6. Ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat) tannarxini shakllantirishni huquqiy tartibga solish.
“Mahsulot (ish, xizmat) ishlab-chiqarish va realizatsiya qilish yuzasidan qilinadigan, mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida”gi 1995 yil 27 yanvarda qabul qilingan Nizom hozirda tadbirkorlik sohasida ishlab chiqilayotgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxini shakllantirish jarayonini tartibga soluvchi asosiy normativ akt bo`lib hisoblanadi. Mazkur Nizomga ko`ra, mahsulot (ish, xizmat) tannarxi mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarishda foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yonilg`i, energiya, asosiy jamg`armalar, mehnat resurslari, shuningdek, uni ishlab chiqarish va sotishda sarflanadigan harajatlarning qiymatiy bahosini qamrab oladi. Mahsulot tannarxini shakllantiradigan harajatlar iqtisodiy mazmuniga ko`ra quyidagi qismlari bo`yicha guruhlarga bo`linadi: -material xarajatlar; -mehnatga haq to`lash xarajatlari; -ijtimoiy manfaatlar uchun ajratmalar ajratish; - asosiy jamg`armalarni amortizatsiyalash; -boshqa xarajatlar. «Material chiqimlar» qismida muomaladagi jamg`armalarning ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan xarajatlari o`z ifodasini topadi. Bular asosan mahsulot tayyorlash, transportirovka qilish va sotish jarayonida sarflanadigan material resurslar qiymatidir. Ulardan muhimi xom ashyo va materiallardan foydalanish hisoblanadi, negaki ular ishlab chiqarilgan mahsulot sirasiga kiradi va uning asosini shakllantiradi hamda ishlab chiqarishning zaruriy qismlarini tashkil etadi.
Shuningdek, normal texnologik jarayonni ta`minlash uchun xarid qilinadigan materiallar yoki ishlab chiqarish va xo`jalik manfaatlari uchun sarflanadigan boshqa mablag`lar, boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ish va xizmat ko`rsatish turlari, xususan, transport xizmati, texnologik maqsadlar uchun foydalaniladigan yonilg`ining barcha turlari va boshqa resurslar shular jumlasindandir. Asosiy e`tibor material resurslarning qiymatini aniqlash tartibiga qaratiladi. Ularning qiymati, ishlab chiqarish bahosi, (QQS hisobisiz), narx, qo`shimcha qiymat, komission mukofotlar, tovar birjalari xizmat haqi, bunda brokerlik xizmati ham hisobga olinadi, bojxona soliqlari, transport xizmati uchun haq to`lash, boshqa tashkilotlar tomonidan mahsulotlarni saqlash va yetkazib berish haqlari asosida shakllanadi. Material resurslar qiymatiga yana taralar uchun ketgan mablag`lar va tarani o`rashning foydalanish imkoniyati shunday holatda hisobga olinadiki, unga ko`ra bu resurslarga juda yuqori narx qo`yiladi. Mahsulotning tannarxini shakllantirish uchun ketgan mablag`ning qiymatini aniqlashda material resurslar mablag`idan qaytarilgan chiqindilar qiymati chiqarib tashlanadi. Shuni ta`kidlash lozimki, bu elementning tannarxini hisoblab chiqishda arzon narxga ega va tez eskirishga moyil mehnat vositalari ham e`tiborga olinishi kerak, biroq ular asosiy vositalarga kirmaydi. Qonunchilikda material chiqimlar qiymatining hisobga olish tartibining to`la yoritilishi bejiz emas. Chunki mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyat turidan qat`i nazar, tadbirkorlarning bu chiqimlar qiymatining yagona holga kelishiga erishishi juda muhimdir. Material resurslar orasida xo`jalik yurituvchi subyektlarning tabiiy xom ashyo uchun ajratgan mablag`lari hisobga olinadi. Bunga material xom-ashyo bazalarini qayta ishlash, yerni takror kultivatsiya qilish, suv uchun to`lov, o`rmon jamg`armasidan foydalanganlik uchun pul to`lovi kiradi. «Mehnatga haq to`lash xarajatlari» qismida guruhlangan mahsulotlar tannarxi, o`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra ishlab chiqarishda ishtirok etgan ishchi kuchi qiymatini, ya`ni, normal sifatga erishish uchun lozim bo`lgan hayotiy vositalarning qiymatini ifoda etadi. «Mehnatga haq to`lash harajatlari» qismida o`z ifodasini topgan tadbirkorlarning chiqimlarini shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: a) haqiqatda bajarilgan ish uchun to`lanadigan to`lovlar;
b) rag`batlantiruvchi xarakterdagi to`lovlar. Bu to`lovlar haq to`lashning asosiy tizimi hisobga olinmagan holda, mehnat shakllarini moddiy rag`batlantirish sifatida mehnat qonunchiligida belgilangan tarzda amalga oshiriladi; v) kompensatsiya xarakteridagi to`lovlar, masalan, tashkilot bilan mehnat munosabatida bo`lgan onalarga bolani uch yoshgacha parvarish qilish ta`tilida to`lanadigan to`lovlar yoki amaldagi qonunga muvofiq ish tartibi va mehnat sharoiti yuzasidan to`lanadigan to`lovlar; g) kafolatlangan xarakterdagi to`lovlar. Bularga jumladan, yillar davomida xizmat ko`rsatganligi uchun to`lanadigan mukofot puli, navbatdagi va qo`shimcha ta`tillarga to`lanadigan haq kiradi; d) korxona shtatida turmaydigan ishchilar mehnatiga to`lanadigan haq, jumladan: -ular tomonidan fuqaroviy-huquqiy xarakterda tuzilgan shartnomadagi ishlarni bajarishi, agar ishchilar bilan hisob-kitobni korxonaning o`zi yurgizsa; -ularning bir marotabalik ishlarini bajarishi (inventarni ta`mirlash, ekspertiza o`tkazish va boshqalar); -shtatdan tashqari ishchilarga beriladigan gonorarlar (ma`ruza o`qiganlik uchun, radio va televideniyeda chiqishlar uchun, tarjimalar uchun va boshqalar). Nizom bulardan qaysilari korxonaning joriy yil uchun mehnatga haq to`lash xarajatlari tannarxiga kiritilishini, qaysilari daromad hisobidan amalga oshirilishini aniq belgilab beradi. Amaldagi qonunchilikda xo`jalik yurituvchi subyektlarning budjetdan tashqari ijtimoiy jamg`armalarga majburiy mablag` ajratishlari ko`rib chiqilgan. Nizomga muvofiq, bu mablag`lar «ijtimoiy manfaatlar uchun mablag`lar ajratish» qismi sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bu qismda davlat ijtimoiy ta`minot, nafaqa jamg`armasi, tibbiy sug`urta va bandlik to`g`risidagi davlat jamg`armalariga mablag` o`tkazish majburiyatlari o`z ifodasini topgan. Badallarni hisoblash ishchilarga mehnat haqi to`lash harajatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, bunda bu xarajatlar («Mehnatga haq to`lash xarajatlari») qismiga (sug`urta badallari olinmaydi) muvofiq mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladi. Sug`urta badallari hisoblanmaydigan mehnatga haq to`lash turlarini ro`yxatga olish va sug`urta badallari summasini hisobga olish tartibi tegishli yo`riqnomalar bilan belgilanadi. «Asosiy jamg`armalarni amortizatsiyalash» qismida asosiy ishlab chiqarish jamg`armalarini to`la qayta tiklash, tezkor amortizatsiyani kiritgan holda amortizatsion hisoblash miqdori o`z ifodasini topgan.
Beshta qismdan oxirgisi, ya`ni, «boshqa harajat»ni Nizomda tabiatidan kelib chiqqan holda turli ko`rinishdagi iqtisodiy mohiyatga ega xarajatlar sifatida baholab, korxonaga mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga ularni yuklash yo`li bilan moliyalashtirishni amalga oshirish huquqi berildi. Bu qismga kiritilgan xarajatlar ro`yxati bir chiziqda emas, chunki, bunday hisobga olish amaliy rejaning noqulayligini keltirib chiqaradi. «Boshqa chiqimlar» qismiga masalan, ixtiro uchun mukofotlar, kredit olishda foiz to`lash xarajatlari, mahsulotni majburiy sertifikatsiya qilish ishlariga haq to`lash, xizmat safariga ajratiladigan mablag`lar, yong`indan saqlash va huquqni himoya qilish organlari, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun haq to`lash, aloqa va hisoblash markazlari xizmati uchun haq to`lash va boshqa xarajatlarni amortizatsiya qilishlar kiradi. Tahlil etilayotgan qismga, shuningdek soliqlar, yig`imlar, maxsus budjetdan tashqari jamg`armalar hisobiga ajratmalar kiradi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq mahsulotning tannarxiga quyidagilar ham kiradi: yer solig`i, transport solig`i, yo`l jamg`armalari tashkil etishda manbai bo`lib xizmat qiladigan soliqlar, gerb yig`imi, davlat boji, tabiiy muhitga zararli chiqindilarni tashlaganlik uchun to`lovlar, (ushbu to`lovlar tabiatdan foydalanuvchilar ixtiyorida qoladigan foyda hisobidan qoplanadi). E`tiborni shunga qaratish muhimki, tannarx tarkibiga xo`jalik faoliyatiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lgan bevosita harajatlar bilan birga bilvosita harajatlar ham kiritiladi. Soliqqa tortish maqsadida ishlab chiqarish tashkilotining xarajatlari belgilangan tartibda tasdiqlangan limit, norma va normativlarni hisobga olgan holda tekshiriladi. Masalan, xizmat safari chiqimlari uchun xarajat normalari, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taqdim etilgan chiqimlarning chegaralangan miqdori, shaxsiy yengil avtomobillarning xizmat safari uchun kompensatsiya to`lash normalari, yiliga bir marta reklama qilishning chegaralangan hisob-kitoblari uchun normativlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |