Modulining


O‘zbekiston maktablari milliy reytingi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana28.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#713605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
 O‘zbekiston maktablari milliy reytingi. 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan respublika maktablar 
milliy reytingi ishlab chiqilgan. 2019 yilgi reytingning birinchi pog‘onasini Buxoro 
viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-maktab band etgan. Xorazm viloyati Gurlan 
tumanidagi 1-maktab ikkinchi, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 30-maktab 
uchinchi o‘rindan joy olgan. Reyting tuzishda 9-sinf o‘quvchilarining bilim 
darajasi, oliy va birinchi toifadagi o‘qituvchilar ko‘rsatkichi va so‘rovnomalar 
natijalari asosidagi to‘plangan ballar hisobga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq 
ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 


to‘g‘risida»ga farmoni asosida 2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida 
umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini tuzish vazifasi 
yuklatilgan. Ushbu farmon ijrosi yuzasidan umumta'lim muassasalari faoliyati 
samaradorligi bo‘yicha milliy reyting tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur reyting 
kelgusida xalqaro maydonda, O‘zbekiston Respublikasining PISA-2021 xalqaro 
baholash dasturiga tayyorgarlik jarayoniga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. 
Top-20talikdagi qolgan o‘rinlar quyidagicha joylashgan:
4-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani 66-maktab; 
5-o‘rin – Namangan viloyati, Pop tumani, 7-maktab; 
6-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 41-maktab;
7-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, 37-maktab; 
8-o‘rin – Namangan viloyati, Namangan tumani, 23-maktab; 
9-o‘rin – Namangan viloyati, Uychi tumani, 23-maktab; 
10-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, 26-maktab; 
11-o‘rin – Xorazm viloyati, Shovot tumani, 28-maktab; 
12-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 30-maktab; 
13-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 10-maktab;
14-o‘rin – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, 5-maktab; 
15-o‘rin – Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 4-maktab;
16-o‘rin – Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, 28-maktab; 
17-o‘rin – Xorazm viloyati, Xiva shahar, 2-maktab; 
18-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tuman, 23-maktab;
19-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, 10-maktab;
20-o‘rin – Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 58-maktab; 
Eng yaxshi 20ta maktab qatoridan Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent 
viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablari joy 
ololmagan. Jumladan, Samarqand viloyatining eng yaxshi ball olgan maktabi 
ro‘yxatning 
51-o‘rnidan 
joy 
olgan 
bo‘lsa, 
Sirdaryo 
vakili 
61-, 
Qoraqalpog‘istonning eng yaxshi maktabi 100-o‘rinda joylashgan. 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi tomonidan 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari 
reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazildi.
So‘rovnomalarni o‘tkazishda xalqaro tajribalardan foydalanilgan bo‘lib, 
o‘rganishlar davomida O‘zbekiston tuman va shaharlaridagi maktablarda ta’lim 
sifati tahlil qilindi. Asosiy mezon sifatida quyidagi 4 ta ko‘rsatkich e’tiborga 
olingan: 



bitiruvchi o‘quvchilarning (11-sinf) umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim 
tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi (35 ball); 

9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi (25 ball); 

oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi (20 ball); 

umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida 
o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (20 ball). 
Joriy qilinayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 60 foizi o‘quvchilar bilim 
darajasini aks ettiradi. 
Yuqoridagi indikatorlar asosida respublikaning 992 ta (jamiga nisbatan 10%) 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (maktablar) faoliyati tahlil qilindi. 1 iyul holatiga 
ko‘ra tayyorlangan reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, 
Namangan va Xorazm viloyatlari egalladi. Eng quyi o‘rinlardan Sirdaryo, 
Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari joy oldi. 
Umumiy reyting bo‘yicha eng yuqori 20 talikdan Andijondan 6 ta, Farg‘onadan 4 
ta, Xorazmdan 2 ta, Qoraqalpog‘istondan 2 ta, Namangandan 2 ta, Buxorodan 1 ta, 
Samarqanddan 1 ta, Qashqadaryodan 1 ta, Surxondaryodan 1 ta maktab joy. 
Eng oxirgi 20 talikka Qashqadaryodan 5 ta, Surxondaryodan 4 ta, Samarqanddan 3 
ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Sirdaryodan 2 ta, Toshkent shahridan 1 ta, 
Andijondan 1 ta, Qoraqalpog‘istondan 1 ta, Buxorodan 1 ta maktab kirgan. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish