Bog'liq Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari v
3. Moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar bozorining bozor iqtisodiyotidagi roli va o‘rni. Uiston CHerchel “…bozor iqtisodiyoti ko‘p nuqsonlarga ega, lekin insoniyat undan yaxshirog‘ini o‘ylab topgan yoki ixtiro qilgan emas” deb yozgan edi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi ham bozor iqtisodiyoti yo‘lida bosqichma-bosqich dadil qadam tashlayotgan ekan, jamiyatning barcha sohalarida tub islohotlar olib bormoqda.
Tub iqtisodiy islohotlar to‘la samara bera olmaydi, tokim mamlakatda samarali moliya bozori amal qilmasa. CHunki faqat moliya bozori iqtisodiyotga investitsiya resurslarini olib kelishi mumkin.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar uchun byudjet mablag‘lari ham, aholi qo‘lidagi sarmoyalar ham kamlik qiladi. Buning uchun katta xajmdagi investitsiyalar kerak. Investitsiyalarni esa moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori orqali olib kelish mumkin. SHuning uchun ham mamlakatning iqtisodiy o‘sishida moliya bozori va qimmatli qog‘ozlarning roli benihoya kattadir.
Makroiqtisodiy o‘sish uchun ham mikroiqtisodiy rivojlanish uchun ham investitsiya rusurslari zarur. Bu resurslar ishlab chiqarishning barcha omillarini rivojlantirish uchun, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini va ishchi kuchini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar jamg‘armalarni tarmoqlar o‘rtasida taqsimlashga, investordan iste’molchi qo‘liga o‘tishga xizmat qiladi va shu orqali kapitalni bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar, unumdorli kapital, pul) aylanishini tezlatishga olib keladi.
Jamiyatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun bir qator omillar ta’sirini oshirish kerak.
Bular:
- bozorning daromadlik darajasi;
- soliq siyosati;
- kutilayotgan daromadni olishda xatar (risk)ni pasaytirish yoki oldini olish;
- bozorni struktura va funksional tashkil etishni boshqarib borish;
- investorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish;
- bozorni va uning ishtirokchilarini pinhoniy kuchlardan (mafiyadan) himoya qila bilishdir.
Qimmatli qog‘ozlar bozori bank-kredit tizimini to‘ldiribgina qolmay u bilan hamkorlik ham qiladi. Tijorat banklari odatda bir yildan oshiq muddatga kredit bera olmaydi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori esa xorijiy korporatsiya uchun pul mablag‘larini har qanday muddatga berish bilan birga bank kreditiga nisbatan qulay shartlar bilan jalb qilish imkonini beradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori har qanday bozor kabi sovdo sotiq ishlari bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil etadi, unda talablar hamda takliflar duch keladi. Talabni, investitsiyalarini pul bilan ta’minlash uchun o‘zlarining daromadlari etishmaydigan korxonalar, korporatsiyalar va davlat vujudga keladi.
Biznes va hukumat odatda qimmatli qog‘ozlar bozorida sof qarz oluvchilar (qarz berishga nisbatan ko‘proq qarz oladilar) sifatida namoyon bo‘ladi. Aholi, ayniqsa xususiy tadbirkorlarni esa har xil sabablarga ko‘ra daromadlari kundalik xarajatlariga nisbatan ortiq bo‘ladi. SHuning uchun qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy vazifasi omonatlarning har ikkala tomonni ham qanoatlantiradigan bahoda mumkin qadar to‘liq tez sarmoyaga aylantirishni ta’minlashdir.
YA’ni shuni ta’kidlash kerakki qimmatli qog‘ozlar tovarning eng murakkab turlaridan biri sanaladi, shuning uchun ham qimmatli qog‘ozlar bozori xizmat ko‘rsatish bozorining professional qatnashchilari – brokerlar, dilerlar, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari va banklar tomonidan amalga oshiriladi.
qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish korxona va tashkilotlar uchun nihoyatda muxim ahamiyat kasb etadi. Ularga ishlab chiqarish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun bank ssudalaridan foydalanmasdan turib pul resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi, chunki barqaror bo‘lmagan iqtisodiyot va pulning qadrsizlanishi sharoitida banklar qasqa muddatli kreditlar berishni afzal ko‘radi. qimmatli qog‘ozlar aholi uchun katta ahamiyatga ega, ular pullarini qo‘lda ushlab turmasdan, qimmatli qog‘ozlar olib, ularga egalik qilish yo‘li bilan o‘z jamg‘armalari hisobiga daromad oladilar va korxonalarni boshqarishda ishtirok etadilar.
qimmatli qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Odatda qimmatli qog‘ozlar davlat tomonidan, xususiy sektorlar tomonidan va chet el sub’ektlari tomonidan chiqarilishi mumkin.
hamma qimmatli qog‘ozlarni shartli ravishda davlat, xususiy va xalqaro qimmatli qog‘ozlarga ajratish mumkin.
Davlat qimmatli qog‘ozlari markaziy hukumat, joylardagi hokimiyat organlari, alohida mustaqil davlat tashkilatlari tomonidan shu bilan birga davlat qo‘llab-quvvatlayotgan korxonalar tomonidan chiqarilishi mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar tarkibida turli nodavlat ishlab chiqarish korxonalari, tijorat banklari, investitsiya banklari, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari alohida o‘rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar chet el sub’ektlari tomonidan chiqariladi va ularning qiymati hisoblanadigan valyuta va emitentlari bo‘yicha bo‘linadi.
qimmatli qog‘ozlar bozor vositalarining iqtisodiy tabiatidan kelib chiqib, ularni mulkka egalik munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarga, kredit munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarga va erkin fond bozorining qimmatli qog‘ozlariga ajratish mumkin.
Mulkka egalik munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar aksiyalardir. qarz majburiyatlarining turli xil shakllarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarga obligatsiyalar, korxona va bank veksellari, xazina veksellari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari va boshqa kredit munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Fond bozorining erkin vosita sifatida aylanadigan obligatsiyaga bankning maxsus qimmatli qog‘ozlari kiradi. Bu qimmatli qog‘ozlarning har biriga keyingi mavzularda to‘la xarakteristika beriladi.
Bizning mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozori endigina shakllanib bormoqda. Kezi kelganda shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pgina tarmoqlar va korxonalar hozirgi kunda sanoatni yuksaltirish uchun, to‘lash qurbini tiklashga, uskunalarni zamonaviy talablar asosida yangilashga, sarmoya mablag‘larga muxtojdirlar, shuning uchun ham ularga sarmoya mablag‘lari, ayniqsa chet el sarmoyasini jalb qilish uchun, korxona va tarmoqlar qimmatli qog‘ozlar bozoridan, uning vositachilaridan foydalanishni o‘rganish zarur.
Qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish va ular bilan savdo-sotiq qilishda ishtirok etish, aholining daromadlarini ko‘paytiradi, uning moddiy farovonligini oshirishga ko‘maklashadi, shuningdek, jamiyatning asosiy harakatlanuvchi kuchi bo‘lgan insonning faoliyatini faollashtiradi. Qimmatli qog‘ozlar bozori, bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan mulkchilikni shakllanishiga ko‘maklashadi.