Moliya bozori savdo tizimlari, ularning faoliyati va roli Moliya bozorlarining savdo tizimlari va ularning iqtisodiyotdagi roli. Birjalar va ularning faoliyati. Elektron savdo tizimlari va ularning faoliyati. Moliya mahsulotlarining chakana savdosi tizimlari.
Moliya bozori risklari va investision portfellarni boshqarish asoslari Moliya bozori risklari, ularni baholash va boshqarish. Birjaviy risklar. Investision jarayondagi risk omili. Investision portfellar. Investision portfellarni shakllantirish asoslari. Investision portfelni baholash va boshqarish asoslari.
Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish asoslari Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish konsepsiyalari. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning o’zaro bog’liqlikdagi faoliyati. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish modellari. Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning jahon amaliyoti. Moliya bozori makroregulyatori konsepsiyasi. Korporativ boshqaruv asoslari. Moliya bozori transparentligi, undagi axborot va hisobotlar tizimi. O’zbekistonda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish mexanizmlari.
Jahon moliya bozorining zamonaviy tendensiyalari va muammolari Jahon moliya bozorining rivojlanishi tendensiyalari va muammolari. Xalqaro moliya bozorlaridagi operasiyalar. O’zbekiston moliya bozorining jahon moliya bozoriga integrasiyalashuvi masalalari.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar “Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar” fani doirasida olingan nazariy bilimlar amaliy mashg’ulotlar asosida mustahkamlanadi. Mavzular bo’yicha nazariy bilimlarni mustahkamlashga yo’naltirilgan amaliy mashg’ulotlar auditoriyada o’quv rejada berilgan soatlar hajmi doirasida o’tkaziladi. Har bir mavzu bo’yicha tegishli masalalar va topshiriqlar bajariladi. Fanni amaliy o’zlashtirishi uchun o’qitishning ilg’or zamonaviy usullaridan foydalanish, statistik ma’lumotlardan foydalanish hamda yangi informasion va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish talab qilinadi.
Amaliy mashg’ulotlar mavzulari
1.Moliya bozorining nazariy asoslari.
2.Moliya bozori instrumentlari va qimmatli qog’ozlar.
3.Moliya bozori indikatorlari va modellari.
4.Moliyaviy instrumentlar tahlili.
5.Moliya bozori emitentlari va investorlari, ularning siyosatlari va roli.
6.Moliya bozori institutlari, ularning faoliyati va roli.
7.Moliya bozori savdo tizimlari, ularning faoliyati va roli.
8.Moliya bozori risklari va investision portfellarni boshqarish asoslari.
9. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish asoslari.
10.Jahon moliya bozorining zamonaviy tendensiyalari va muammolari.
Amaliy mashg’ulotlarni bajarish jarayonida multimedia vositalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida moliya bozori munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganishga alohida ahamiyat qaratish lozim. Bunda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga yetkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko’chirmalar tarqatma material sifatida o’rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o’rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet-saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar to’g’risida ularning rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanish lozim.