Modulining



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana28.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#713605
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Tarix fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar” 
 
MODULINING 
 
NAZARIY VA AMALIY MAShG’ULOT
MATERIALLARI 



1-mavzu. Tarix fanini o‘qitishda ilg‘or horijiy tajribalar 
Reja: 
1. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim tizimi.
2. Jahonning rivojlangan maktablarida tarix fanining o‘qitilishi.
3. O‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi 
ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar.
Tayanch so’zlar: ta’lim tizimi, dunyo maktablari, reyting, metodika, ilg‘or 
xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, modulli-
kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), PISA 
1. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini 
tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, 
jamiyatda 
yuz 
berayotgan 
inqilobiy 
o‘zgarishlarni insonning o‘zini 
o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-
o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. 
Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda 
rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash 
zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning 
ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj 
kuchaydi. 
Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan 
hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya 
sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib 
berish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda 
tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish 
kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol 
ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli 
ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan 
mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda. 
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina 
bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga 
aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha 
diqqat –e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti 
R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti 
F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. 
F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan. 


Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan 
ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan 
ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan 
yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari 
shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH 
da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada 
ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. 
Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan 
nimasi bilan ajralib turadi? 

Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab 
davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va 
imkoniyatlarga ega; 

Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va 
ularga baho qo’yilmaydi;

Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har 
bir masala haqida o’z fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni 
o’rgatadi;

Bir fanni boshqa fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi. 
Masalan finlar matematikani san’atdan ko’ra chuqurroq o’rganish kerak deb 
hisoblamaydi; 

Bir o’quvchini boshqa o’quvchibilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va 
qobiliyatlari bolalar bir sinfda o’qishadi; 

Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – 
imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat 
bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi; 

Fin maktablarida eng asosiysi — o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlashi, 
deb hisoblanadi. Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi. 
Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan 
foydalanishni o’rganadi;

O’qituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat 
o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi; 

Finlandiyada "o’qituvchi” kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim 
maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga juda katta konkurs mavjud; 

Finlandiyada umumiy o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik, 
ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish 
ta’qiqlangan; 
Ma’lumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta 
tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega 


emas. 20 asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan 
biri bo’lgan. O’sha yillarda minglab finlar AQSh, Angliya, Germaniya va 
Fransiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda 
amerikada uy xizmatchisini "finka” deb atashgan. 
Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning nufuzli tahliliy markazlar fikriga 
ko’ra, "Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, "Erkaklar va ayollar huquqlari teng 
mamlakat”, "Dunyoning eng stabil mamlakati”, "Dunyoning eng xavfsiz 
mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati” degan nomlariga sazovor bo’lgan 
Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan 
davlatlar bilan raqobatlasha olishi oʻz navbatida mehnat bozoridagi kadrlarga 
bogʻliq. 
Mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantiradigan 
kadrlar esa taʼlim 
muassasalarida oʻqib-ulgʻayadi. Demak, sifatli taʼlim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli 
kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyatni quradi.
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi davriga 
qadam qoʻygan bugungi kunda inson kapitaliga sarmoya kiritish, taʼlimni isloh 
qilish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Jumladan, soʻnggi ikki yil ichida 
oʻqituvchilarning oylik maoshi 1,5 barobarga oshirildi, jamiyatda oʻqituvchilar 
nufuzini oshirishga qaratilgan qator choralar koʻrildi, mamlakatimizning barcha 
hududlarida Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar 
tashkil etilib, mazkur taʼlim muassasalariga eng malakali mutaxassislar jalb etildi. 
Shuningdek, mavjud maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, 
barcha hududlarda zamonaviy maktablar barpo etilmoqda.
Barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirishdan avval, albatta, xalqaro 
tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Mamlakatlarda olib borilayotgan taʼlim siyosatining qay darajada 
samara berayotganligi xalqaro reytinglarda oʻz aksini topadi.
ICILS, ICCS, TEDS, TIMSS, PIRLS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash 
dasturlari orqali turli yoʻnalishlar boʻyicha reytinglar aniqlanadi va eʼlon qilinadi. 
Bu dasturlar orasida eng nufuzlisi PISA baholash dasturi boʻlib, undagi 
ishtirokchi-davlatlar soni 85 tani tashkil etadi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021-yilda oʻtkaziladigan PISA 
xalqaro tadqiqotida bizning oʻquvchilar ham ishtirok etishi, xalqaro arenalarda 
Oʻzbekiston ham oʻzini munosib tarzda namoyon etishi uchun qator ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Prezidentimizning Farmoniga muvofiq mamlakatimizning 2030-yilga kelib 
PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash 
dasturining reytingi boʻyicha jahonning 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishga 
erishishi ustuvor vazifa etib belgilanganligi ham mazkur tadqiqotda muvaffaqiyatli 


ishtirok 
etib 
borish 
masalasiga 
hukumat 
darajasida 
yuksak 
eʼtibor 
qaratilayotganligidan dalolatdir.
Mazkur tadqiqotning jozibasi nimada? U dunyo taʼlim tizimiga qanday taʼsir 
etmoqda? Mazkur savollarga javobni PISA tadqiqotining koʻp yillik tahlillariga 
asosan xalqaro ekspertlar, tadqiqotchilar mulohazalariga hamda PISA dasturining 
asoschisi va koordinatori, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Taʼlim 
departamenti rahbari janob Andreas Shlyayxerning “Jahon miqyosidagi taʼlim. 
XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?” (“Worldwide Education. 
How to build a 21st-century school system?”) nomli noyob kitobidan olish 
mumkin.
PISAning boshlanishi. 1990-yillarning oxirida aynan taʼlim siyosatini ishlab 
chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qoʻllash gʻoyasi Iqtisodiy 
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan oʻquvchilarning taʼlimdagi 
yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur – PISA tadqiqotining yaratilishiga 
olib keldi.
PISAning maqsadi – taʼlim tashkilotlari va taʼlim siyosatini belgilaydigan 
shaxslarga sinf, maktab va butun mamlakat chegarasidan tashqariga nazar solishga 
yordam berishdir. U ishonchli maʼlumotlarni toʻplaydi va ularni oʻquvchilar 
haqidagi keng qamrovlimaʼlumotlar bilan birlashtiradi.
Bugun PISA tadqiqotlari – bu nafaqat mamlakatlarni qiyoslash, balki PISA 
tadqiqotida ixtiyoriy qatnashayotgan minglab taʼlim tashkilotlarini ham 
taqqoslashdir. Bu ularga oʻz natijalarini butun dunyo maktablari bilan qiyoslash 
imkonini beradi.
PISA tadqiqotlarida yuqori natijani koʻrsatish uchun oʻquvchilar fanlar 
chegarasidan chiqib fikrlashlari va yangi vaziyatlarda oʻz bilimlarini ijodiy qoʻllay 
olishlari lozim.
PISA tadqiqoti taʼlim sohasidagi islohotlarning oʻziga tortuvchi kuchi boʻla 
olishini isbotladi. Har uch yilda oʻtkaziladigan bu baholash taʼlim siyosatini 
belgilovchi shaxslarga murakkab islohotlarga oid qarorlarni tahliliy manba bilan 
mustahkamlab, qabul qilishga yordam beradi. Bugun PISA tadqiqoti vositasida 
jahon iqtisodiyotining 80 foizini tashkil etadigan 90 dan ortiq mamlakat bahs-
munozara olib bormoqda.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish