7 . Moliyaviy natijani shakllantirishni huquqiy tartibga solish.
Moliyaviy natijani shakllantirish tartibi O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining II-III bo`limlari, «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish yuzasidan qilinadigan, mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida»gi Nizom haqida «Buxgalterlik hisobi bo`yicha tashkilotlar daromadi va xarajati to`g`risida»gi Nizomlar bilan tartibga solinadi. Yakuniy moliyaviy natija (kirim yoki chiqim) tashkilot faoliyatining oddiy turlari, tadbirlar yuzasidan ketadigan xarajatlar miqdoriga kamaytirilishi operatsion va amalga oshirilmagan (foydalanilmagan) daromadlardan tashkil topadi. Xizmat ko`rsatish, ish bajarish bilan mablag`lar mahsulot va tovar sotishdan tushgan tushum faoliyat oddiy turlarining daromadi hisoblanadi, mablag`lar hajmi tashkilot va xaridor (buyurtmachi) o`rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi, agar ijara shartnomasi bo`yicha bo`lsa, tashkilot aktividan foydalanuvchi tomonidan aniqlanadi. Agar mahsulot narxi shartnomada qayd etilmagan bo`lsa va shartnoma talablaridan kelib chiqqan holda haq belgilash imkoni bo`lmasa, unda tashkilot mutanosiblik asosida tushgan mablag`ning o`xshash mahsulotlar (tovar, ish, xizmat, ko`rsatish)ga qiyoslash orqali mablag` hajmini aniqlaydi. Agar majburiyatni amalga oshirish pulsiz vositalar bilan belgilansa, unda mablag`lar hajmi tashkilot tomonidan olingan yoki olinishi lozim bo`lgan tovar (qimmatbaho qog`ozlar) qiymati bo`yicha buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi. Mahsulot tayyorlash, tovar xarid qilish va sotish, ish bajarish, xizmat ko`rsatish bilan bog`liq xarajatlar faoliyatining oddiy turlari bo`yicha xarajatlar hisoblanadi. Bunga xom ashyo, material, tovar, boshqa moddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlar, ta`mirlash, qayta ishlash va sotish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar, tijorat va boshqaruv xarajatlari kiradi. Faoliyatning oddiy turidan tashkilotning moliyaviy natijasini shakllantirish uchun tovar, ish, xizmat ko`rsatishning tannarxi aniqlanadi. Operatsion daromadlar qatoriga asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish bilan bog`liq daromadlar, tashkilotning hamkorlikdagi faoliyatidan olinadigan foyda, foydalanish uchun berilgan pul mablag`lari foizi va boshqalar kiradi. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqarilishi, turli boshqa tashkilotlarning ustav sarmoyalarida ishtirok etishi bilan bog`liq harajatlar, shuningdek kredit beruvchi tashkilotlar tomonidan ko`rsatilgan xizmati evaziga to`langan haq operatsion xarajatlar hisoblanadi. Foydalanilmagan daromadlar tarkibiga qarzdor tomonidan tan olingan yoki qarzdor zimmasiga yuklatilgan jarimalar, penya, neustoyka va xo`jalik shartnomalari talablarini buzganlik uchun qo`llaniladigan sanksiyaning boshqa turlari, tekinga olingan aktivlar, hisobot joriy yilda aniqlangan o`tgan yil foydasi, tashkilotning keltirgan zararini qoplash uchun zarur mablag` va boshqalar kiradi. Foydalanilmagan xarajatga sud xarajatlari, xo`jalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar penya, neustoyka, qo`shimcha soliqlar, yetkazilgan zarar uchun xarajatlar, shubhali qarzlar summasi, debitorlik qarzini hisobdan chiqarishdagi xarajatlar, yong`in, avariya, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar, ekstremal sharoitlar, yetkazilgan zararlar sud qarori bilan aniqlanmagan o`g`rilik chiqimlari kiradi. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning hisoblab chiqilgan daromadlari soliq to`lashda soliqqa tortish manbai hisoblanadi. Shuning bilan birga, turli soliq turlarini to`lash uchun obyektni aniqlashning maxsus qoidalari ham mavjud. Tashkilotning soliq to`langandan so`ng qoladigan daromadi xo`jalik manfaatlari uchun qonunga muvofiq yoki muassislik hujjatlari asosida jamg`armalar tuzish, shuningdek, boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Masalan, daromad hisobiga iste`mol jamg`armasini ochish mumkin. Tashkilot hisobidagi daromad xo`jalik yurituvchi subyektning davlat oldidagi mulkiy mas`uliyatidan foydalanishning manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |