Oziq-ovqatlar va ularning kaloriyalari
№
|
Oziq-ovqatlar nomi
|
Hazm qilinuvchi moddalar soni (100 g ovqatda gramm hisobida)
|
Kaloriyalar soni (100 g ovqatda)
|
Oqsil
|
Yog'lar
|
uglevodlar
|
1.
|
Dimlangan go'sht
|
25,0
|
12,8
|
0,5
|
223
|
2.
|
Dimlangan cho'chqa go'shti
|
13,4
|
27,8
|
0,4
|
315
|
3.
|
Quyultirilgan shakarli sut
|
7,1
|
8,6
|
54,9
|
334
|
4.
|
Shakarli qaymoq
|
8,1
|
18,5
|
46,6
|
396
|
5.
|
quruq sut
|
27,1
|
24,6
|
25,8
|
480
|
6.
|
qora non
|
4,7
|
0,8
|
39,2
|
187
|
7.
|
Bug'doy unidan qilingan qattiq non (suxari)
|
10,5
|
1,2
|
68,5
|
335
|
8.
|
Shakar
|
-
|
-
|
98,9
|
406
|
9.
|
Grechixa ushog'i (yormasi)
|
8,6
|
2,3
|
62,4
|
312
|
10
|
Manna yormasi (oqshoq)
|
9,5
|
0,7
|
70,4
|
334
|
11
|
Arpa yormasi
|
6,3
|
1,2
|
66,2
|
310
|
12
|
Suli yormasi
|
8,9
|
5,9
|
59,8
|
336
|
13
|
So'k yormasi
|
8,2
|
2,2
|
63,8
|
316
|
14
|
Guruch
|
6,4
|
0,9
|
72,0
|
330
|
15
|
Makaron
|
9,6
|
0,8
|
71,2
|
338
|
16
|
No'xat
|
15,2
|
2,1
|
49,3
|
286
|
17
|
Yarim quritilgan kolbasa
|
14,5
|
31,1
|
-
|
349
|
18
|
quritilgan kolbasa
|
18,9
|
36,4
|
-
|
420
|
19
|
Cho'chqa yog'i
|
1,8
|
78,6
|
-
|
739
|
20
|
Sariyog'
|
0,5
|
79,3
|
0,5
|
742
|
21
|
eritilgan yog'
|
-
|
94,1
|
-
|
875
|
22
|
Pishloq
|
19,2
|
27,0
|
3,4
|
348
|
23
|
Tuxum urpog'i (uni)
|
49,9
|
34,2
|
-
|
523
|
Sayohatlarda jismoniy tarbiya
Sayr (ekskursiya) jarayonlarida jismoniy tarbiya
Sayorlar (ekskursiya) asosan turli uklovlarda o'tkazilishi tufayli qatnashchilarning faol harakati ma'lum darajada kamayadi, ba'zan esa umuman bo'lmaydi. Shu sababdan sayrlar jarayonida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish, eng qulay usullarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ularni quyidagi shakllarda o'tkazish mumkin:
1. ertalabki gigienik gimnastika mashqlarini mustaqil bajarish yoki guruh shaklida tashkil qilish (rahbar yoki mehmonxona, turbaza xodimi).
2. Sayohat manzillaridan chiqish yoki tomoshalar cho'zilgan paytda usha manzilda gavda harakatlariga (yurish, egilish, burilish, o'tirib-turish, joyda sakrash, nafas olish va chiqarish) doir 4-6 ta mashqlarni bajarish. Bunda mustaqil holatda yoki uyushgan holda (guruh) kishilarning yoshi va jinsiga qarab bajarish zarur bo'ladi.
3. Bo'sh paytlarda xiyobonlar, manzarali joylar, sport inshootlarida yurish, yugurish, sakrash, turli o'yinlar (futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton, harakatli o'yinlar, turli estafetalar) va harakatlarni mustaqil yoki uyushgan holda (guruh) bajarish.
4. Sog'lomlashtirish markazlari, turizm maskanlari (baza) va tog'li sharoitlarga olib chiqilganda soylik, tepa-qir va so'lim joylarda yurish, mashqlar bajarish.
Hozirgi davr ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlar har bir kishidan o'z sog'ligi uchun kurash olib borishni taqozo etadi. Shu sababdan sayohatda ishtirok etuvchilar va ularni tarbiya mashqlarining majmualari (kompleks) va ularni bajarish yo'llarini bilishlari lozimdir. Shu asosda sayr-sayohatlarda jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishni kanda qilmaslikka odatlanishlari zarur bo'ladi.
Piyoda yurish sayohatlarida jismoniy tarbiya
Kun bo'yi va bir necha kunlab piyoda yurishlar har qanday chiniqqan kishilarni ham toliqtiradi va zaifroq kishini charchatadi. Shuningdek tun bo'yi uxlash, dam olish, ovqatlanish jarayonlarining cho'zilishi esa kamharakatchanlikka olib boradi. Shu asosda jismoniy tarbiya vositalari bilan shug'ullanish va shug'ullantirishda ikki holatni e'tiborga olinadi, ya'ni:
1. Toliqqan, charchagan gavda (tana) a'zolarini dam oldirish, faoliyatlarni qayta tiklash (rekreatsiya) mashqlarini qo'llash (dam oldirish, siypalash, uqalash, sekin harakat qilish).
2. Harakatlar susayib, gavda a'zolarining chigallarini yozishda (uyg'atish), tez harakatchanlikni (yugurish, sakrash, osilish, toshlarni ko'tarish, o'zlari sevgan maxsus mashqlarni bajarish) ta'minlovchi majmuiy (kompleks) mashqlarni mustaqil ravishda yoki uyushgan (guruh) bo'lib bajarish. Buning uchun esa sayohatchilarda avvaldan egallangan amaliy malakalar bo'lishi lozim.
Sayohatlar jarayonida har bir qatnashchi qon tomirining urish mezonlari, nafas olish va chiqarish tartiblari, mashqlar oralig'ida dam olish va ular bilan bog'liq amaliy faoliyatlarni bilishi, o'z ustiada tajriba-sinov olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy mashqlar, sport o'yinlari, harakatli o'yinlar, estafeta va turizm texnikasiga doir ba'zi mashqlarni tashkil qilish va o'tkazishda o'qituvchi-instruktor yoki guruhdagi mas'ul kishi tomonidan olib borilishi, doimiy nazorat qilib borishi shart. Bu esa ba'zi bir kutilmagan hodisalarning oldini olish, ko'ngilsiz voqealarning yuz bermasligiga kafolat bo'ladi.
Xulosa shundan iboratki, turizmning barcha shakllari va turlari shug'ullanuvchi va qatnashchilarning jismoniy tayyorgarligini tarbiyalash, sayohatlar jarayonida nazariy bilimlarni kengaytirish, amaliy malakalarni mustahkamlashda xizmat qiladi. Ayniqsa, piyoda yurish sayohatlarida tog' turizmi, g'or turizmi, qoyalarni zabt etish turizmi, sportcha chamalab topish (sportivnoe orientirovanie) va boshqa turlardan maqsadli foydalaniladi. Bunda har bir shug'ullanuvchining sayohat qoidalariga to'la rioya qilish, gavda (tana-organizm) a'zolarining to'g'ri ishlashi, ayniqsa qon aylanishi, nafas olish va ular bilan bog'liq bo'lgan fiziologik, psixologik, biomexanik, biokimyoviy jarayonlar haqidagi bilim va tushunchalarga ega bo'lishni ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |