Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari va funksiyalari


Qimmatli qog‘ozlar bozori tushunchasi



Download 201,5 Kb.
bet2/6
Sana23.10.2022
Hajmi201,5 Kb.
#855634
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari v

Qimmatli qog‘ozlar bozori tushunchasi

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning tamoyillaridan biri bozor munosabatlariga o‘tishda “falaj yo‘li bilan davolanish” usulidan voz kechib, tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga kirib borishdir.


Bundan tashqari rivojlanishning har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatga ega. Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning bugungi bosqichi iqtisodiyotimizning ochiqligi, chet el investitsiyalarini jalb qilishning ortib borishi, xususiylashtirish hamda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining kuchayib borishi bilan belgilanadi. SHu jumladan, moliyaviy tizimning rivojlanishi uchun ham shart-sharoitlar yaratilmoqda, chunki faqat rivojlangan moliyaviy tizim iqtisodiy tizimning muvaffaqiyatli rivojlanishiga zamin yaratadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori va unda faoliyat ko‘rsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy hamda nihoyatda muxim zvenosi bo‘lib ortiqcha mablag‘larni investorlardan iste’molchilarga qayta taqsimlash jarayonida muxim ahamiyat kasb etadi.
Bozor o‘zining murosasiz, qonun-qoidalariga ega. Buni biz kundalik matbuotda xususiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq hamda biznes, qimmatli qog‘ozlar bozori kabi boshqa tushunchalarga qiziqish uyg‘otuvchi yangi ruknlar paydo bo‘layotganidan ham sezib turibmiz. Odatda iqtisodiyotni yangi izda qayta qurish moliyaviy tizimni qayta qurishdan boshlansa, unda butun jamiyatning muvaffaqiyatli ravishda olg‘a qadam tashlashi qimmatli qog‘ozlardan samarali foydalanishga bog‘liqdir.
Insoniyat qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish orqali pulning qadrsizlanishi muammosini hal etish yo‘lini topdi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, pul butun taraqqiyot davomida inson tomonidan qilingan ixtirolar orasida eng oddiysi va eng murakkabi, eng tushunarlisi va shak-shubxasiz eng chalkashi bo‘lsada, insoniyatning eng ayanchli fojialari va eng olamshumul yutuqlari pul bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. Pul odamlar xatti-harakati va faoliyatida asosiy turtki beruvchi omil bo‘lgan va ana shunday bo‘lib qoladi ham.
Buyuklardan biri: “Insoniyat pulni yaxshi ko‘radi. Uning charmdan, qog‘ozdan, bronza yoki tilladan tayyorlanganining farqi yo‘q”, - degan ekan. Biroq faqat pullarni saqlash qulay bo‘lgan holda u ziyon ham keltiradi. Pul yig‘ib puldor bo‘lib yurishning afzalliklari to‘g‘risida hamma yaxshi biladi. Lekin uning ziyoni haqida hech kim o‘ylab o‘tirmaydi. Zero, xamyonda yoki paypoqda saqlanayotgan pulga foiz qo‘shilmaydi. Agar pulga qimmatli qog‘ozlar sotib olinsa yoki u bankka qo‘yilsa u holda pulning egasi foiz shaklida daromad oladi, ammo bunday daromad avvalo ishlab chiqarishni kengaytirish, ichki resurslardan samarali foydalanish, muomaladagi pul miqdorini qisqartirish, pul oborotini oshirish va shu kabilar orqali qo‘lga kiritiladi.
Pul “Moliya bozori” tushunchasini yuzaga keltiradi. Moliya bozorida esa qimmatli qog‘ozlar asosiy oldi-sotdi ob’ektlari sanaladi. O‘zbekiston Respublikasining “qimmatli qog‘ozlar bozori ” to‘g‘risidagi (22 iyul 2008 yil) qonuning 3-moddasida qimmatli qog‘ozlarga quyidagicha ta’rif berilgan.
qimmatli qog‘ozlar –hujjatlar bulib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosobatlarini tasdiqlaydi, divirdendlar yoki fo‘izlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxlarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi;
qimmatli qog‘oz - o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan xujjatdir. U qimmatli qog‘oz egalarining daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi. Muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi uning o‘ziga xos mohiyatini shakllantiradi. qimmatli qog‘ozlarni chiqarishdan asosiy maqsad, xo‘jalik oborotiga qo‘shimcha investitsiya resurslarini jalb qilish va shu orqali mulkdor sinfni shakllantirishdir.
qimmatli qog‘ozlarning savdo-sotig‘i natijasida qimmatli qog‘ozlar bozori vujudga keladi. qimmatli qog‘ozlar bozori jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi va to‘lash bilan bog‘liq munosabatlari tizimidir.
qimmatli qog‘ozlar faqat o‘z bozorida, qimmatli qog‘ozlar bozorida aylanadi. Keng ma’noda aytganda qimmatli qog‘ozlar bu (qog‘oz) xujjat bo‘lib, ma’lum bir bahoda sotiladi va sotib olinadi. SHu bilan u boshqa tovarlardan farq qiladi.
qimmatli qog‘ozlarning savdo-sotig‘i natijasida qimmatli qog‘ozlar bozori vujudga keladi.
YAangi qonunida qimmatli qog‘ozlar brzoriga quyidagicha ta’rif berilgan:
“qimmatli qog‘ozlar bozori- yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish,joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi”.
qimmatli qog‘ozlar bozorida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda ham sotuvchilar, ham xaridorlar munosabatda bo‘lishadilar. qimmatli qog‘ozlarning asosiy (fundamental) xususiyati ularning aylanuvchanligi va likvidligidir (tez pulga aylana olishi).
Aylanuvchanlik – bu qimmatli qog‘ozlarning bozorda xarid qilinishiga va sotilishga, shuningdek, ko‘pchilik hollarda boshqa tovarning aylanishini osonlashtiruvchi mustaqil to‘lov vositasi sifatida qo‘llanishga qodirligidir.
Iqtisodiy nazariya fanidan ma’lum bo‘lgan P-T (pul-tovar), T-P (tova-pul) formulasiga asosan, qimmatli qog‘ozlar ham kapitalning doimiy aylanishida ham tovar sifatida ham pul sifatida qatnashishi mumkin. qimmatli qog‘ozlar ma’lum ma’noda tovar hisoblanadi, u o‘z qiymatiga va iste’mol qiymatiga ega. Ularning qiymati birqancha omillarga bog‘liq, masalan, ular tomonidan keltirilgan daromadning xajmi, ssuda foizining me’yori, nisbatan yuqori kurs bo‘yicha sotilishi mumkinligi, korxonani boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlari va boshqalar.
qimmatli qog‘ozlarning iste’mol qiymati shundan iboratki, ular orqali qimmatli qog‘oz egasi o‘z kapitalini oshirish, saqlash, korxonani boshqarishda ishtirok etishdan aniq talablarini qondiradi. SHu bilan birga, ba’zi holatlarda qimmatli qog‘ozlarning alohida turlari (davlat obligatsiyalari, veksellar) ma’lum bir qulay vaziyatlarda pul vazifasini ham bajarishi mumkin.
Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda kuchmas mulk, avtomobil va boshqalar bilan hisob-kitob qilish chog‘ida yuqori likvidli davlat obligatsiyalaridan to‘lov vositasi sifatida foydalaniladi.
Likvidlik – bu qimmatli qog‘ozlarning bozor narxi kamroq o‘zgarib turishi hamda sotish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan xarajatlar bilan, shuningdek, o‘z egasi uchun deyarli zararsiz holda tezda sotilishi va pul mablag‘lariga (naqd va naqdsiz shaklda) aylanish qudratidir.
Likvidlikka juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni asosan uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchidan, umumiqtisodiy omillar (pul muomalasi, iqtisodiyot davrning u yoki bu bosqichida bo‘lishi, sarmoyadorlar tomonidan to‘lovga qodir talabning mavjudligi, bank hisob-kitobini amalga oshirish tezligi darajasi va h.k.).
Ikkinchidan, mazkur mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish darajasi bilan bog‘liq omillar (fond bozorini tashkil etish, sarmoyadorning axborotga ega bo‘lish darajasi, market-maykerlar muassalarining mavjudligi va h.k.).
Uchinchidan, emitentning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar (uning moliyaviy ahvoli, to‘lanadigan daromadning miqdori va boshqalar).
Qimmatli qog‘ozlarning yana bir asosiy xususiyati borki, bu xatar (risk), yo‘qotishlar bilan bog‘liqdir. Bu haqda to‘liq ma’lumotlarni oxirgi mavzularda olamiz.
Qimmatli qog‘ozlar bozori – har qanday mamlakat iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, uning kelib chiqishi pul, pul kapitali va tovar bozoriga asoslanadi. Qimmatli qog‘ozlarning kelib chiqishga ko‘ra aksariyat turlari kapitalga bog‘liq, aksariyat turlari esa unga bog‘liq bo‘lmaganligi bois, qimmatli qog‘ozlar bozori ham to‘laqonli moliya bozoriga tarkibiga qo‘shila olmaydi. SHundan kelib chiqqan holda, qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy, ya’ni kapitalga bog‘liq bo‘lgan qismi fond bozori deb nomlanib, qolgan qismi esa aniq nom olmaganligi bois qimmatli qog‘ozlar bozori va fond bozori tushunchalari aksariyat hollarda sinonimlar sifatida qaralishi e’tirof etiladi.
Boshqa nazariyotchilarning fikricha, qimmatli qog‘ozlar bozoriga va fond bozoriga aynan bir narsa deb qaraladi va u moliya bozorining segmenti sifatida e’tirof etiladi. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga va fond bozori tarkibida pul bozori va kapital bozori namoyon bo‘ladi. Pul bozori – bu qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar bozori bo‘lib, odatda bir yilgacha bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar muomalasi amalga oshiriladi. Kapital bozorida esa o‘rta yoki uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar muomalasi amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ko‘pchilik g‘arb mamlakatlarida xo‘jalik mexanizmining eng barqaror va yo‘lga qo‘yilgan qismlarning birini namoyon qiladi. qimmatli qog‘ozlar bozori allaqachon birja va nobirja savdo tizimiga uyushtirilgan bo‘lib, o‘zining qonun-qoidalariga va an’analariga, ba’zida esa asrlar tarixiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida so‘z boshlashdan avval shuni yodga solib o‘tmoqchimizki, bir necha o‘n yilliklar davomida amal qilgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan unitar davlat sharoitida respublikamiz aholisi qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida juda kam ma’lumotga ega edi. Siyosiy iqtisod fani esa qimmatli qog‘ozlarni kapitalistik ishlab chiqarish usulining salbiy holatlari bilan bog‘liq toifa sifatida bayon qilardi. hatto “aksiya”, “veksel”, “birja”, “makler” kabi so‘zlarga shubha bilan qaralardi.
Mustaqillik kunlarida vaziyat tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Prezidenti va hukumati tomonidan olib borilayotgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, xususiy biznesni qo‘llab-quvvatlash, chet el sarmoyasini jalb etishga yo‘naltirilgan bozor islohotlari tufayli, eng asosiysi, respublikadagi mavjud siyosiy barqarorlik sababli taraqqiy etgan qimmatli qog‘ozlar bozorini barpo etish uchun jiddiy qadamlar tashlanmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini adolat yuzasidan butun jamiyat ahvolining barometri deyish mumkin, chunki u iqtisodiy siklning harakatiga va nafaqat iqtisodiy jarayonlarning, balki siyosiy vaziyatning o‘zgarishiga hushyorlik bilan ta’sir ko‘rsatadi. Turg‘unlik, tanqislik davrlarida, shu jumladan, bunday vaziyat siyosiy jihatdan ham kuzatilganda, qimmatli qog‘ozlar kurslarining indekslari tushib ketadi. Jonlanish va yuksalish davrlarida esa, ular o‘sib boradi.
Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar bozori yordamida pulni “ko‘p ishlashga” majbur qilish va bu bilan butun xalq xo‘jaligi samaradorligini oshirish mumkinligidan tashqari, qimmatli qog‘ozlar bozori jamiyatning muhim ijtimoiy muammolarini hal etish imkonini beradi.



Download 201,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish