Модул бўйича соатлар тақсимоти


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15



Download 1,16 Mb.
bet43/44
Sana21.02.2022
Hajmi1,16 Mb.
#46733
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Ijimoiy fanlar

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15
martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-son qarori.
Umumiy o‘rta ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 15 mart kuni 140-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqladi. Ushbu nizom 10 ta bob, 85 banddan iborat.
1-bob. Umumiy qoidalar (1-7 modda)
2-bob. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari (8-10 modda)
3-bob. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish (11-23 modda)
4-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni (24-38 modda) 5-bob. Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish (39-49 modda)
6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish (50-54 modda)
7-bob. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish (55-59 modda)
8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish (60-69 modda)
9-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti (70-80 modda)
10-bob. Yakuniy qoidalar (81-85 modda)
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi va ushbu Nizom talablari barcha umumta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat umumta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Umumta’lim muassasasida ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi ham ushbu Nizomda o‘z aksini topgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187- sonli qarori.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan:
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim
fanlari bo‘yicha malaka talablari;
Akademik litsey va kasb-hunar kolleji diplomlarining davlat namunalari;
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar zarur me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlandi.
Ushbu me’yoriy hujjat asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilangan edi...
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
? umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
? umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
? umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
? baholash tizimi. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari
bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli Qarori.
Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berishga doir aniq hamda amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida gapirilgan, unda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan faol hamkorlik qilinayotganligi ta’kidlangan bo‘lib, ushbu tashkilotning 14 ta, jumladan, 8 ta asosiy konvensiyasi, shuningdek, bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashishga doir konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi aytilgan. Respublikada xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Konvensiyalarini hayotga tatbiq etishga doir milliy harakatlar rejasi qabul qilindi, mazmuni va mohiyati XMT metodologiyasi bo‘yicha milliy mehnat qonunchiligini va mehnat bozorini rivojlantirishga, bandlikni, ijtimoiy muhofazani va aholi bilan muloqotni ta’minlashga yo‘naltirilgan munosib mehnat bo‘yicha mamlakat dasturi bajarilmoqda. Ushbu Tashkilot ekspertlarining bevosita ishtirokida qishloq xo‘jaligida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish monitoringi olib borilmoqda...
5. 2018 yil 15 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 666-son “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Bu qaror umumta’lim maktab o‘quvchilarining maktab formasi joriy etilganligi va bu barcha maktab o‘quvchilarining tashqi qiyofasini ta’vsiflab bergan.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish