatgan. U Moliyaning tarkibiga faqat pul daromadlarini kiritibgina qolmasdan, 
natural soliqlarni ham kiritadi, davlat xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi.
XX asrning boshlarida Moliyaga oid M.Bogolyepov, V.Tvyerdoxlyebov, A.Bukovyeskiy 
va P.Genzyellarning asarlari paydo bо‘ladi. 
SHо‘rolar davrida Moliya fanining taraqqiy etishida etishida V.Dyachyenko, 
A.Alyeksandrov, A.Birman, E.Voznyesyenskiy, V.CHantladzye, B.Boldiryev, V.Rodionova, 
P.Nikolskiylar о‘ziga xos tarzda yondoshganlar. Ularning asarlari hozirgi kunda о‘z talabiga ega 
bо‘lmasa-da, bizning fikrimizcha, kyeyingi yillar tadqiqotchilari uchun ular qiziqarli pryedmyet 
bо‘lishi, Shubhasiz. 
Moliya genezisida (taraqqiyotida) va uning nazariy masalalarini tadqiq etishda 
о‘zbekistonlik Moliyachi olimlarning zalvori, ba’zi bir ob’yektiv va sub’yektiv sabablarga 
kо‘ra, Yuqori bо‘lmasa-da, Shunday bо‘lishiga qaramasdan bu borada prof.H.Sobirov, 
dos.X.Muratov, 
dos.H.Muxamyednazarov, 
dos.Q.YAh’yoyev, 
prof.O.Olimjonov, 
prof.T.Malikov, prof.N.Haydarov, prof.O.Iminov, prof.A.Jо‘rayev, prof. M.Almardonov va 
boshqalarning qarashlari ham о‘z о‘rniga ega. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish