Fuqaro Azimov, Obidov va Akmalova birgalikda yangi Oziq-ovqat savdo



Download 136,55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.02.2022
Hajmi136,55 Kb.
#423813
Bog'liq
Biznes huquqi...



KAZUS: 
Fuqaro Azimov, Obidov va Akmalova birgalikda yangi Oziq-ovqat savdo 
markaz (supermarket)larini ochishni rejalashtirmoqda. Savdo markazlari markazi ish 
boshlaydigan boʻlsa, sheriklarning har biriga 33 foizdan ulush tegadi va ustav fond 
uch kishi oʻrtasida teng taqsimlanadi. Fuqaro Azimovning fikricha, biznesni tezkor 
ravishda yoʻlga qoʻyish uchun katta mablagʻ zarur. Ushbu mablagʻ hisobidan binolar 
zamonaviy va koʻrkam koʻrinishga keltiriladi hamda sifatli xizmatlar koʻrsatiladi. 
Ammo, katta hajmdagi mablagʻ hech qaysi sherikda topilmadi. Shu bois, sheriklar 
ushbu loyihasini tashqi manbalar orqali moliyalash haqida oʻylay boshladi. Fuqaro 
Azimov bank kreditlarini taklif etdi. Obidov esa, yangi sheriklarni jalb etish. 
Akmalova ham fikr bildirib, aksiyalar chiqarib, fond bozoridan cheklangan miqdorda 
mablagʻ jalb etish mumkinligini aytdi. Sheriklarga huquqiy maslahat bering.
1. Har bir sherikning taklifiga munosabat bildiring va taklifkarni qanday 
huquqiy rasmiylashtirish mumkinligini tahlil eting.
2. Mazkur biznesni qaysi tashkiliy-huquqiy shaklda ochishni qulay deb 
hisoblaysiz? Fikrlaringizni asoslantiring.


Kazusni tahlil qilishda avvalo har bir sherikning taklifiga to‟xtalib chiqamiz. 
Azimovni bankdan kredit olish fikrini tahlil qiladidagan bo‟lsak. Ushbu taklif 
sheriklar oldida turgan moliyaviy muammoni yaxshi yechimi bo‟ladi. Hozirda 
tadbirkorlar uchun ko‟plab imtiyozli kreditlar olish mumkin. Bu bo‟yicha 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‟g‟risidagi” va O‟zbekiston 
Rspublikasi 
prezidentining 
“Tadbirkorlikni 
qo‟llab 
quvvatlash 
tizimini 
takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‟yicha qo‟shimcha 
chora-tadbirlar to‟g‟risidagi” qarorlarida tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish 
bo‟yicha topshiriqlar berilgan. Unga ko‟ra tadbirkorlar Tadbirkorlik faoliyatini 
qo„llab-quvvatlash davlat jamg„armasi tomonidan Markaziy bank asosiy stavkasining 
1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik 
subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo„yicha foiz xarajatlarini qoplash 
uchun kompensatsiya, shuningdek uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan 
holda, taqdim etiladi.
Banklardan kredit olish ishtirokchilarni moliyaviy muammolarini yechimi bo‟la 
oladi. Lekin, ularni yangi tadbirkorligini hisobga olsak bankga olgan kreditni har oy 
to‟lab borish hisobiga ularga keladigan foyda kam bo‟lishi mumkin. Keyinchalik esa 
ularni to‟liq foyda bilan ishlashini hisobga olsak yangi tadbirkorlar uchun bu usul 
juda qulay bo‟ladi. 
Obidovni fikri ya‟ni yangi sheriklarni jalb etishni tahlil qilsak. Bu usul ham 
ishtirokchilarning moliyaviy muammosini yechimi bo‟la oldi. Qonunda 
ta‟qiqlanmagan har qanday tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining ya‟ni, 
ishtirokchilarning o‟z mol-mulki asosida amalga oshirilishi mumkin. Ishtirokchilarni 
sonini ko‟payishi yaxshi tanlov bo‟lishi mumkin. Chunki har bir ishtirokchi qo‟shgan 
mol-mulki hisobida foyda oladi, bu esa tadbirkorlikdan keladigan foydani teng va 
adolatli taqsimlanishini ta‟minlaydi. Bu vaziyatda har bir ishtirokchi ko‟proq foyda 
olishni xohlaydi bu esa ularni o‟z ulushini ko‟paytirishni talab etadi. Ular o‟z ulushini 
ko‟paytirish bilan ushbu tadbirkorlik soxasini kengayishiga va uni rivojlanishiga 
yaxshi ta‟sir ko‟rsatadi. 
Akmalovani fikriga keladigan bo‟lsak aksiyalar chiqarib, fond bozoridan 
cheklangan miqdorda mablagʻ jalb etish mumkinligini tahlil qilamiz. Bu usul 
ishtrokchilarni oziq-ovqat do‟koni ochishni rejalashtirganini hisobga olsak unchalik 
qulay usul emas. Chunki buning uchun aksiyadorlik jamiyati tuzib, aksiyalar chiqarib, 
uni fond bozorida sotish kerak bo‟ladi. Bu kichik tadbirkorlik faoliyati uchun oqilono 
yechim bo‟la olmaydi. Bundan tashqari fond bozoridagi aksiyalarni aksionerlar sotib 


olishi bu biznesni yangi ekanligini hisobga olsak juda qiyin bo‟ladi. Bu usul 
ishtirokchilar o‟z biznesini rivojlantirganidan so‟ng uni butun Respublika bo‟ylab 
yo‟lga qo‟yishni boshlashganda ular uchun juda foydali bo‟ladi. Aksionerlar ham 
bunday katta biznes aksiyalarini sotib olishadi. 
Mazkur biznesni qaysi tashkiliy-huquqiy shaklda ochishni qulay deb 
hisoblaysiz? Bu savolga javob berishdan oldin Aksionerlik jamiyati va MChJ 
tashkiliy-huquqiy shakllarni afzalliklari va kamchiliklari bilan tanishib chiqamiz. 
Mas‟uliyati cheklangan jamiyatni afzalliklari: 
Mas‟uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy 
korxonadan farqli o„laroq, ishtirokchilarning ulushini qo„shish orqali, qisqa muddat 
ichida katta hajmdagi mablag„larni jamlash imkoniga ega. Agar xususiy korxonada 
faqat jismoniy shaxs ta‟sischi bo„la olsa, mas‟uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy 
va yuridik shaxslar ta‟sischi bo„lishi mumkin. Mas‟uliyati cheklangan jamiyat 
ishtirokchilarining javobgarligi ularning ulushi doirasida cheklanadi. Ishtirokchilar 
korxona faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Jamiyatning joriy 
faoliyatini ta‟sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.
Mas‟uliyati cheklangan jamiyatni kamchiliklari: 
Mas‟uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab 
qo„yilishi uning ustav fondini yangi a‟zolar hisobiga kengaytirishga to„sqinlik qiladi. 
Mas‟uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o„z ulushini erkin sota olmaydi yoki 
boshqalarga taqdim eta olmaydi. Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning bir 
qismini yo„qotishga olib kelishi mumkin. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta‟sir 
ko„rsatishi mumkin. Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha 
ishtirokchilarning roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho„zilib ketishiga olib 
kelishi mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto„g„ri 
qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi. Jamiyatdan chiqarilgan yoki undan 
chiqib ketgan ishtirokchi tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) 
hissa tariqasida foydalanish uchun berilgan mol-mulk u qancha muddatga berilgan 
bo„lsa, shuncha muddat davomida jamiyat foydalanishida qolaveradi. 
Aksiyadorlik jamiyatining afzalliklari: 
Aksiyadorlik jamiyatining eng katta afzalliklaridan biri bu katta hajmdagi 
mablag„ni osonlik bilan jamlay olishi. Chunki buning uchun yetarli miqdordagi 
aksiyani chiqarish kifoya qiladi. Aksiyadorlik jamiyati joriy faoliyatini boshqarish 


shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga topshirilishi 
mumkin bo„lgan biznesning yagona shakli ekanligi ham uning asosiy afzalligi. 
Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo„lgan aksiyalar turiga 
bog„liqligi ham uning afzalligi. 
Aksiyadorlik jamiyatining kamchiliklari: 
Aksiyadorlar sonining ko„pligi jamiyat faoliyatini mulkdorlar tomonidan 
boshqarilishni qiyinlashtirishi. Shunga ko„ra aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv 
kengashi tashkil etiladi va direktor tayinlanadi. Bundan tashqari asosiy faoliyat yoki 
boshqaruvga oid biron-bir qarorni qabul qilish uchun uning aksiyadorlar yig„ilishida 
muhokama qilinishi mazkur jarayonning cho„zilishiga olib keladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib mazkur biznesni MChJ tashkiliy-huquqiy 
shaklida ochish ancha qulay bo‟ladi. Chunki ushbu biznes hali yangi bo‟lib, uni 
moliyalashtirish uchun aksiyadorlik jamiyati sifatida ochish talab qilinmaydi. Hozirda 
mazkur biznes MChJ sifatida tashkil qilinsa ham ushbu biznesni boshlash uchun 
yetarli mablag‟ to‟plash mumkin bo‟ladi. Keyinchalik bu biznesni rivojlantirib butun 
Respublika bo‟ylab yo‟lga qo‟yishmoqchi bo‟lishganda ta‟sischilar sonini ko‟paytirib 
tashkiliy-huquqiy shaklini AJ ga o‟zgartirish mumkin. Fond bozoridagi aksionerlar 
ham bunday gigant bines aksiyalarini sotib olishi ehtimoli yuqoriroq bo‟ladi. 
 


1-Mantiqiy savol 
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishining ahamiyatini tahlil 
qiling. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning normativ-huquqiy 
asoslarini yoritib bering.
Aynan tadbirkorlik subyektlari o„z faoliyatini qonuniy amalga oshirish uchun 
dastlabki qadamni davlat roʻyxatidan o„tishdan boshlashlari kerak bo‟ladi. Chunki har 
qanday tadbirkorlik subyekti vujudga kelish jarayonida to„qnashadigan, uni amalga 
oshirishi shart bo„lgan vazifa bu tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan 
o„tish hisoblanadi. Ushbu vazifa davlat uchun ham, tadbirkorlik subyektlarining 
o„zlari uchun ham, xo„jalik yurituvchi subyektlarning yollanma xodimlari uchun ham, 
va, isteʼmolchilar uchun ham g„oyat muhim ahamiyatga ega. 
Davlat va davlat organlari uchun tadbirkorlik subyektlarining davlat 
roʻyxatidan o„tkazilganligi, eng avvalo, davlat soliq xizmati uchun, statistik xizmat 
uchun g„oyat muhim ahamiyatga ega. Soliqlar va boshqa majburiy to„lovlarni 
undirish, soliq siyosatini oqilona ravishda amalga oshirish, ular faoliyati ustidan 
monitoring yuritish tadbirkorlik subyektlari reyestri asosida tartibli amalga oshirilishi 
mumkin. 
Tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan o„tish orqali o„z faoliyatini huquqiy 
maydonda amalga oshiradi, tegishli moliya, buxgalteriya hujjatlarini yuritadi, 
faoliyatining samaradorligini baholash imkoniyatiga ega bo„ladi. Ya‟ni sodda qilib 
aytganda shaxsdan pasportli fuqaroga aylanadi. Ayni paytda tadbirkorlik subyektlari 
uchun qonunlarda belgilab qo„yilgan huquqiy himoya tizimidan, imtiyozlardan 
foydalanish imkoniga ega bo„ladi. 
2017-yil 1-aprelgacha mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini davlat 
roʻyxatidan o„tkazish 2 xil usulda: xabardor qilish tartibi va ruxsat berish tartibida 
amalga oshirilardi. Xabardor qilish tartibida davlat roʻyxatidan o„tkazish Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va 
hisobga qo„yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to„g„risida”gi qarori bilan 
tasdiqlangan nizom, ruxsat berish tartibi esa Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan o„tkazish tartibotlari tizimini tubdan 
takomillashtirish to„g„risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan amalga oshirilar 
edi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 


“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o„tkazish tartibi to„g„risida”gi nizomga 
ko„ra ikki usul birlashtirildi. Ushbu qarorga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga 
“yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari ko„rsatish yagona markazlarini 
ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha xizmatlarni 
taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o„zgartirildi. Bu esa tadbirkorlarni 
oldida turgan ro‟yxatdan o‟tishdagi navbatlar va shu kabi qiyinchiliklarni bartaraf 
qildi. 
2-Mantiqiy savol 
Iqtisodiy nizolarni sudgacha hal qilish tartibi tadbirkorlik subyektlari faoliyati 
uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini tahlil eting. 
Nizolarni sudgacha hal qilish deganda taraflarning yuzaga kelgan nizolar 
(kelishmovchiliklar)ni sud organlarining aralashuvisiz hal qilishga qaratilgan 
birgalikdagi harakatlari tushuniladi. 
Nizolarni sudgacha hal qilishga qonun chiqaruvchi tomonidan ham fuqarolik, 
ham ma‟muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo„yicha yo„l 
qo„yiladi. Iqtisodiy nizolarni sudgacha, ya‟ni sud muhokamasisiz hal qilish tartibidan 
har bir taraf manfaatdor bo‟ladi.
Birinchidan, talabnoma yuboruvchi qisqa muddatda buzilgan huquq va qonuniy 
manfaatlarini tiklashga erishadi;
Ikkinchidan, taraflar da‟voni rasmiylashtirish va uni sudga taqdim qilish, da‟voni 
sudda ko„rish jarayonida ishtirok etish bilan bog„liq vaqtlari va mablag„larini 
tejaydilar; 
Uchinchidan, davlat bojini to„lash va sud chiqimlari bilan bog„liq xarajatlarning oldi 
olinadi; 
To„rtinchidan, shartnomaviy munosabat ishtirokchilari o„rtasidagi ishonch va 
hamkorlik mustahkamlanadi hamda kelajakda hamkorlikni yanada rivojlantirishga 
sharoit yaratiladi; 
Nizolarni sudgacha hal qilish bo„yicha to„g„ri va o„z vaqtida ishlarni yuritish 
davlat organlari va tashkilotlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgan huquqiy ishlarning asosiy bosqichlaridan biri hamda shartnoma shartlarini 
bajarish bo„yicha huquqiy ta‟minlashning samarali vositasi hisoblanadi. 


Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda nizolarni sudgacha hal qilish davlat 
organlari va tadbirkorlar uchun buzilgan huquqlarni himoya qilishning afzal shakli 
hisoblanib, u qonuniylik prinsipiga mos keladi va davlatga ham, fuqarolar va yuridik 
shaxslarga ham tejamliroq hisoblanadi. Ushbu taomil yangi tadbirkorlar uchun juda 
qo‟l keladi. Sud orqali hal qilinganda davlat boji to‟lash va undagi yo‟qotilgan vaqt 
bozordagi yangi vujudga kelayotgan tadbirkorlarni qiyin ahvolga soladi. Sudgacha hal 
qilingan taqdirda bunday holatlar kuzatilmaydi va ikki taraf uchun ham foydali 
bo‟ladi.

Download 136,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish