Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli bо‘lishi mumkin



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbusli bо‘lishi mumkin. 
Agar tashabbusli 
tekshiruv iqtisodiy sub’yektning о‘z qarori bо‘yicha amalga oshiriladigan bо‘lsa, majburiy audit 
uning xohish-irodasi va istagiga bog’liq bо‘lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda 
majburiy tartibda о‘tkaziladi. Har yili majburiy auditorlik tekshiruvi:

aksiyadorlik jamiyatlari; 

banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug’urta tashkilotlari; investision va boshqa 
jamg’armalar, Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari, ularning boshqaruvchi 
kompaniyalari; 

Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratma mablag’lari ularning asosiy manbalari 
bо‘lgan xayriya va boshqa ijtimoiy jamg’armalar; 



hosil bо‘lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, Yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratmalardan iborat bо‘lgan nobyudjet fondlar, ustav 
jamg’armasida davlatga tyegishli ulushi bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarda о‘tkazilishi 
shart. 
Majburiy auditorlik tekshiruvining buYurtmachisi sifatida xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt 
ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk egasi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt 
qatnashchilari (aksiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi 
о‘tkazilishidan bosh tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektdan eng kam ish haqining ellik barobari 
miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda uning rahbarining qonunchilikda belgilangan tartibda 
javobgarlikka tortilishiga sabab bо‘ladi. Jarima tо‘lash xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni majburiy 
auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan ozod etmaydi. 
Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bо‘lib, bunda asosan tekshirilayotgan 
sub’yektning Moliyaviy hisoboti tо‘g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri 
ostida bо‘lishdan uning ozod ekanligini tuShunish lozim. Shu bilan birga, yana Shuni hisobga 
olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga solinadi. 
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat aralashib, u audit mye’yori 
va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini rо‘yxatdan о‘tkazadi hamda 
ularning faoliyati ustidan nazorat о‘rnatadi. О‘zbekistonda ham xuddi Shunday ahvol tarkib 
topgan bо‘lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U 
Moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bо‘lgan muhim korxonalarni ajratib, 
ularda audit о‘tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi, 
imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar bо‘yicha) talablar qо‘yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik va boshqa normativ 
hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar jamoatchilik tashkilotlari tomonidan 
auditning о‘zini о‘zi boshqarishiga katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir 
mamlakatda jamoat tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, 
AQSH va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan profyessional jamoat 
auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi. 
Kо‘pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. Ularning asosiy 
vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq mye’yorlari bо‘yicha standartlarni ishlab 
chiqish, auditorlar ish-faoliyatining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bо‘yicha 
bilimlarini attyestasiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik mye’yorlarini buzgan 
shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qо‘llash (bu - davlatga xos xususiyat bо‘lmagan 
mamlakatlarda) kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, SHvyesiyada, garchi Vakolatli auditorlar 
uYushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uYushmasi ishlab turgan bо‘lishiga qaramasdan, umuman 
auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat tomonidan amalga oshirilib, bu bizning 
Respublikamizga ham xos bо‘lgan xususiyatdir. О‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish 
jihatidan davlat organlari bilan о‘zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik 
faoliyatini tartibga solish bо‘yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab 
qо‘yilgan. 
О‘zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati tо‘g’risidagi qonunini amalga oshirish, 
auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash, soliq va boshqa nazorat organlari 
tomonidan auditorlik xulosalari hisobini Yuritishni ta’minlash maqsadida sо‘nggi vaqtlarda 
bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy о‘zgartirishlar 
kiritildi
10

Xususan, belgilab qо‘yildiki, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va hisobot tuzish ishlari 
auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning Moliyaviy-xо‘jalik 
10
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Аудиторлик фаолиятини 
такомиллаштириш ва аудиторлик текширувлари ролини ошириш тўғрисида» 2000 йил 22 
сентябрдаги 365-сонли қарори. 


faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tyegishli 
auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda Moliyaviy hisobotning tо‘g’riligi 
uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi. 
Tartiblar tо‘g’risida bir nyecha nizomlar tasdiqlangan: 
a) soliq va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish; 
b) majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik 
Yurituvchi sub’yektlardan jarima undirib olish; 
v) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziyalar 
berish. 
Soliq organlari va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini Yuritish 
tо‘g’risidagi nizom bunday xulosalarning ikki turini belgilab bergan bо‘lib, ulardan har biri 
muayyan huquqiy oqibatlarga olib kyeladi: 
- ijobiy auditorlik xulosasi
 
auditorlik tashkiloti tо‘g’risida xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning 
Moliyaviy hisoboti uning Moliyaviy ahvolini tо‘g’ri aks ettiradi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt 
tomonidan amalga oshirilgan Moliyaviy va xо‘jalik opyerasiyalari О‘zbekiston Respublikasi 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kyeladi, degan fikrlar mavjud bо‘lgan hujjatdir. 
- salbiy auditorlik xulosasi
 
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning Moliyaviy hisobotida 
tartibbuzarliklar mavjud bо‘lib, Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishishga olib kelishi 
mumkin bо‘lganligi tо‘g’risidagi fikr bildirilgan auditorlik tashkiloti
 
hujjatidir. 
Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektda oldingi ikki yil uchun ijobiy yillik auditorlik xulosasi 
mavjud bо‘lishi uni xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar rо‘yxatiga kiritish uchun zarur shartlardan 
biri hisoblanib, ularning Moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini soliq va boshqa nazorat organlari 
tomonidan tekshirish sо‘nggi tekshiruv о‘tkazilganidan kyeyin 24 oy о‘tmasidan oldin 
о‘tkazilishi mumkin emas. Salbiy auditorlik xulosasiga ega bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt 
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda 
о‘tkaziladigan tekshiruv Reja-jadvaliga kiritilishi kerak.
Soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda о‘tkaziladigan tekshiruv 
auditorlik xulosasi xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt Moliyaviy-xо‘jalik faoliyati natijalariga muvofiq 
kyelmasligini aniqlagan holda, ushbu auditorlik xulosasi shak-Shubhasiz soxta dyeb hisoblanadi 
va auditorlik tashkiloti, Shuningdyek bunda aybdor bо‘lgan shaxslar qonunchilikda nazarda 
tutilgan javobgarlikka tortiladi. Bunda soliq va boshqa nazorat organlari о‘n kunlik muddat 
ichida О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tyegishli auditorlik tashkiloti tomonidan 
amaldagi qonunchilik mye’yorlari buzilganligi aniqlanganligi tо‘g’risida xabar berishi shart. 
Auditorlik tashkiloti, Shuningdyek shak-Shubhasiz soxta auditorlik xulosalarini tuzishda 
aybdor bо‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish xо‘jalik Yurituvchi sub’yektni soliqlar va boshqa 
majburiy tо‘lovlarni tо‘lash bо‘yicha belgilangan tartibni buzganligi uchun qonunchilikda 
nazarda tutilgan jazo choralaridan ozod qilmaydi.
Majburiy auditorlik tekshiruvlarini о‘tkazishdan bosh tortganligi uchun xо‘jalik Yurituvchi 
sub’yektlardan jarima undirib olish tartibi tо‘g’risida nizom qonunchilikka muvofiq majburiy 
auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarga nisbatan amal 
qiladi. 
Jarima solish uchun xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvlarini 
о‘tkazishdan bosh tortishi asos bо‘ladi. Bunda yillik Moliyaviy hisobotning auditorlik 
tekshiruvini hisobot yilidan kyeyingi yilning 1 mayiga qadar о‘tkazilishi hamda auditorlik 
xulosasining yо‘qligi qoidabuzarlik fakti dyeb topiladi. 
Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishi lozim bо‘lgan xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt 
о‘zining yillik Moliyaviy yil uchun auditorlik tekshiruvini hisobot yilining 1 mayiga qadar 
о‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi о‘tkazilganidan kyeyin 15 kunlik muddat ichida tyegishli soliq 
organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi. 
Auditorlik xulosasining nusxasi belgilangan muddatda soliq organiga topshirilmagan 
holda, xо‘jalik Yurituvchi sub’yekt ushbu organga yozma ravishda auditorlik xulosasi yо‘qligi 
sababini aks ettiruvchi tuShuntirishni taqdim etishi shart. 


 Majburiy auditorlik tekshiruvi о‘tkazilishidan bosh tortilganligi sababli auditorlik xulosasi 
yо‘q bо‘lgan taqdirda, soliq organi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektga belgilangan tartibda jarima 
soladi.
Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvini о‘tkazmagan xо‘jalik 
Yurituvchi sub’yektga nisbatan soliq organi tomonidan jarima solish chorasi qо‘llanilmaganligi 
aniqlangan taqdirda, tyegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan 
tartibda javobgar hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining profyessional xizmatlaridan tashqari) yangi 
qonunchilik bо‘yicha auditorlik tyeshiruvini о‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma 
(litsenziya) mavjud bо‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini 
litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar 
berish tartibi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi. 
Auditorlik 
faoliyatini 
litsenziyalash О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
(litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish