Asar badiiy tahlili yo’nalishlari va badiiy asarning
ilmiy tahlili
Reja:
1. Tahlil yo’nalishi tushunchasining mohiyati va mazmuni.
2. Badiiy matnni o’rganishda tahlil yo’nalishini tugri belgilash.
3. Genetik va tipologik yo’nalishga xos xususiyatlar.
4. Funksional va falsafiy yo’nalish sifatlari
5. Tahlilning psixologik va filologik yo’nalishi.
Badiiy tahlilda qat'iy ilmiy tartibga rioya etgan holda so’zdan obrazga,
obrazdan goyaga qarab boriladi va tahlilning barcha bosqichlarida badiiy
so’zning estetik jozibasi diqqat markazida turadi. Tahlil etilayotgan asarni
qaysi jihatdan o’rganish, tadqiq etish lozimligini belgilash uning yo’nalishini
tayin etadi. Badiiy asar tahlilning to’laqonli bo’lishi, ko’p jihatdan
tahlilchining matnni qanday yo’nalishda tekshirishni aniq bilishiga bogliqdir.
Adabiy asar tahlili bilan maxsus shugullangan mutaxassislarning
ko’rsatishlaricha, amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, funksional,
falsafiy, psixologik va filologik singari olti yo’nalishda amalga oshiriladi.
Albatta, bu xildagi tasniflar juda shartli qabul etilishi lozim. Negaki, odatda
badiiy tahlil jarayonida bu yo’nalishlardan biri ustuvor urin tutishi mumkin
bo’lsa-da, deyarli hech qachon bittasi sof holda qo’llanilmaydi. Chunki
o’rganilayotgan asarga har jihatdan qarash zaruriyati hamisha saqlanib
qoladi. Badiiy asarni genetik yo’nalishda tahlil etishda asarning yuzaga
kelish jarayoni, variantlari, yozilish sabablari tadqiq etilishi ko’zda tutiladi.
Bu yo’nalishdagi tahlilda muayyan asarni yuzaga keltirgan omillarning
ko’rsatilishiga alohida e'tibor o’aratilgan. Tipologik yo’nalishda esa, asar
muallifi bilan adiblar orasidagi ijodiy ta'sir, badiiy vorislik, asarni yuzaga
keltirgan badiiy yoki hayotiy manbalar, tahlil etilayotgan asarning o’sha
davrda yaratilgan boshqa asarlarga o’xshash hamda farqli jihatlari singari
jihatlarga e'tibor qaratilishi lozim. Funksional yo’nalishda amalga oshirilgan
tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta'sir kuchiga alohida diqqat
qaratiladi. Unda o’rganilayotgan asarning muayyan millat va insoniyat
ma'naviyatiga ko’rsatgan ta'siri tekshiriladi. Tahlillanayotgan asarning milliy
adabiy jarayonda tutgan o’rni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki
tekshirilayotgan davr kishilari tafakkuriga ta'siri o’rganilishi lozim. Asarda
qanday ijtimoiy qonuniyat qaysi obraz orqali ochilganini tekshirishi zarur.
Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotshunosligida ham Botish estetikasida har
doim ustuvor maqomga ega bo’lgan funksional yo’nalishdagi tahlil keng
yoyilgan va bu hol bir qator ijobiy xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik,
biryoqlamalik, matnning badiiy jozibasini e'tibordan qochirish singari salbiy
holatlarni
ham
keltirib
chiqaradi.
Falsafiy
yo’nalishda
yozuvchi
dunyoqarashining xususiyatlari va tahlil etilayotgan asarda adib e'tiqodining:
olamni ko’rish, anglash, tushuntirish hamda aks ettirish tarzining namoyon
bo’lishi
tekshiriladi. Lekin bunday tahlil badiiy matndan ayri falsafiy
mushohadalardangina iborat bo’lib qolmasligiga e'tibor qilinishi kerak.
Chunonchi, badiiy matnga boglanmagan, ijodkorning ayni o’rganilayotgan
asaridan kelib chiqmaydigan har qanday "chuqur ma'noli" xulosa tahlil
uchun mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi va o’rganilayotgan matnning na
badiiy va na falsafiy jihatini ochib beradi. Psixologik yo’nalishda adibning
ijodkor shaxs sifatidagi o’ziga xosligi jarayon psixologiyasi, asarustida
ishlash usuli, shu jarayondagi ruhiy holati va ularning tahlillanayotgan
asarda qoldirgan nuqsi, uning saviyasiga ko’rsatgan ta'siri kabilar
o’rganiladi. Bunday tahliliy yo’nalishda yuqorida sanalgan jihatlarning qay
yo’sinda
badiiy
uslubga
aylangani
badiiy
haqiqat
shakliga
kirganligitekshiriladi. Filologik yo’nalishda asosiy e'tibor o’rganilayotgan
asarning estetik hodisa ekanini har jihatdan asoslashga qaratiladi. Bu
yo’nalishdagi tahlilda o’rganilayotgan asar filologik hodisa sifatida ham til,
ham tasvir vositalari hamda ular o’rtasidagi davomiylik va novatorlik nuqtai
nazaridan tekshiriladi. So’zning o’z va badiiy ma'nosi konstekstdagi jozibasi,
badiiy matn zamirigayashirilgan mazmun va bu yashirilganlikning ham
hayotiy, ham estetik sabablari singari bir qator jihatlarga ustuvor e'tibor
qaratiladi.
Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada
turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil
tahlilning
maqsadini
belgilash
zarurdir.
Ilmiy
tahlilning
maqsadi
o’rganilayotgan asarning hayotiy va badiiy mantigi hamda estetik jozibasini
ochishdan iboratdir. Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning
haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl o’rnini
tayin etish, muayyan asarning millat badiiiy tafakkuriga qo’shgan yangiligini
xolis aniqlab berish, uning jamiyat a'zolari ijtimoiy ongiga ta'sirini belgilash,
asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi o’rni va inson ma'naviyatini
shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar turadi.
Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda
tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish
ko’riladi. Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda,
kimlarningdir didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish
zaruriyati bo’lmaydi. Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi bo’lajak
o’quvchilarining yoshi va intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga
deyarli e'tibor qaratmaydilar. Chunki ilmiy tahlilda tadqiqqilinayotgan badiiy
matn va u haqdagi xulosalarni qabul qiluvchi kishilar youmuman tasavvur
etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda ham "ko’zda tutilgan" o’quvchi
g’oyatmavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik tahlilda faqat tahlilning
teranligi, xulosalarning asosliekanligi hamda tekshirilayotgan badiiy
asarning imkon qadar ko’proqqirralari qamrab olinishi vaunga xos
xususiyatlarni iloji boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi.
Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida
borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin
qoida shundan iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi
qandayligidan qat'i nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas.
Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi,
matn. San'at asari bilan o’quvchi o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning
estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma'naviy faktorga aylanadi,
shaxsning mulki bo’lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi.
Bu yo’lda o’quvchiga matnni to’liq anglamaslik holati jiddiy to’siq bo’lib
turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur
bo’ladi. Shuning uchun ham filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari
yuragida badiiy matnga daxldorlik hissini tug’dirishga erishishi lozim.
Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida
qayg’urmay, ko’nglidagi tuyg’ularni, miyasidagi fikrlarni moddiylashtirishga
intilgani maqul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada
tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi
ekanligini belgilab qo’ygani maqul. Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida
qolib ketmaydi, balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat
qildira oladi.
Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, holisligi,
ilmiy jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni ko’ra bilish salohiyatiga ega
ekanligiga bog’liq bo’ladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli bo’lmasa,
asarning saviyasiga emas, balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy
xulosa berishi mumkin. Yoki hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning
tazyiqi hamda ro’yxushligiga asoslangan holda ish ko’rish xavfi ham
bo’ladiki, bunday holda ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali bo’ladi. Shuning
uchun ham filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning
o’tkinchi injiqliklaridan xoli fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy
va badiiy mantig’i hamda estetik jozibasi namoyon bo’lishi mumkin.
O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash", U.Normatovning "O’tkan kunlar"
xayrati", "Abdulla Qaqqorni anglash mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari
shu xildagi yondashuv mevalaridir. Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining
izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir qadar ehtirosli yo’sinda bayon
etilishiga erishishi lozim. Chunki hissiyotga yo’grilgan badiiy matn haqida
sovuq tilda fikrlash o’rinli bo’lmaydi. Shu o’rinda ilmiy tahlilni amalga
oshirish bo’yicha misol keltirish foydalidir. Biz O’zbekiston xalq shoiri To’ra
Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz. Dunyoning
buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda shunday gap bor: "Yozuvchi
bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma'noda Tura
Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech mini yuq kishidir. Guzal
Baxmal toglari qo’ynidagi Aldashmon qishlogida tugilgan bo’lajak shoirning
armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji qatagon davriga to’gri
keldi. Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi ko’rpa-to’shakkacha
inqilobiy hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har yo’l bilan
turtkilab, kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va
ta'sirchan To’ra siniqibroq, uychanroq bo’lib usdi. Bu holat uning xotirasida
chuqur iz qoldirdi va butun yozganlarida ana shu siniqlik, ko’ngli yarimlik
nuqsi sezilib turadi. She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok
siynasida, Ushalib ushalmay qolgan armonman’’,- deb yozganida
bolalikning ana shu achchiq iztiroblarini ko’zda tutgandi. Otasi qamoqdan
chiqqach, 1939 yilda To’ralar oilasi Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish
xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u togda dunyoga kelib, chulda dunyo
taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga tushgan shurishlar yosh To’rani
juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash, birovning dardini his qilish
sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir umrga qoldi. Tiynatidagi
ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u olamga, odamlarga,
dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida qaray olmasdi. U
ko’p o’qirdi, butunbutun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanoq nimalarnidir
aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga
tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga
ko’rsatmay yurdi. Birinchi she'ri e'lon qilinganida yigirma olti yoshda edi.
O’sha vaqtlar yozgan bir she'rida u o’zini she'riyat dunyosida umid bilan
yo’lga chiqqan karvonga o’xshatadi:
Men ham umid bilan safarga chiqib,
Uzoq manzillarga ko’z tikkan jonman,
Birda Sirday toshib, birda tutoqib,
Katta yulga chiqqan,
Kichik karvonman.
She'r-iste'dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan,
uning boshqalarga noma'lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir
bo’lolmaydi. O’qib shoir bo’lish mumkin emas. U- qismat. Shoir
bo’lmaslikning uddasidan chiqa olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha
nimadandir norozi, nimadandir hayajonda. Olamni boridan guzalroq,
odamlarni hozirgisidan komilroq ko’rish istagi shoirni doim bezovta qiladi.
Shu bois u tinimsiz to’lganadi, izlanadi:
Suvlar ham tinidi sunbula kelib,
Tinib-tinchimagan bu ko’nglim, hayhot.
Na bahor, na yozdan, na to’kin kuzdan
Hecham konikmadi, bu ko’nglim, hayhot!
Shoir bir umr o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib
yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yulini malollanmay
bosib kelayotgan ijodkor. U har ne topsa, o’zidan topishi mumkinligini biladi.
U qalbini to’xtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, o’zining
yuragida. O’z yuragini anglamagan odam o’zgani tushunolmaydi. O’zgani
tushunolmagan kimsa, Haq bilan sirlasholmaydi. Haq bilan sirlashishning
eng bexato yuli unga begaraz muhabbatdir, uni adoqsiz sevishdir. To’ra
Sulaymon she'riyati - ishq haqidagi bitikdir. U muhabbat tufayli qalam tutdi,
muhabbatni kuyga soldi va hanuz sevgi iztiroblarini aytib ado qilolmaydi:
Men seni suydim, Qorako’z,
Suydim, suydirolmadim.
Ishqingda kuydim, Qorako’z,
Kuydim, kuydirolmadim.
Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she'r yozmay, shoir bo’lmay
iloji yo’q. Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she'rida: "Dardsiz
yashamoqlik-dardmandlik asli",- deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl
shoir bor hammasi dardmand. Ular guzallikning, ezgulikning dardi bilan
ogrigan bemorlar. Barcha chinakam asarlar gamning mevalari o’laroq
dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk ijodkorlaridan biri: "Shoir diliga qilma
havas but esa bagring,Shoir yuragin doimo vayron yozajakman",- deya nola
qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:"Dilu jon o’rtanar, dil orom istar, Ilhomning
pichogi sanchilar butkul",- deb ozorlanganida haq edilar. Bilasizki,
Odamning loyini qorishga suv bo’lsin deb yogdirilgan qirq kunlik yomgirning
o’ttiz tuqqiz kuni gam, bir kuni shodlik yomgiri edi. Navoiy hazratlari:
"Ko’ngilda gam yuqligi o’zi gamdur, Alam yo’qligi asru alamdir",-deganlarida
barcha ijodkorlarning kungillaridagini o’rtaga tashlagandilar. Shundan
bo’lsa kerak, To’ra Sulaymon alamangiz she'rlarni ko’p yozadi. Shunday
she'rlari o’quvchilar qalbini tuliqroq egallaydi, xotiralarida hamishalikka
qoladi:
Izlay-izlay xorib bo’ldim, sensiz yolgiz garib bo’ldim,
Endi bosgan izlaringni to’rt tomondan topolmasman.
Yo’qotganlarining topilmasligini, ketganlarining qaytmasligini bilgan
kishining adoqsiz armonlari ifodasiga qarang:
Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr boshlari,
Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari?
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari,
Bahor, ketma, mening bogimdan.
Adolatning toptalganini ko’rgandagi ko’ngil rozlari ham gamli ohang bo’lib
misralarga quyiladi:
Bemavrid xeshlarimning ko’zlarida yosh ko’rsam,
Bir mard bilan nopokning yo’lini tutash ko’rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo’lda adash ko’rsam,
Bir betayin kimsaning oyogida bosh ko’rsam...
Ko’nglimda armon yotar terskaydagi ko’r misol.
Insonning so’nggi makoni haqida o’yga tolgan shoir qismat oldidagi o’z
ojizligidan iztirob chekmoqda bo’lgan kishi ruhiyati tovlanishlarini anduh
bilan o’ziga xos yusinda tasvirlaydi:
Bu maskan kopkasizdir, bu qo’rgon hoqonsizdir,
Borish boru kelish yo’q, bu go’sha omonsizdir.
T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy
yuk, salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning
nazarida she'r bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning
kimligini aniqlaydigan mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir:
Ulan bilmas er asta ayniy boshlar,
Qaydan bilsin ulanni bagri toshlar.
Tura Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan
yombi va zalvorli fikrlarshe'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor,
she'rda hikmat" degan xadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida
namoyon qilishga tirishadi. Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan
qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi eng murakkab jarayonlarni bor
chigalliklari bilan tasvirlashga e'tibor o’ta kuchaygan bir sharoitda
T.Sulaymon goyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal badiiy topildiqlarni
sodda yusinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay tasvirlash yo’lidan
boriyapti. Ko’pincha, she'riyatdagi soddalik jo’nlikka olib boradi. T.Sulaymon
ijodida esa,soddalik teranlikka xizmat qilgan. Asl ijod buzilgan
muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib,
hali birorta tuzukroq she'r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi
odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o’zgacha
kechadi. Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi yalongoch,
himoyasiz, ro’y bergan hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. Bir
haqiqat ayonki, ijodkor bir umr o’z bolaligini tasvirlash bilan band bo’ladi.
Qishloqda nari borsa, un yetti yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu
haqda yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay bir darajada bolalikdir. Adiblar har
doim ham shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular faqat ijod qilayotganlarida,
ilhomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan vaqtlarda hammamizday
odamlar. Shuning uchun ham To’ra Sulaymonovning:
“Telbanamo edim yoshlikda,Telbalikning hali aksi bor”- misralarini faqat
hazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilhomiy holatning suvrati
deyish mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli
ta'sirlanish, qattiq xursand bo’lish yoki qaygurish, shu holatini qogozga
kuchirmaslikning ilojini topolmaslik ruzgoriy mezonlar bilan o’lchanganda
telbalikning o’zginasi. Lekin shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy
miqyoslar bilan ish ko’radi, ma'naviy tarozilar bilan tortadi. Shoir devonafe'l
bo’lganligi, darveshvash yashaganligi uchun axloqiy va haqiqiy qoliplarga
ko’pda rioya qilavermaydigan zot bo’lganligi uchun ham bizning
nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga o’xshab ko’rinadi.
Chuqurroq o’ylab qaralsa, uning erki qulning erkidan cheklanganroq bo’lsa
borki, ortik emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin bo’lolmaydi. Aslan ijod
erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan ijodning erkinligini
anglatadi. Shoir o’z tuygulariga, hissiyotiga xo’jayin bo’lolmaydi. Hissiyotini
boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilhomiga ham biylik qilolmaydi.
Bil'aks shoir o’z ilhomining qulidir. Unda faqat junbushga bo’lgan tuyguni,
quyilib kelayotgan fikrni go’zal shaklda ifodalay olish erki bor, xolos. Ilhomni
zo’rlab bo’lmaydi. Talantli shoirlar istalgan vaqtda emas, ko’ngillari
tusagandagina she'r o’qiy oladilar. Bundayroq shoirlarga iltimos qildingiz,
bas o’qiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste'dod sohiblari
va ular ilhom bilan ish ko’radilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga
tomoshabin bo’lsa bas. Shu bois ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Zo’rlangan
ilhom chala nasl beradi. Shu sabab To’ra Sulaymon butun tuyguga, butun
yurakka egaligi haqida faxr bilan yozadi:
Menga butun ko’ngil kerak, kun kerak,
Menga tutash yulduz to’la tun kerak.
Men y’rtilab muhabbatni olmayman,
Men yorti do’st xonasida qolmayman.
U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala
yovlashmaydi, chala do’stlashmaydi. O’z so’ziga, o’z tuygusiga ega
bo’lganligidan gururlanadi. Tuygular o’ziniki bo’lgani bois "yuqumli".
Birovdan tuygu olib, birovning ovozi bilan kuylab, birovning so’zi-la tasvirlab,
e'tirof qozonish mumkin emas. Shoir shuning uchun: "o’zga sozni chalgulik
qilma" deya iltijoetadi. T.Sulaymon butun ijodiy umri mobaynida o’z sozini
chalishga urinib kelmoqda. Quyidagimisralarga e'tibor bering. Uchdan biri
shoir bulgan biznikiday yurtda ham boshqa birovnikiga
uxshatib buladimi ularni?
Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho,
Buy qizlarning ichida bir shu egma qosh tanxo,
Uningdek hech kim menga bo’lmasa sirdosh tanho,
Go’rugli sulton bir yon, To’ra Sulaymon bir yon.
Yoki mana bu tashbeh boshqa biror shoirni esga soladimi: ,,Osmon
o’rtasinda nozlanadir oy.,,Bu misralar kishini beixtiyor shoir tasavvuriga
mos ruhiy holatga tushiradi. So’zning qudrati shuda! To’ra Sulaymon
so’zning jilosini teran his etadi. So’zning xotirasidan ko’tarilgan xalqona
ohangdor shakllarini, unut bo’layozgan qadimiy ma'nolarini topadi. Shoir
so’z izlamaydi, balki holatga nom qidiradi. Uning tuygulari-xalqona.
Binobarin, ifoda ham shunga mos. Holatga yarashikli so’z topa bilish shoir
uchun saodat. "To’lganoy" dostonida: "Uni chechan demakimta'biri
yarashmasa..." deydi shoir va o’zi imkon boricha yarashikli ta'bir topishga,
ta'sirli tasvir qilishga urinadi. Har qanday ijodkorning asl qiyofasini uning tili
belgilaydi. Shu ma'noda To’ra Sulaymon tamomila o’ziga xos shoirdir. To’gri,
u ham boshqalar foydalanib yurgan so’zlarni ishlatadi. Lekin u bu so’zlarni
kitobdan olmaydi. Kitobdan olingan so’z obrazlarga yopishmaydi. Badiiy
matnda ham begonaligi bilinib turadi. T.Sulaymon so’zga ayricha bir erkinlik
bilan yondashadi. U har qanday asov so’zni ham yuvvosh torttiradi. So’zni
ruhga buysindira biladi. O’zi so’zning emas, ruhning stixiyasi yetovida yuradi.
Oddiygina so’zdan faqat To’ra Sulaymonga xos tasvir uslubini vujudga
keltira oladi. Quyidagi tasvirlarga e'tibor qiling:
Ko’kda suzgan bulut momiqdan ham oq,
Koshkiydi boshlansa yomgir yogaloq.
Bulutni paxtaga o’xshatish kimlardan qolmagan, lekin momiqqa o’xshatilish
uslubni o’zgartirgan. She'rning ohangi mirtemirona edi. Ammo ustoz bulutni
"paga", "oq" deya sifatlardi. Cho’lda,paxta orasida ulgaygan T.Sulaymon
uning momiqqa o’xshashligini ko’ra bildi. "Soginish" she'rida: "Yaylovlarda
maysa kimtir qo’y-qo’zi" tarzidagi tasvirda "kimtir" bagoyat urnida
ishlatilgan, bu so’zdagi ma'no nozikligini hammayam ilgayvermaydi.
Hodisalarni "turachasi"ga kurish namunasi: "Toglar tushi yorishdi, demak
tong otayotir". Quyosh haqida bir so’z demay, uni ko’rsatish mumkin ekan.
Goyat mavhum, moddiylashtirib bo’lmaydigan holatni aniq tasvirlay olish
mahorati namoyon bo’lgan tasvir: "Kelinlarning labida bo’saning isi qoldi".
Shoir she'rlarida hissiyotini izohlamaydi. Uni shunday bir ifoda bilan beradiki,
shu ifoda qatida ruhiy holatni tugdirgan sababga munosabat ham
yashiringan bo’ladi: "Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol,-" deydi
bir she'rida. Quyoshga ters tarafdagi qor uzoq vaqt erimay, kirlanib
yotganiday, lirik qahramon kunglidagi armon erib ketadigan emas,
o’shandoq bo’lsa, unga shoirning munosabati tayin, albatta, va u o’z-o’zidan
she'rxonga ham yuqadi. To’ra Sulaymon badiiy tajribalar o’tkazishga o’ch
emas. U qachonlardir paydo bo’lgan tajribalardan ustalik bilan foydalanadi.
Eski shaklning yangicha talqinlarini topa biladi. Shoir so’zning birlamchi
ma'nolariga murojaat etishni xush ko’radi: "bo’y qiz" deydi bo’yga yetgan qiz
haqida, "buzalam" deydi biz chimzor deb yurgan tushunchani, "uzangidosh"
deb ataydi xo’p o’zbeki qilib, xo’p ta'sirchan qilib, dust, tengdosh, jura,
safdosh singari bir qancha so’zlarni isrof qilib ham to’liq ifodalab
bo’lmaydigan yana bir tushunchani. Tilimizda hamisha bo’lgan, endilikda
ayrim keksalargina qo’llayotgan xushyor ma'nosidagi "sok" so’zi joyida
ishlatilgani bois ifodaviylikninecha barobar oshirib yuboradi. To’ra
Sulaymon so’zga avaylab, qizganib yondashadi. Ularning bemavrid
yuqolishiga yo’l qo’ymaslikka urinadi. "To’lganoy" dostonida "turlab sadrga
tushganda" degan jumla bor. Toglik qipchoqlarda hayotdan yosh ketgan
yigitning kiyimlarini ot ustigatashlab, ot bilan sadr tushish odati bo’lgan.
Yuqoridagi jumladan ana shu holat ifodasini topgan.Besh yashar otning
yilkichilar tilida "tulan" ekanini hamma ham bilavermaydi. Diqqatga sazovor
jihati shundaki, u bu xildagi so’zlarni, ma'lumotlarni shunchaki ekzotika
uchun, etnografik dalil sifatida emas, juda o’rinli va tabiiy tasvir vositasi
tarzida ishlatadi.
T.Sulaymonovning so’zga alohida bir ehtiyotkorlik bilan yondashuvi,
ehtiromi, fikrlarini hikmat yusinda ifodalaganida yaqqolroq ko’rinadi. Shoir
asarlari sinchiklab ko’rib chiqilsa, T.Sulaymon tomonidan bir qator maqolu
hikmatlar yaratilganiga guvoh bo’lish mumkin. Jumladan: "Sutsiz sigir
suzogon kelar", "Toqatliga toglar egar boshini", "Quvib-mangulik, Qochib
o’lgan-ko’mgulik" va x.k. El orasida: "yuzdan yugurik, mingdan tulpor" degan
gap bor. Millatimizaro keng tarqalgan o’nlab qo’shiqlarning
o;z
o’quvchilariga ega bo’lgan o’n tuqqiz kitobning muallifi To’ra Sulaymonov
o’zbek badiiy tafakkurining kamyob siymolaridan biri. U hamon qizgin ijodiy
faoliyat bilan band. "O’lmaslikka ishora o’langa oshiqligim",- deya
umidlangan shoirga ijodiy omadlar yor bo’ladi".
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent:“SHarq”nashriyot-matbaa
kontserni bosh tahririyati. 1999 yil
2. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”,1992 yil
3. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va
san’at nashriyoti, 2001yil
4. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
5. Aristotel. Poetika. – Toshkent: Fan, 1980yil
6. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik ¬– T.: “Fan”, 1991-1992
7. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.
8. Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002.
9. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi”,
2006.
10. ЙўлдошевҚ. Ёниқсўз. –Т.: «Янгиасравлоди», 2006.
11. Arastu. Poetika. Axloqkabri. – T.: “Yangiasiravlodi”, 2004.
12. UmurovH. Badiiyijodmujizalari. – S.: “Samarqand”, 1992.
13. BoboyevT. Adabiyotshunoslikasoslari. – T.: “O`zbekioston”, 2000.
14. QuronovD. Cho`lponnasripoetikasi. – T., 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |