Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

7-mavzu: Moliya nazariyalari 
Reja: 
1. Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari 
2. Rossiyalik iqtisodchilarning Moliyaviy nazariyalari 
1. Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari 
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan 
pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni 
о‘rgangan Moliya fani iqtisodchi-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida 
shakllandi. Ular tomonidan yaratilgan Moliyaviy nazariyalar jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari 
tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga ega bо‘lgan va 
hodisalarning haqiqiy mohiyatini о‘zida aks ettirgan bо‘lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu 
munosabab bilan Moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan 
Moliyaning turli nazariyalarini о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodchi-olimlar tomonidan Moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar Moliyaviy 
qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosida yotadi. 
Xorijiy iqtisodchilar Moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhi siyosiy iqtisod 
mumtozlarining konsepsiyalari bilan izohlanadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki 
bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda Moliyaviy konsepsiyalar alohida о‘ringa ega 
bо‘lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy 
iqtisod klassiklari (BuYuk Britaniyada – U.Pyetti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – 
P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.
Moliya fanining asoschisi A.Smit (1723-1790 yillar) о‘zining “Xalqlar boyligining tabiati 
va sabablari tо‘g’risida tadqiqot” dyeb nomlangan fundamyental asarida davlat Moliyasining 
mohiyati tо‘g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi 
tо‘g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita 
kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va 
foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana Shu nazariy qarashlardan kelib chiqqa holda A.Smit 
(va undan sо‘ng D.Rikardo) Moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) 
tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki dyeyarli 
barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning 
jamg’arilishi va milliy daromadning о‘sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana Shundan uning 
soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit yaratilgan qiymatni unumsiz 
sarflaydigan va Shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga tо‘siq 
bо‘luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga kyeladi. 
A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bо‘lsa-da, ular ma’lum bir qismi 
bо‘lishining zarurligini e’tirof etgan. CHunki ana Shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-


sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bо‘ladi. Uning nazariyasida soliqlar nazariyasiga katta 
о‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi tо‘rt 
asosiy prinsiplarini ifodalagan: 

soliqlar ularni tо‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq tо‘lanishi kerak; 

soliqlarning miqdori va ularni tо‘lash muddatlari aniq belgilangan bо‘lmog’i lozim; 

soliqlarni undirilish vaqti soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lmog’i zarur; 

soliqlarni undirishda ularni undirish xarajatlarining minimalligini ta’minlamoq kerak. 
Tarixiy jihatdan bu prinsiplar tug’ilib kyelayotgan burjuaziyaning ehtiyojlarini aks 
ettirgan va fyeodal jamiyatning asosiy sosial guruhlari bо‘lgan bо‘lgan zadagonlar hamda 
ruhoniylarga, fyeodal davlatning soliqlar bо‘yicha boshboshdoqligiga qarshi yо‘naltirilgan 
(qaratilgan) edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan Yuqoridagi prinsiplar, tо‘liq bо‘lmasa-da, 
burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini о‘tkazishda foydalanilgan. 
Soliqlarning turli kо‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan 
soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan 
ularga baho bergan. Istye’mol tovarlariga nisbatan о‘rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular 
bahosining oshishiga olib kyelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari о‘sgan va oxir-
oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va istye’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan 
soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik kyeltiruvchi dyeb hisoblagan. 
CHunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga 
yoki bozor talabiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga 
olib kyeladi. 
Shunday qilib, A.Smitning soliq konsepsiyasi yagona maqsadga – kapitalning 
jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tyezlashtirishga 
qaratilgan edi. 
Asosan, xuddi Shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham о‘zining “Siyosiy 
iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat 
nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar sо‘zsiz ravishda yo kapitalga, yoki 
daromadga ta’sir kо‘rsatadi, dyeb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli 
mehnatni saqlashga mо‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, 
kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq tо‘lovchining istye’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj 
pryedmyetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining о‘sishiga sabab bо‘lib, ular istye’mol 
qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan Yuqoriroq bо‘lgan proporsiyalarda istye’molchining 
gardaniga Yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday 
soliqlar, bir xil darajada bо‘lmasa-da, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib 
kyeladi. 
YUqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buYuk zulmdir”, degan 
xulosaga kyelgan. Soliqqa tortishning о‘sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning 
istye’moli pasayadi va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda о‘z aksini topadi. Shuning 
uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning 
kyelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak. 
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat 
xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning konsepsiyasini, kо‘p jihatdan, 
aniqlab bergan edi. XUSH asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning 
Moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xо‘jalik 
hayotiga davlatning aralashmasligi prinsipini e’lon qilga edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari 
va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi. 
X1X asrda ishlab chiqarishning Yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital 
о‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlaShuviga olib kyeldi. Xuddi Shu davrning о‘zida turli sosial 
guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda о‘z siyosatini о‘zgartirishga hukumatni 
chaqiruvchi iqtisodchilarning tovushlari eshitila boshlandi. 
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda sosial keskinlaShuvni Yumshatish 
maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida о‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga 


chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tyengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq 
tizimining yangi prinsiplari ishlab chiqildi. Hayot kyechirish uchun zarur sanalgan daromadga 
tyeng bо‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish 
g’oyasi aynan unga tyegishlidir. 
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir 
shaxs davlatdan olinadigan qо‘llab-quvvatlashlar uchun о‘z daromadlarining bir qismini davlatga 
berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari о‘rtasida bog’liqlikni о‘rnatib, soliqlarni davlat 
xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan. 
Bu holatlar kyeyinroq shvyed iqtisodchilari K.Viksyel va E.Lindal tomonidan yanada 
rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amyerikalik iqtisodchi-olim P.Samuelson 
qarashlarining shakllanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi va u soliqlarning о‘sishi davlat xizmatlariga 
bо‘lgan ehtiyojning о‘sishi bilan kuzatilishi kerak, dyeb hisobladi. 
SHvyeysariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning 
Moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xо‘jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, 
asosan, proteksionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bо‘yicha ingliz Yuqori bojxona 
bojlari) qarshi qaratilgan bо‘lib, bunday siyosatni u millatga ziyon yetkazuvchi siyosat dyeb 
hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tyegishli sharoitni yaratish borasidagi 
proteksionizm siyosatining ijobiy tomonlarini kо‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz 
ravishda katta rol о‘ynab borayotgan о‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u yetarlicha 
baholay olmadi. 
YAngi tarixiy maktab konsepsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bо‘ldiki, 
uning boshlanishi nyemis olimlarining (G.SHmollyer, M.Vyeber, A.Vagnyer va boshqalar) 
nomlari bilan bog’liq. Davlat Moliyasini tadqiq qilish bilan kо‘proq A.Vagnyer Shug’ullanib, u 
davlatning yordami bilan kapitalni jamg’arishning о‘z yechimini taklif etdi. Davlat faoliyatining 
(ma’muriy, sosial-madaniy va investision) hajmini (kо‘lamini) kengaytirish nuqtai-nazaridan 
muammoni hal etishga yondoshib, u soliqqa tortishning tо‘qqiz prinsipini ishlab chiqdi va ularni 
quyidagi guruhlarga birlashtirdi: 

yetarlilik va harakatchanlik; 

kerak bо‘ladigan manba va ob’yektni tanlash; 

eng umumiylik va tyenglik; 

aniqlik, qulaylik, arzonlik. 
Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur prinsiplarini tо‘ldirdi. Klassik burjua 
siyosiy iqtisodidan sо‘ng A.Vagnyer mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsimlashga 
erishish uchun davlat Moliyadan foydalanishi mumkin dyeb hisobladi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish