to‘g‘risida”gi (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi konvensiyasiga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ham qo‘shildi va ushbu hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda.
1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 44/25-sonli rezolyu-
siyasi bilan qabul qilingan, 1990 yil 2 sentabrdan kuchga kirgan “Bola
huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro
huquqiy xujjat bo‘lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat.
Konvensiyaning 1-41 moddalari bolalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari
to‘g‘risida.
1.6. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi qonunnining mazmun-mohiyati.
Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga (2003 yil 31 oktabr, Nyu-York) shuningdek, 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istambul harakat rejasiga (2003 yil 10 sentabr, Istambul) qo‘shilishi korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
2017 yilning 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur qonun 6 ta bob, 34 ta moddadan tashkil topgan.
Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |