1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichlari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarining moliya organlari xodimlari tomonidan bajarishga doir vazifalari va tartibini belgilaydi.
2. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda moliya organlari deb ataladi) tomonidan mavjud rezervlarni mobilizatsiya qilish bo‘yicha har kuni o‘tkaziladigan monitoringni hisobga olgan holda budjetni ijro etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish ta’minlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining malakali mutaxassislari har oyda joylarga borgan holda qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va shu asosda mahalliy budjetning daromadlar bazasini kengaytirishni hisobga olgan holda, tuman (shahar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi va sur’atlaridan kelib chiqib aniqlashtirilgan prognozlarni shakllantirishda va davlat soliq xizmati organlariga yetkazishda qatnashadilar.
2-bob. Rezervlarni aniqlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish bo‘yicha tuman moliya bo‘limlarida ishlarni tashkil etish tartibi 4. Mahalliy budjet daromadlar qismining shakllanishi masalalariga mutasaddilik qiluvchi moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari har oyda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning prognoz tushumlarini ishlab chiqarish dinamikasi va sur’atlarining o‘zgarishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ochilishi va soliq to‘lovchilar sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib hisob-kitob qiladi.
5. Moliya bo‘limlari mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda tushumlarning aniqlangan qo‘shimcha manbalarini, shu jumladan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida hisobda turmagan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi.
6. Moliya bo‘limi rahbari oyma-oy bo‘lingan mahalliy budjet prognoz parametrlarini tuman (shahar) hokimlariga tasdiqlash va keyinchalik uning ijrosini ta’minlash uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yetkazish uchun kiritadi.
7. Moliya bo‘limi rahbari o‘z buyrug‘i bilan har bir xodimga 5 tadan kam bo‘lmagan daromadlar manbaini biriktiradi va ushbu manbalar bo‘yicha tuman moliya bo‘limi xodimi tomonidan tuman (shahar) moliya bo‘limlari va tuman davlat soliq inspeksiyalari ma’lumotlar bazasi bo‘yicha monitoring amalga oshiriladi.
8. Moliya bo‘limining mas’ul xodimi amalga oshirilayotgan monitoring doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang. moliya organlarining ma’lumotlar bazasini statistika organlari, Davlat xizmatlari markazlari, ichki ishlar tuman bo‘limlari va notariuslar, tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beruvchilarning ma’lumotlar bazasini taqqoslash orqali qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilari — yakka tartibdagi tadbirkorlarni, shuningdek ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son) Oldingi tahrirga qarang. jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlashning to‘g‘riligini va “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlari tomonidan yer uchastkalari va mol-mulkning to‘liq hisobga olinganligini tekshirish orqali jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i tushumlarining to‘liqligini o‘rganadi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son) vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan soliq to‘lovchilarning faoliyatini joylarga borib o‘rganishlarda ishtirok etadi;
soliq qarzini uzish uchun maqsadli marshrutlarni ishlab chiqish va mablag‘larni keyinchalik budjetga yo‘naltirish maqsadida yuridik shaxslarning soliq qarzdorligi holatini o‘rganadi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlarning, ishchilar sonining, o‘rtacha ish haqining va eksport hajmining to‘liq hisobga olinishini kuzatib boradi;
faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi munosabati bilan soliq solinadigan bazaning o‘zgarishini tahlil qiladi;
savdo komplekslari, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, avtomobillarga yonilg‘i quyish va avtomobillarga kompressor vositasida gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatini, shuningdek davlat mulki bo‘yicha eng kam ijara haqi stavkasining to‘g‘ri qo‘llanishini har kuni (har haftada) tahlil qiladi.
9. Moliya organlarining mas’ul xodimlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini ham olib boradi. Monitoring qilish maqsadida moliya bo‘limi rahbari o‘zining buyrug‘i bilan har bir xodimga 10 tadan kam bo‘lmagan miqdorda hududiy dasturlarni biriktiradi.
Monitoring iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning tarmoq jadvallari bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
10. Moliya organlarining va moliya-taftish boshqarmasining mas’ul xodimlari monitoring natijalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniqlangan qo‘shimcha rezervlar to‘g‘risida, alohida shakl bo‘yicha yozma yoki elektron tarzda axborot taqdim etadilar. Ayni bir vaqtda davlat soliq inspeksiyalariga soliqlar va to‘lovlar manbalari bo‘yicha aniqlangan rezervlar, soliq solish obyektlarida hisobga olinmagan soliq to‘lovchilar, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘lovlarni undirish va hisobga qo‘yish choralarini ko‘rish uchun yuboriladi.
11. Olib borilayotgan monitoring va tizimli tahlil natijalari asosida moliya bo‘limi rahbari tomonidan tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga choralar ko‘rish uchun quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritiladi:
budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish bo‘yicha;
tumanlar budjetlarining aniqlashtirilgan prognoz parametrlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash va manbalar bo‘yicha tushumlarni ko‘paytirishning qo‘shimcha rezervlarini aniqlash bo‘yicha;
mavjud muammolarni, hududiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallaridan orqada qolishlarning yoki ular bajarilmasligining oldini olish bo‘yicha.
12. Moliya bo‘limining mas’ul xodimi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan birgalikda:
tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida budjet tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorlikni jismoniy shaxslardan undirishga ko‘maklashadi;
budjet tashkilotlari xodimlari ish haqidan budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
13. Faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, shuningdek yangi korxonalarni ishga tushirish va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi munosabati bilan soliq solinadigan bazaning o‘zgarishini tizimli tahlil qilish uchun moliya bo‘limining mas’ul xodimi statistika organlari hamda iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari ma’lumotlari asosida yangi ishga tushirilgan va ishga tushiriladigan korxonalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning prognoz summalarini hisob-kitob qiladi va ularni tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga yuboradi.
14. Bozorlar daromadi, savdo va umumiy ovqatlanish tovar aylanmasi, avtomobillarga yonilg‘i quyish va avtomobillarga kompressor vositasida gaz to‘ldirish shoxobchalari tushumi, shuningdek davlat mulki bo‘yicha eng kam ijara haqi stavkasi kamayganda tuman (shahar) moliya bo‘limi rahbari davlat soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda tushumlar kamayishi sabablarini aniqlaydi va qo‘shimcha tushumlar bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga taklif kiritadi.
15. Foydalanilgan elektroenergiya va tabiiy gaz dinamikasini, shuningdek korxonalar tomonidan olingan kredit hajmini ularning sof tushumi va ishlayotgan xodimlar soni bilan taqqoslash orqali foydalanilgan elektroenergiya va tabiiy gaz dinamikasi saqlanib qolgan holda sof tushum hajmini va xodimlar sonini kamaytirib ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati shakllanadi.
16. Tuman moliya bo‘limi rahbari yuzaga kelgan mahalliy budjetlar daromad bazasini kengaytirish bo‘yicha aniqlangan rezervlar to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtiradi va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniqlangan rezervlarni mahalliy budjetga jalb qilish uchun operativ choralar ko‘rish uchun har haftada kiritadi.
3-bob. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetlar daromad bazasini kengaytirish, subvensiya darajasini pasaytirish va ularni bosqichma-bosqich subvensiyadan chiqarish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish monitoringi tartibi 17. Doimiy monitoring olib borish maqsadida tuman (shahar) moliya bo‘limi rahbari o‘zining buyrug‘i bilan har bir xodimga moliya organining mas’ul javobgar xodimi tomonidan doimiy monitoring amalga oshiriladigan kamida 10 ta hududiy loyihalarni biriktiradi.
18. Moliya bo‘limlarining mas’ul xodimlari hududiy dasturlarning amalga oshirilishi monitoringini quyidagilar orqali amalga oshiradi:
loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risida iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini tahlil qilish;
bo‘sh turgan obyektlar xatlovini o‘tkazish va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga avval xususiylashtirilgan va bo‘sh turgan korxonalar bo‘yicha xulosalar taqdim etish;
zarar ko‘rib ishlayotgan iqtisodiy nochor korxonalar va ishlamayotgan korxonalarning iqtisodiy holatini o‘rganish va ularni sog‘lomlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
19. Monitoring natijalari bo‘yicha bajarilishi orqada qolayotgan yoki tarmoq jadvallari bajarilmayotgan loyihalar bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tahliliy ma’lumot va taklif taqdim etiladi.