Модул бўйича соатлар тақсимоти


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi



Download 1,16 Mb.
bet36/44
Sana21.02.2022
Hajmi1,16 Mb.
#46733
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
Ijimoiy fanlar

1.4. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalariga, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko‘rishni: Davlat ta’lim standartlarini joriy etishni, yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonavididaktik ta’minotni ishlab chiqishni, o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy- texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining vazifalari:
- ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Kadrlar tayyorlash Milliy tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ro‘yobga chiqarish quyidagi uch bosqichga bo‘lingan edi.
Birinchi bosqich (1997 - 2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 - 2005 yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish belgilangan.
Bugungi kunda dasturda belgilangan bosqichlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy, shu bilan bir qatorda ilmiy- nazariy asosi bo‘lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinganligiga ham 21 yildan oshdi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgandan buyon salmoqli ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari o‘rtasida ta’lim mazmunining uzviyligi va izchilligini amalga oshirish maqsadida fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan va modernizatsiya- langan DTS va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Ayni vaqtda mamlakatimizda maktab ta’limi 7 tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga izchil tatbiq etish davrida ta’lim ana shu tillarda olib boriladigan barcha maktablar yangi mazmundagi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanadi.
Mamlakatimizda ta’lim islohotlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 5 yanvardagi R-3777 sonli farmoyishiga muvofiq Toshkent shahrida 2012 yil 16-17 fevral kunlari “Bilimli va aql-zakovatli yetuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etildi.
Milliy modelning amaliyotga izchil tatbiqini ta’minlashda ta’limning moliyalashtirilishi ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublikamizda ta’lim sohasini rivojlantirish, isloh qilish uchun sarflanayotgan yillik xarajatlar miqdori yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etmoqda. Tizimning Davlat budjeti xarajatlaridagi ulushi esa 35 foizdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘rni va ahamiyatini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning modelini amalga oshirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy bosqichga ko‘tarishga qaratilgan.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etish O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillariga hamohang bo‘lib, ularning har ikkalasi barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan.
4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini to‘la ta’minlashga xizmat qiladi.
5. Mamlakatimizda ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublari ishlab chiqilib joriy etilmoqda.
6. Ta’lim va kadrlar tayyorlash borasida ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiya qilishning samarali tizimi yuzaga keldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi kadrlar tayyorlash milliy modelining puxta o‘ylangan, samarali model ekanligini tasdiqlaydi. Milliy modelning amaliy qiymatini uning O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotning ta’minlashdagi o‘rni va roli bilan belgilash mumkin.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish