2-MAVZU: TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI SIFATIDA QONUN OSTI HUJJATLARI
(2 soat ma’ruza).
Reja:
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.
2.2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Tayanch iboralar: Ta’lim, tarbiya, farmon, farmoyish, qaror, kadrlar tayyorlash tizimi, barkamol avlod, xalqaro donorlar, xorijiy investorlar, jamg‘arma, jamoat tashkilotlari, ilmiy-pedagog kadrlar, attestatsiya.
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va
qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Bugun o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlarimizni xolisona baholar ekanmiz, ta’lim-tarbiya sohasida hali qiladigan ko‘pgina vazifalarimiz borligini, o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni hal qilish, eng muhimi, bu borada boshlagan islohotlarni mantiqiy yakuniga yetkazish, ularning yarim yo‘lda qolib ketishiga, o‘zi bo‘larchilikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligini hammamiz yaxshi tushunamiz.
Avvalambor, barcha ta’lim muassasalari, xususan, umumta’lim maktablari va akademik litsey va kasb- xunar kollejlarini davr talablariga mos holda rivojlantirish, zamonaviy jihoz va uskunalar, o‘quv laboratoriyalari va ustaxonalar bilan ta’minlashni davom ettirish, yangi ta’lim standartlari, dastur va qo‘llanmalarni joriy etish masalasini eng muhim vazifamiz sifatida ko‘rishimiz darkor”.
Ta’lim muasasalarini faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar tizimida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va joriy qonunlar bilan bir qatorda, Prezident farmonlari, farmoyishlari va qarorlari alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat hokimiyatining boshlig‘i sifatida respublika hududida majburiy tarzda amal qiluvchi farmonlar, farmoyishlar va qarorlar chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridan ya’ni, 1991 yildan boshlab ta’lim va tarbiya jarayonlarini takomillashtirish uchun bir qator me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi PQ-3289-son “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan bu tizim takomillashtirildi.
Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish maqsadida Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tashkil etildi.
Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufiga berildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2017 yil “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risi”dagi № PQ-3274 sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
3. “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14
Do'stlaringiz bilan baham: |