Qarori qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 474,3 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi474,3 Kb.
#317042
Bog'liq
Labalatoriya ishi 2 Usmonov Faridun




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA STATISTIK MA’LUMOTLAR BAZASINI KENGAYTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilsin.

2. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish, bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish, yakuniy natijalarni e’lon qilish quyidagi asosiy vazifalarni nazarda tutgan holda uch bosqichda amalga oshirilsin:

birinchibosqich (2022 — 2024-yillar):

ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tamoyillari hamda metodik asoslari, ro‘yxatdan o‘tkazishga doir boshqa masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish;

avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

sinov asosida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish, natijalarini tahlil qilish;

ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlarida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish;

qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq boshqa ishlarni amalga oshirish;



ikkinchi bosqich (2024-yil) — bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirini amalga oshirish;

uchinchibosqich (2024 — 2026-yillar) — ro‘yxatdan o‘tkazishga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, dastlabki va yakuniy natijalarni olish hamda e’lon qilish.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

qishloq xo‘jaligi statistikasi ko‘rsatkichlarining sifati, ishonchliligi va shaffofligini yanada oshirish;

qishloq xo‘jaligining tarkibiy holatini baholash, sohani xalqaro tajribalarda foydalaniladigan statistik ma’lumotlar bilan taqqoslash imkoniyatini yaratish;

qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish davrlari oralig‘ida dastlabki sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etish, tanlanma kuzatuvlarni amalga oshirish uchun statistik ma’lumotlar bazasini yaratish.

4. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat statistika qo‘mitasi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yicha chiqishlar va mavzuga oid ko‘rsatuvlarni tashkil qilib borsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 26-fevral,

104-son


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 104-son qaroriga
1-ILOVA




MUNDARIJA


QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA STATISTIK MA’LUMOTLAR . . . . . . . . . . 1

Foydalanilgan adabiyotlar :



1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI



Download 474,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish