6-bob. Mahalliy budjet daromadlar bazasini bozorlar va savdo komplekslari bo‘yicha tadbirlar hisobiga kengaytirish
21. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan:
belgilangan tartibda har kuni, avtomatlashtirilgan bank tizimi orqali kelib tushadigan bir martalik to‘lovlar, ijara to‘lovlari va boshqa tushumlarning to‘liq kelib tushishini ta’minlash maqsadida, bozor va savdo komplekslaridagi savdo qilish joylarining to‘liq bandligi monitoringi o‘tkaziladi;
bozorlar va savdo komplekslarida naqd pul tushumi kelib tushishi pasaygan taqdirda xronometraj o‘tkazish tashkillashtiriladi va tushumlarning pasayib ketish sabablari aniqlanadi hamda qo‘shimcha mablag‘lar tushumlari bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi;
tadbirkorlar va jismoniy shaxslarda tegishli hujjatlarning mavjudligi bo‘yicha kundalik monitoring olib boriladi;
har kuni, naqd pul tushumining to‘liq kelib tushishini ta’minlash maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida xronometrajlar tashkillashtiriladi va soliqqa tortish bazasini kengaytirish choralari ko‘riladi;
dehqon bozorlarida qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini qimmatlashgan narxlarda sotishning oldini olish bo‘yicha nazorat choralari o‘tkaziladi;
bozorlarda qalbaki, sifatsiz mahsulotlarni tayyorlash va sotishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat amalga oshiriladi va tekshiruvlar tashkil etiladi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning keyingi faoliyatini o‘rganish amalga oshiriladi hamda kuzatuv dalolatnomalari tuziladi va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanganda tekshirishlar tashkil etiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
7-bob. Soliq to‘lovchilarga amaliy yordam ko‘rsatish va to‘lov intizomini ta’minlash yo‘li bilan mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirish
22. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari:
yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga qo‘yishda ular bilan profilaktik suhbat olib boradilar va ularni soliq majburiyatlari bilan tanishtiradilar;
har oyda kamida ikki marta tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali yetkazadilar;
mahallalarda fuqarolar o‘rtasida soliq majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan har kuni tushuntirish o‘tkazadilar;
aniqlangan huquqbuzarliklar va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida ommaviy axborot vositalarida har oyda kamida bir marta chiqishlar tashkil etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
har oyda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Davlat xizmatlari markazlari va boshqa organlar bilan birgalikda yoshlar, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun “Tadbirkorlik soati” tadbirlarini tashkil etadilar.
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 614-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |