Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari va funksiyalari


Milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni kiritishning yangi moliyaviy vositalari. MB va QQBning globalizatsiyalanish asoslari



Download 201,5 Kb.
bet5/6
Sana23.10.2022
Hajmi201,5 Kb.
#855634
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya bozorining tushunchalari, mazmuni, moxiyati, vazifalari v

Milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni kiritishning yangi moliyaviy vositalari. MB va QQBning globalizatsiyalanish asoslari

Milliy iqtisodiyotning tubdan islohotlanish va uning jahon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga etkazilishi, jamiyatda zamonaviy bozor munosabatlarining shakllanishini taqozo qiladi.


Qimmatli qog‘ozlar bozori esa, moliya bozorining tarkibiy qismi sifatida, bozor iqtisodiyotining negizi va yurgizuvchi kuchi bo‘lib, milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ko‘rsatish va uning asosiy indikatori hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori hukumat va korxonalarga o‘z-o‘zini moliyalashtirish va bank kreditlari bilan cheklanib qolmagan holda moliyalashtirish manbalari doirasini kengaytirishga imkoniyat beradi. Salohiyatli sarmoyadorlar o‘z novbatida qimmatli qog‘ozlar bozori yordamida o‘z mablag‘lari va jamg‘armalarini keng ko‘lamdagi moliyaviy vositalarga joylashtirilib, shu orqali o‘zlarining ham tanlov imkoniyatlarini kengaytirishga, ham aktivlarni mutanosib ravishda belgilangan tavakkalchilik doirasida qo‘yilishiga erishishadi.
SHuni aytish joizki, qimmatli qog‘ozlar bozorining muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining yagona modelining o‘zi bo‘lmaydi. Tajribada esa, boshqa mamlakatlarda ushbu bozor yaxshi faoliyat ko‘rsatayotganligi sababli, uni ko‘chirishning nafaqat iloji yo‘q, balki maqsadga ham muvofiq emasdir. SHu bilan birgalikda, shuni ham inobatga olish lozimdirki, har bir bozor ichki va tashqi o‘zgarishlardan kelib chiqqan, doimiy rivojlanish va o‘zgarishda bo‘ladi. Bulardan kelib chiqib, shuni toqozo etish mumkinki, bozorlar o‘zlarida hali to‘lacha tashkil etilgan, qotib qolgan tizimlarni ko‘rsatmay, balki doimiy rivojlanishdagi organlarni tasavvur etishadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining bozor tamoyillari asosida islohot etilishi, so‘nggi yillarda katta sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishga yo‘l qo‘ydi. Bularning natijasida inflyasiya darajasi keskin tushishiga va milliy valyutaning stabillashish jarayonlari amalga oshirilishiga erishilmoqda. Davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiylashtirish natijasida samarasiz ishlovchi korxonalar faoliyati qayta yo‘naltirildi, bankrotlik va sanatsiya jarayonlari ishlashni boshladi, davlat byudjetining tushum qismida xususiylashtirishdan tushayotgan mablag‘larninng salmog‘i tobora oshib bormoqda.
Bu borada shuni aytish kerakki, O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi uchun qulay siyosiy sharoitlar vujudga keldi.
Davlat qimmatli qog‘ozlar bozori tijorat banklari va yirik investitsiya portfelining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Korporativ qimmatli qog‘ozlar bozori imkoniyatlari kengaydi va ularning bozor kapitalizatsiyasi o‘sdi.
qimmatli qog‘ozlar bozori likvidligi sezilarli darajada oshdi va axborot nuqtai nazaridan ushbu bozorning kurimliligi kuchaydi.
qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi rivojlandi va kengaydi.
Bir qator qonun va huquqiy-me’yoriy xujjatlar qabul qilinishi evaziga qimmatli qog‘ozlar bozorining qonuniylik bazasi kuchaydi va mukammallashtirildi.
Aksiyadorlar va sarmoyadorlarning huquqlarini himoya qilishning yangicha mexanizmlari ishlab chiqildi.
Xorijiy sarmoyadorlar uchun huquqlarni himoya qilish, qilingan sarmoyalardan olinadigan foydani konvertatsiya va repatriatsiya qilish masalalari echila boshlandi.
YAna bir sifat jixatidan o‘zgarishga shuni misol qilib keltirish mumkinki, milliy qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanish yo‘lida, xalqaro jamiyat tomonidan tan olinib, O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markaziy Xalqaro qimmatli qog‘ozlar komissiyasining (IONESCO) a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining yirik tijorat banklari va korxonalari tomonidan xalqaro moliya bozorlariga o‘zlarining qimmatli qog‘ozlari bilan chiqish ishlari, ular tomonidan har xil turdagi depozitlar, tilxatlar chiqarilishiga va rivojlangan mamlakatlarning fond birjalarining listingiga kiritilish taraddudlari amalga oshirilmoqda.
Ko‘pchilik milliy korxonalar aksiyalar chiqarish yo‘li bilan qo‘shimcha kapital jalb qilish borasida mahalliy sarmoyadorlar orasida joylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotganliklari, hamda xorijiy sarmoyadorlar asosan qisqa muddatli moliyaviy operatsiyalarga o‘z tanlovlarini tuxtatishlari evaziga O‘zbekiston korxonalarida investitsiya faoliyati sifat jihatidan yangicha tus olmoqda. Bugungi kunba ushbu xo‘jalik sub’ektlari, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el bank va kompaniyalarini aylanib o‘tgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlari xalqaro moliya bozoriga chiqish borasida birinchi qadamlarni tashlamoqda.
qisqa qilib aytganda, eng yirik moliyaviy bozor va eng katta miqdordagi pul mablag‘lari AQSH dollarida hisoblanganligidan kelib chiqqan holda shuni bildirish mumkinki, har qanday chet el korxonasi o‘z qimmatli qog‘ozlarini AQSHda sotish niyati bo‘lsa, u korxona ikki yo‘nalishdan birini qabul qilishi lozim. Birinchi yo‘nalish, bu o‘zining qimmatli qog‘ozlarini AQSHda “Amerika aksiyalari” (“American shares”) sifatida chiqazish va ikkinchi yo‘nalish Amerika Depozitlar Tilxatlari (ADT) chiqarish dasturida qatnashish. Birinchi yo‘nalish nihoyatda katta talablarni amalga oshirilishini va ko‘p miqdorda qo‘shimcha pul mablag‘lari sarf etilishini talab etganliga sababli, ko‘pchilik korxonalar ikkinchi yo‘nalishni qabul qilishmoqda. SHunday ekan, ushbu maqsadlarga erishish yo‘llaridan biri bo‘lib, o‘z aksiyalariga qimmatli qog‘oz hosilasi bo‘lmish Depozitlar tilxatlarini (DT) chiqarish hisoblanadi. DTlar esa o‘z novbatida qaysi mamlakatda ushbu moliyaviy vosita chiqarilishiga qarab taqsimlanadi. CHunonchi, AQSH bozorida chiqarilgan ushbu xosilalar Amerika Depozitar Tilxatlariga (American Depositary Resepts), Evropa Depozitar Tilxatlariga (“EDR”-European Depositary Recepts), Global Depozitar Tilxatlariga (“GDR”-Giohal Depositary Recepts) va hokazolarga bo‘linadi. Umuman olganda, qonunchilik siyosiy va iqtisodiy stabilsizlik oqibatida soliqqa tortish milliy valyutani boshqa valyutaga konvertatsiya qilish muammolari borligi natijasida, xorijiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlarini sarmoyadorlar tomonidan sotib olishni rezident bo‘lmish vositachi korxonalarsiz amalga oshirilmaydi. Ushbu muammolarni echish, AQSHda Xalqaro Depozitar Tilxatlariga (International Deposutary Receipts) vujudga kelishiga olib keladi. Bunga sabab bo‘lib, 1927 yilda Buyuk Britaniyada mamlakat hududidan milliy qimmatli qog‘ozlar chetga olib chiqib ketmaslik to‘g‘risidagi qonun bo‘ldi.
SHu bilan birgalikda shuni taqozo etish mumkinki, milliy investor va aholini himoya qilish maqsadida, AQSH qonunchiligi ko‘pchilik mamlakatlar qonunchiligi singari, mamlakat hududida norezidentlar qimmatli qog‘ozlarini erkin muomalada yurishini ta’qiqlaydi. Ularning qonunchiligiga asosan, har turdagi emitentlar va sarmoyadorlar o‘z qimmatli qog‘ozlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa mamlakatda (yuqorida tilga olingan mamlakatlar hududida) faqat DTlar orqali taklif etishlari mumkin.
SHuni bildirish lozimki, rivojlangan mamlakatlar qonunchiliklariga asosan DTlar qimmatli qog‘oz hisoblanmay, balki ularga egalik qilish huquqini ifodalovchi sertifikat hisoblanadi.
ADTlari Amerika depozitar banki tomonidan chet el emitentining qimmatli qog‘ozlari hisobida muomalaga chiqariladi (asosan Bank of New York va City bank). Ushbu qimmatli qog‘ozlarning asli esa, ushbu emitentning milliy bankida saqlanadi. Bunday bank kastodi deb ataladi. Bu xarakatlar, ikki bank va emitent orasida tuzilgan shartnomada ifoda etiladi.
Mahalliy emitentlar mazkur moliyaviy vositalarni tanlashning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

    1. depozita tilxatlarni chiqarish aksiyalarning yangi emissiyalarini joylashtirishda xorijiy kapitalni kiritishga imkoniyat beradi, qaysiki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisoblanib, korxonalarga hamda buning natijasida milliy iqtisodiyotga valyuta mablag‘larining kelishini ta’minlaydi;

    2. o‘z aksiyalarini, depozitar tilxatlarini muomalaga chiqarishni tan olish samarasini beradi. Ushbu dasturlarni omadli joylashtirish mazkur korxona va uning aksiyalarini xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganini isbotlaydi. Emitent xalqaro miqyosda xorijiy sarmoyalar ishonchini qozonib va tashqi bozorda mashxurlikka erishib, o‘zining ichki va tashqi bozordagi aksiyalarning likvidligini oshirishga erishadi;

    3. xalqaro andozaga korporativ boshqaruv tizimi hamda keng ommani aksiyadorlik jamiyatiga ta’luqli korporativ harakatlar to‘g‘risida axborotlar bilan mukammallashtirishga olib keladi;

    4. va nihoyat depozitar tilxatlarini chet el bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishi, o‘z yakunida mamlakatga bo‘lgan ishonchini oshishiga, uning xalqaro miqyosidagi obro‘sini ko‘tarilishiga olib kelib, milliy iqtisodiyotga qo‘shimcha xorijiy sarmoyalarni kelishiga manfaatlar yaratadi.

Umuman olganda, DTlar qimmatli qog‘ozlar hosilalarning bir turi bo‘lib, norezident-emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini boshqa mamlakatlarning fond birjalarida joylashtirishga imkoniyat beruvchi moliyaviy vosita hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda, DTlarni chiqarishdan maqsad milliy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini xalqaro fond birjalariga chiqarish va joylashtirish bo‘lib, bu holda milliy aksiyalar DT orqali Nyu-York, London, Tokio, Frankurt va boshqa xalqaro moliyaviy markazlarda erkin holda xorijiy sarmoyadorlarga sotilishi mumkin, qaysilarkim ichki O‘zbekiston bozorida ushbu aksiyalarni sotib olish imkoniyatlari va ayrim holda huquqlariga ega emaslar. DTlarning tobora rivojlanib borishiga ushbu dasturlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan va tan olingan standart hamda ko‘rib chiqish tartiblariga to‘g‘ri kelishi, DTlarni norezident emitent nomidan 1-sinfli chet el banklari tomonidan chiqarilib kafolatlanishi, aksiyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri egalik qilishga huquqiy va fiskal cheklovlarni cheklab o‘tish, soliq imtiyozlaridan foydalanishda har xil turdagi qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish masalalari yordam bermoqdalar.
DTlarni muomalaga chiqarishning yana bir yutuqlariga korxonaning xorijiy sarmoyalarini kiritish evaziga kelajakda strategik rivojlanish imkoniyatlari kengayishini aytish mumkin. Ichki bozorda mahalliy korxonalar o‘z aksiya yoki obligatsiyalarini milliy valyutamiz bo‘lmish so‘mda chiqarishlari va joylashtirishlari chet el fond bozorlarida DTlar erkin almashinuvchi valyutada (EAV) sotilishini inobatga olib shuni aytish mumkinki, DTlar orqali u, qimmatli qog‘ozlarini joylashtirgan mahalliy korxonalar moliyaviy kapitalini AQSH dollarida yoki boshha EAVda olishadi.
DTlar chiqarish dasturi mahalliy emitentlarga o‘z aktivlarini etarlicha baholanmaslik muammosidan chiqib ketishga, o‘z qimmatli qog‘ozlarini cheklanmagan miqdordagi xorijiy samoyadorlarga sotish yo‘li bilan katta miqdorda moliyaviy yordam olishlariga imkoniyatlar yaratadi. Ichki bozorda ushbu qimmatli qog‘ozlarni xorijiy sarmoyadorlar tomonidan sotib olinmayotganligining sabablaridan biri bo‘lib esa, ularning ushbu korxona faoliyati bilan yaqindan va etarli darajada tanish bo‘lmaganliklari hamda ular bo‘yicha tegishli kafolatlarning yo‘qligi va tavakkalchilik darajasining yuqoriligi ham hisoblanadi.
DTlarning boshqa dasturlarga nisbatan (masalan, chet el fond birjalari listingiga kirish) sezilarli yutuq bo‘lib, ular bo‘yicha emitentga rasmiy kredit reytingi va mamlakatga suveren reyting taqdim etilmasligini aytish mumkin.
YUqorida ko‘rsatilganlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, DTlar portfel investitsiyalarini kiritish yo‘nalishida eng takomillashgan va ko‘p marotaba isbotlangan mexanizm bo‘lib kelmoqda.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalar kiritishning yana bir usuli bo‘lib, Evrobondlarni, boshqacha qilib aytganda Evroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisoblanadi. Ushbu moliyaviy vosita boshqa turdagi sarmoyalarga nisbatan (kredit yo‘nalishlari ochish, EAVda qarzlar olish va h.k.) muqobil uslub hisoblanib, DTlardan farqliroq emitentning faoliyatida qatnashishi va uni boshqarishga huquq bermaydi.
Evroobligatsiyalar mahalliy korxonalar tomonidan obligatsiyalarni xorijiy moliya bozorida chiqarib va joylashtirish evaziga, tashqi bozordan qarz majburiyati orqali muayyan vaqtga EAVda mablag‘lar jalb etishga imkoniyat beradi. Ushbu obligatsiyalarning sotilishi, ular bo‘yicha belgilangan foizlarning to‘lanishi va ularning sundirilishi, qaysi tashqi mamlakatda bu moliyaviy vositalar joylashtirilgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat valyutasida amalga oshiriladi.
Xalqaro obligatsiyalarga (samuray, bondlar) va Evropa obligatsiyalarini (Evrobondlar) kiritish mumkin. Oxirgi paytlarda, Evropa hamjamiyati yagona valyutaga o‘tishi va bu bilan ko‘pchilik tusiqlar olib tashlanishi Evroobligatsiyalarning yanada rivojlanishiga olib keldi.
O‘zbekiston korxonalari uchun Evroobligatsiyalarni chiqarishda asosiy qoidalar bo‘lib, EAVdagi sarmoyalarni jalb qilishning egiluvchanlik va manevrlik xususiyatlaridan kelib chiqib ushbu vosita orqali mablag‘larni korxonaning strategik rivojlanishiga yoki texnik qayta qurilishiga yohud muayyan bir investitsiya loyihasini moliyalashtirishga yo‘naltirish, korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi davrda moliyaviy jihatdan qullab-quvvatlash hisoblanadi.
Bu borada shuni ko‘rsatib o‘tish zarurki, Evroobligatsiyalar chiqarish dasturi talablari va shartlari mahalliy korxonalar uchun stavkasi va xalqaro kredit yo‘nalishlari, bank kreditlari va boshqa tashqi qarzlarga nisbatan pastroqdir.
Evroobligatsiyalarning milliy emitent va mamlakat uchun yutuqlari bilan tanlashishi mumkin.
Xorijiy samoyalarni milliy iqtisodiyotga kiritishning yana bir yo‘li bo‘lib, Xalqaro investitsiya fondlari tashkil eti hisoblanadi. Odatda shunday investitsiya fondlari mamlakat hududida tashkil etilib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini taqozo etadi.
Ushbu investitsiya fondlari ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati sifatida tashkil etilib, unga xorijiy investitsiya kompaniyalari, banklari va xalqaro moliya tashkilotlari ta’sischi bo‘lib kirishadi.
Bunday investitsiya fondlarini tashkil etishdan asosiy maqsad, ta’sischilar tomonidan berilgan mablag‘lar hisobiga mahalliy korxonalarning chet investorlariga muljallangan aksiya paketi ulushini EAVga sotib olishdir. Bu bilan birgalikda mazkur fondning institutsional investor sifatidagi faoliyatiga xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish, har tomonlama yordam ko‘rsatish, ushbu korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish evaziga moliyaviy barkamolligini mustahkamlash kiradi.
Xalqaro investitsiya fondi aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘ ichki bozordagi aksiya sotib olishga yo‘naltirilib, ulardan olingan daromad esa, aksiyalar orasida divident tariqasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Mazkur fondni boshqarish ixtisoslashtirilgan Boshqaruvchi kompaniya yoki kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Boshqaruvchi kompaniyalar Fondning aktivlari va pul mablag‘larini oqilona boshqarishadi va bunga ma’sul bo‘lishadi.
Faqat shu yo‘l bilan O‘zbekiston jahon miqyosida amalga oshirilayotgan moliya bozorini va qimmatli qog‘ozlar bozorini globallashtirish jarayonida o‘z o‘rnini topishi mumkin.



Download 201,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish