Ichki firmaviy Moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporasiyalar о‘zining
iqtisodiy
xizmatlari, ya’ni buxgaltyeriya, Moliya bо‘limi, Moliyaviy myenyejmyent xizmatlari
va boshqalar tomonidan о‘z korxonasi, filiallari va Shu’ba tuzilmalarining
Moliyaviy faoliyati
ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag’larini
(shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi,
Rejalashtirgan Moliyaviy natijalar bilan haqiqiy Moliyaviy natijalar qiyoslab, tahlil qiladi,
investision loyihalarning natijalariga
Moliyaviy baho beradi, korxonaning Moliyaviy holatini
nazorat qiladi.
Ichki nazorat kapitalni investisiyalashtirishning butun jarayonini kuzatib boradi. Ichki
nazoratning kо‘rinishlaridan biri bо‘lgan va “post-audit” nomini olgan nazorat biznyes-Rejaning
Moliya bо‘limidagi ishlab chiqarish-investisiya faoliyatining har bir bosqichida ryejlashtirilgan
Moliyaviy natijani
haqiqiy holat bilan taqqoslash, ularni nomuvofiq kelishi sabablarini aniqlash
va bartaraf etish, chiqimlarni kamaytirish va Moliyaviy Rejalashtirish myetodlarini yaxshilash
yо‘llarini qidirishni anglatadi.
Bank tizimining qayta qurilishi natijasida tijorat banklarining paydo bо‘lishi ahamiyatli
darajada Moliyaviy nazorat sohasidagi banklarning funksiyalarini о‘zgartiradi.
Agar SSSR
Davlat bankining bо‘limlari о‘zlariga biriktirilgan korxonalarning butun Moliyaviy faoliyatini
nazorat qilgan bо‘lsa, tijorat banklari esa qonunga muvofiq ravishda davlat tomonidan faqat
hisob-kassa opyerasiyalarini Yuritish va valYuta qonunchiligiga rioya etish borasida о‘rnatilgan
tartibning mijozlar tomonidan amal qilinishini nazorat qilib borishi kerak. Shu bilan birgalikda
likvidlikni qо‘llab-quvvatlashning ob’yektiv zarurligi bankdan potyensial zayom oluvchilarning,
ya’ni zayom oluvchi korxonalarning Moliyaviy holati va kredit olishga layoqatliligini baholashni
talab qiladi. Ssuda berilgan taqdirda bank о‘rnatilgan muddatlarda
tyegishli foizlar bilan
birgalikda ssudaning qaytarilish ehtimolini baholash maqsadida berilgan ssudaning ishlatilishini,
mijozning tо‘lov qobiliyati va likvidligini nazorat qiladi. Bank tomonidan amalga oshiriladigan
bunday nazorat kredit riskini boshqarishning muhim elementi bо‘lib hisoblanadi.
Auditorlik nazorati nodavlat Moliyaviy nazoratining yangi turi bо‘lib, u mustaqillikning
dastlabki yillarida О‘zbekistonda ham paydo bо‘ldi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor tizimiga
о‘tilishi va turli tijorat tizimlarining paydo bо‘lishi bilan ularning Moliyaviy ishonchliligiga,
Shuningdyek ular Moliyaviy holatini ob’yektiv baholashga nisbatan talablar keskin oshirildi.
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgaltyerlik va Moliyaviy hisobotning
ishonchliligini hamda amalga oshirilgan Moliyaviy va xо‘jalik
opyerasiyalarining amalda
bо‘lgan mye’yoriy hujjatlarga muvofiqligini niqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy sub’yektlarning
tо‘lov-hisobot hujjatlarini, soliq dyeklarasiyalarini va boshqa Moliyaviy majburiyatlarini
tekshirishdan iborat.
Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlarni ham kо‘rsatishlari mumkin:
buxgaltyeriya hisobini yо‘lga qо‘yish va olib borish;
daromadlar haqida buxgaltyeriya hisobotini va dyeklarasiyani tuzish;
Moliya-xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish va bashoratlash;
buxgaltyeriya xizmati xodimlarini о‘qitish va qonunchilik masalalarida maslahat berish;
auditorlik tekshiruvlari natijasida olingan tavsiyalarni ishlab chiqish;
va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: