Bog'liq Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari v
O‘zbekiston Respublikasida moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqaruvchi uni tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy va me’yoriy hujjatlar
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni birinchi bosqichida amalga oshirilgan eng katta yutuqlaridan biri kelajakda bo‘ladigan iqtisodiy va huquqiy kafolatlarning yaratilishidir.
YUrtboshimiz I. A. Karimov tomonidan yaratilgan O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi besh tamoyildan biri qonun ustivorligini ta’minlashni talab etadi. SHuning uchun ham biz demokratik-huquqiy davlat qurishni maqsad qilib olgan ekanmiz hayotimizning barcha sohalarini qonun ustivorligi asosida olib borishimiz kerak. Bu borada respublikamiz mustaqilligiga erishish uchun 1990-1991 yillarda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 yil 20 iyun) “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qabul qilindi. Unda davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublikamizning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarga va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligi e’lon qilindi.
Parlamentning XII chaqiriq uchinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy mustaqilligining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi birinchi qonunlardan biri (1990 yil 31 oktyabr) “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonun va respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tish qoidalari qabul qilindi. I. Karimov ta’kidlaganidek “Xususiy mulkdan afzalroq, samaraliroq shaklni hali hech o‘ylab topgan emas”. Birinchi bo‘lib sobiq shurolar Respublikalari orasida O‘zbekistonda xususiy mulkchilikning rivojlanishiga huquqiy asos yaratildi. Qonunda iqtisodiy nazariyada birinchi bor mahalla mulkiga tarif berildi. SHu davrdan boshlab Respublikamiz mustaqil ravishda iqtisodiyotni bozor munosabatlari talablari asosida rivojlanishi uchun qonunlarni ishlab chiqa boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning keng ko‘lamda olib borishda eng asosiy masala mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirishdir. SHuning uchun ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni programmasi ishlab chiqildi. 1991 yil 19 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. qonun asosida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish programmasi ishlab chiqarildi. Bu esa qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etmasdan amalga oshirilib bo‘lmas edi. Rivojlangan mamlakatlar tarixiga nazar tashlasak, ularda avvalam bor bir necha yillar davomida stixiyali ravishda qimmatli qog‘ozlar paydo bo‘lgan. SHundan keyin qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilingan. Biz esa bu yo‘ldan bora olmas edik. Avvalam bor qimmatli qog‘ozlarni tartibga soluvchi qonuniy-me’yoriy xujjatlar qabul qilib, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishimizni ta’minlashimiz kerak edi.
1991 yil 15 fevralida O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qabul qilingan qonunda birinchi bor O‘zbekiston Davlat banki mustaqil ravishda ish olib borishligi, Respublika hududida tijorat va kooperativ banklar ochishiga ruxsat berildi.
Qonunga asosan tijorat banklariga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar turlarini chiqarishga ruxsat berildi. “Bank va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning rubl hududida va xatto SSSR tarkibida shakllanishi, hamda mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqarish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘ldi. Respublikamiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida 1991 yil 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida” va “CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi.
Ushbu qonunlar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirishning tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy qoidalarini va bu faoliyani amalga oshirish tartibini belgilab, chet el kapitaliga kafolatlar ta’minlab beradi. Bu qonunlar O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligini rivojlvntirishga, respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishiga ko‘maklashish maqsadida chet elning moddiy, moliyaviy, intelektual va boshqa resurslarni jalb etishga va ulardan samarali foydalanishga qaratilgandir. qonun chet ellik investorlarga Respublika qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirib borish uchun zamin yaratdi.
1992 yil 2 iyul kuni Parlament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Birja va birjalar faoliyati” to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Parlament tomonidan ushbu qonun yangi taxrirda 2001yil 29avgustda qabul qilindi. Bu qonunga asosan birjalar faoliyati ularning ishtirokchilari, turlari, faoliyat ko‘rsatish doirasi, birjalar faoliyatining davlat tomonidan nazorati va birja faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarning huquqiy asolari yaratildi.
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan soliq undirishni tartibga solish uchun 1994 yil 5 mayda O‘zbekiston Respublikasining “qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va soliq to‘lovchilar, soliq solish ob’ektlari, soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliq to‘lash tartibi va muddatlari, soliq to‘lovchilarning javobgarligini tartibga solishga qaratilgan.
1996 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun 1992 yil dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”gi qonunini ko‘p jixatdan to‘ldirib aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartiga soladi. qishloq xo‘jaligi, bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohasida, shuningdek, davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va ularning huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonun jixatlari bilan belgilanadi.
2008 yil 22-iyulda Respublika Prezidenti I. A. Karimov Oliy Majlis qabul qilgan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi va qonun 24 iyulda matbuotda chop etildi.
Mazkur qonunning asosiy maqsadi – qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonunlarning nomlarini bir xillashtirishdan, ularni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishdan, shuningdek, xorijiy moliya borzorlariga integratsiyalashish uchun zarur sharoitlarni yaratish yo‘li bilan mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorining jadal va jo‘shqin rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Qonunning alohida moddasida o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan qonunlar ro‘yxati berilgan. Ular orasida jumladan, hozirga kunda qimmatli qog‘ozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga solib turgan “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bor.
Bozor mexanizmi samarali ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada kengytirish borasida qabul qilingan farmonlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ham katta ahamiyatga egadir.
“Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident I. A. Karimovning 1994 yil 21 yanvarda qabul qilingan farmonlari yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoniga erkin kirishishini ta’minlaydigan ochiq turdagi jamiyatlarga aylantirish masalasini qo‘ydi Bu farmon korporativ qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori rivojlanishi uchun kuchli turtki berdi.
Farmonda Respublika kuchmas mulk savdosi birjasini tashkil etish hamda xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan davlat ob’ektlarini u orqali sotishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topildi.
Farmon respublika fond birjasini tashkil etish hamda unda xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining birinchi turkumini joylashtirishni ta’minlash borasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezident Farmonini bajarish borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyun kuni “Toshkent Respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. qarorda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qumitasi va Toshkent fond birjasining ular tomonidan “Vaqt” O‘zbekiston axborot komponiyasi aksionerlik jamiyati bazasida ochiq turdagi Milliy depozitariy aksionerlik jamiyatini tasis etish, uning zimmasiga qimmatli qog‘ozlarni ro‘xatga olish va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vazifasi topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 iyundagi “Davlat mulki korxonalarini aksiyalashtirishni jadallashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 15 iyundagi “Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatiga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qimmatli qog‘ozlar bozorining, rivojlanishiga va aksiyalashtirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib bu jarayonning chuqurlashuviga va kulami kengayishiga olib keldi. Davlat korxonalarini ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlariga o‘tkazish va ularning aksiyalarini ro‘yxatga olish jarayoni ancha soddalashtirildi.
Bu farmon va qarorlar o‘z ahamiyati va mohiyati jihatidan iqtisodiyotni va umuman jamiyatni Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning yangi bosqichiga olib chiquvchi muxim xujjat va islohotlarning mantiqiy manbai bo‘lib qoldi. U iqtisodiyotdagi mulk shakllarining kupayishiga va bozor munosabatlarining asosiy sharti bo‘lib raqobatchilik munosabatlarining mustahkamlashiga olib keldi. qimmatli qog‘ozlar bozorini keng rivojlantirish borasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1995 yil 7 sentyabrda “qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda ko‘p tusiqlarga barxam berdi, qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishda soliq sohasida katta imkoniyatlar yaratdi. qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishni yaxshilash, uni samarali amal qilishi uchun, nazoratni kuchaytirish uchun Davlat boshqaruv organi qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi Davlat komissiyasi Moliya vazirligi qoshida tuzildi. qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va ochiq usuldagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish bilan bir vaqtda tegishla aksiyalar ulushini qisqartirish orqali respublika aholisini chet el investorlarini iqtisodiy islohotlar jarayoniga keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi. Bu borada davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining Nizomdagi mablag‘ini jamg‘arish chog‘ida aksiyalarning
- davlatga tegishli;
- mehnat jamoasiga tegishli;
- xorijiy sherikka tegishli
fond birjalari va qimmatli qog‘ozlar bozorida, shu jumladan chet ellarda erkin sotish uchun muljallangan qismini ko‘zda tutilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirishga qaratilgandir.
Moliya bozorini va qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003 yil 24 yanvarda qabul qilingan Farmoni va uni bajarish borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 17 aprelda qabul qilingan “2003-2004 yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 10-iyuldagi “2006-2008 yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi 407-sonli qarorida xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, korxonalarning ustav jamg‘armalarida davlatning ulushini eng ko‘p darajada qisqartirish, ob’ektlarning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish, shuningdek xorijiy investorlarni keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 sentyabrda qabul qilgan «Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tug‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi «Ustav fondida davlat ulushi bulgan korxonalarning samarali boshkarishni va davlat mulkining zarur darajada hisobga olishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori korporpativ boshkarishning joriy etish va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlanishida yangi bosqichni ochib berdi. qaror asosida davlat korxonalari to‘g‘risidagi va korxonalarning ichki audit xizmati to‘g‘risidagi Nizomlar qabul qilindi. Nizomda balans aktivlari 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan aksiyador jamiyatlarda ichki audit xizmati joriy etilishi belgilab beriladi. Maqsad aksiyador jamiyatlarini buxgalteriya hisobi to‘g‘risida yuritilishini tahlil qilish, soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘ri yuritilishini tekshirish, korxona mulkdorlari – aksiyadorlik manfaatini himoya qilish, direktorlik korpusi tomonidan ularning manfaatlariga zid xizmatlar amalga oshirilishini oldini olish, bunday holatlar yuzaga kelganda bu haqda mulkdorlarga axborot berishdan iboratdir.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishidan so‘ng eng asosiy vazifa bu qonunni hayotga tadbiq qilish hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2008 yil 28 iyuldagi 160-sonli qarorining qabul qilinishi katta ahamiyatga egadir.
Qarorga asosan qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish, uning sub’ektlarini institutsional jihatdan mustahkamlash, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ularning faoliyatini tartibga solish tizmini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulki qo‘mitasi va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining 2011 yildan boshlab qimmatli qog‘ozlar bozorining YAgona dasturiy ta’minot kompleksini ishlab chiqish va uni xalq xo‘jaligiga joriy etish masalalari qo‘yilgan.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi moliya-iqtisodiyot, huquqshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dastrurlariga qimmatli qog‘ozlar va korporativ boshqaruv bo‘limlari kiritilishini nazarda tutilgan.
Amaldagi qonun xujjatlarga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar hisob-kitoblarini oshirish uchun, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan shaklidan qat’iy nazar qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini, Prezident farmonlarini va Vazirlar Mahkamasining qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish sohasidagi qarorlarni amalda bajarishi shart. Bu borada Moliya Vazirligi, Markaziy Bank tomonidan bir qator normativ xujjatlar qabul qilingan. Bu xujjatlarning mohiyati haqida har bir mavzuni yoritish davomida tanishib o‘tiladi.
Mustaqillikka erishganimizdan buyon o‘tgan davr Respublikamiz tarixida bozor munosabatlarini rivojlantirishda, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishida salmoqli davr bo‘lib qoldi. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil etish hamda tartibga solish bo‘yicha deyarli kerakli qonuniy me’yoriy xujjatlar yaratildi.