2-bob. Jismoniy shaxslar faoliyatini nazorat qilish hisobiga soliq tushumlarini ko‘paytirish Oldingi tahrirga qarang. 5. Jismoniy shaxslar tomonidan mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lanishining nazorati bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari kun davomida o‘rtacha 25 ta obyektga boradilar va shu bilan birga:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son) uy-joylarga mulk huquqlarini o‘z vaqtida ko‘chmas mulkka egalikni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organlarida rasmiylashtirilganligi yuzasidan kadastr hujjatlarining mavjudligini aniqlashtiradilar va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) hududiy organlariga ma’lumot kiritadi;
soliq obyektlarini baholash va qayta baholash ishlarini nazorat qiladilar, zarur holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bandiga muvofiq “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organlariga so‘rovnoma yuboradilar;
mol-mulk obyektlari va yer uchastkalariga hisoblangan budjetga to‘lanadigan soliqlar summasi haqida fuqarolarni (to‘lov xabarnomasi orqali) xabardor qiladilar;
soliqlarni belgilangan muddatlarda to‘lash va muddatida to‘lanmagan taqdirda soliq qarzdorligini majburiy undirish choralari qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar olib boradilar, vakolatli organlar bilan birgalikda majburiy undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish choralarini ko‘radilar;
yer solig‘ini muntazam ravishda to‘lamaslik holatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, yer uchastkasiga egalik qilish huquqini to‘xtatish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimiga talabnoma kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang. 6. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son) qat’iy belgilangan soliq va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari tushumini ta’minlaydi;
har kuni qat’iy belgilangan soliq va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallaridan qarzi mavjud bo‘lgan (3 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek soliq qarzini undirish choralarini ko‘radi;
har kuni faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (3 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bo‘yicha kuzatuv olib boradi;
noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan (4 nafardan kam bo‘lmagan) jismoniy shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176-moddasida belgilangan ma’muriy choralarni qo‘llash bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazadi va ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 7. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari hafta davomida:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son) faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (2 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini qayta tiklash va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan (2 nafardan kam bo‘lmagan) ishchilarni davlat soliq inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘radilar;
yirik miqdordagi aylanmalarini amalga oshirayotgan hamda ro‘yxatdan o‘tgan faoliyat turi bilan haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turi mos kelmaydigan (2 nafardan kam bo‘lmagan) yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha tahlillar o‘tkazadilar.
8. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari:
davlat soliq xizmati organlariga yilning 1-apreliga qadar, ikki yoki undan ko‘p manbadan daromadlari to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilgan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan jismoniy shaxslar, shuningdek hisoblangan soliq summalarini yilning 1-iyuniga qadar to‘lamagan jismoniy shaxslar ro‘yxatini shakllantiradilar;
soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun ma’muriy choralar qo‘llash bayonnomasini tuzadilar va materiallarni belgilangan tartibda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot bo‘limiga taqdim etadilar;
tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq qarzdorligini to‘lash bo‘yicha talabnomalar yuboradilar va qonunchilikka muvofiq majburiy undirish choralarini ko‘radilar;
mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslarni aniqlaydilar, ularni hisob qo‘yishni amalga oshiradilar, deklaratsiya topshirilishi va jismoniy shaxslarning daromadlariga hisoblangan soliqni undirishni ta’minlaydilar;
ijaraga berilgan noturar obyektlar, shuningdek 12 oy davomida ikki martadan ortiq sotilgan turar joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradilar.
Turar va noturar joylarni noqonuniy ijaraga topshirish holatlari aniqlanganda, ushbu jismoniy shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikni qo‘llash to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi va tegishli soliqlar undiriladi.